Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
3.
Google docsning STT imkoniyati. Google
Docs ovoz bilan yozish xususiyati og‘zaki
so‘zlaringizni yozma matnga aylantiradi. Bu
o’qituvchilarga
talabalar
uchun
o’quv
materiallarini
tayyorlashda yordam berishi
mumkin. Undan foydalanish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak.
Googlening nutqdan matnga dasturiy ta'minotidan foydalanishni boshlashdan oldin
qilishingiz kerak bo'lgan yagona narsa bu mikrofoningizni sozlashdir. Ko'pincha
qurilmangizda o'rnatilgan mikrofondan
foydalanish kifoya qiladi,
chunki
Google diktant dasturi so'nggi yillarda sezilarli darajada yaxshilangan.
Ammo, agar siz uzun matnni diktant qilishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz yoki har
kuni Googlening diktant dasturidan foydalanishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz,
yuqori sifatli mikrofonni sotib olish lozim. Tashqi
mikrofon Googlega sizning
ovozingizni osonroq talqin qilish imkonini beradi va uni eng maqbul joyga qo'yish
mumkin. Bugungi kunda Googlening ovozli matnga oʻtish (STT)
dasturi
maktablarda hujjatlarni tezkor yozish imkoniyati mavjud.
Google docsdan foydalanish quiyidagicha amalga oshiriladi: