|
Magnitlovchi tokni kamaytirishga ta’sir qiluvchi parametrlar
|
bet | 2/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 28,78 Kb. | | #237634 |
Bog'liq Aktiv tok transformatori sxemasiMagnitlovchi tokni kamaytirishga ta’sir qiluvchi parametrlar
Magnitlovchi tokni aktiv qismi Iamag ni kamaytirish uchun tok transformatorining magnit o‘zaki shixtlangan po‘latdan tayyorlana- di. Bunda quvvat yo‘qolishi kam bo‘ladi. Reaktiv qismi esa quyidagicha
Tok transformatorining ishlash asosidan kelib chiqadiki, magnit oqimi shunday qiymatga ega bo‘lishi kerakki, bunda ikkilamchi E.Yu.K. E2 ikkilamchi chulg‘amda yuz berayotgan kuchlanish tush ishini kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Magnitlash tokining kattaligiga tok transformatorining konstruktiv parametrlari katta ta’sir qiladi.
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, Irmagn ni kamaytirish uchun magnit qarshilik Rm ni kamaytirish va birlamchi chulg‘amlar sonini W1 oshirish kerak.
Tok transformatorlarining xatoligi qisqa tutashuvning boshlang‘ich vaqtida keskin ortadi, chunki bunda birlamchi tokda aperiodik tashkil qiluvchilar ishtirok etadi. Bu holni tez ta’sir qiluvchi himoyalarni hisoblashda e’tiborga olish kerak.
Tok transformatorlarini aniqlik darajasi.
Tok transformatorlari aniqlik darajalariga asosan guruhlarga (klass) bo‘linadi. Har bir daraja ruxsat berilgan xatolik kattaliklari bilan xarakterlanadi. Bu xatoliklar o‘lchov uskunalarining aniq ishlashiga ta’sir qiladi.
Sanoat qurilmalari uchun 0,5;1; 3 va D xatolik darajalariga mos tok transformatorlari tayyorlanadi.
D darajali tok transformatorlari differensial himoyalar uchun mo‘ljallangan va ularning xatoliklari nominal tokda normalangan. Tok transformatorlarining ma’lum bir darajadagi xatoliklar bilan ishlashlari nominal tokdan 120% farq qiladi.
Odatda nominal quvvat nominal ikkilamchi tok (5 yoki 1A) yoki ikkilamchi yukning qarshiligi xarakterlanadi.
Tajribalar va nazariy tahlil asosida aytish mumkinki, ko‘pchilik himoyalar tok bo‘yicha 10% gacha, burchak bo‘yicha 7° xatolikka ruxsat beriladi.
Chulg‘amlarining belgilanishlari
Tok transformatorlarini ishlab chiqarish paytida ularning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarini chiqishlari shunday belgilanadiki, bunda birlamchi tokning yo‘nalishi bo‘yicha ikkilamchi tokning yo‘nalishini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Birlamchi chulg‘amning chiqishlari ixtiyoriy belgilanishi mumkin: ulardan biri boshlanish (L1), ikkilamchi esa chulg‘amning oxiri (L2) deb hisoblash mumkin.(3.1- rasm).
Birlamchi chulg‘amning boshlanishi (L1) dan oxiriga qarab tok oqqanda ikkilamchi chulg‘amni boshlanishi qilib (b) uning chiqishi qabul qilinadiki, u chiqishidan bu vaqtda yuk zanjiriga tok oqadi. SHunga mos ravishda ikkilamchi chulg‘amning ikkinchi chiqishi chulg‘amning oxiri (0) hisoblanadi.
Ba’zi adabiyotlarda birlamchi chulg‘amning boshi va oxiri L1 va L2, ikkilamchi chulg‘amning boshi va oxiri I1 va I2 qilib belgilanadi.
|
| |