Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби илмий журнали 2024, 4(01), 142-147. 142 Актуар




Download 471,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana08.07.2024
Hajmi471,5 Kb.
#266999
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
142-147 6. Uzakov Utkir Abdusattarovich

3.
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Savdo tovar-pul munosabatlarining majmuasidir. Ushbu munosabatlarda bir 
tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa sotib oluvchi ishtirok etadi. Tovar-pul 


АКТУАР МОЛИЯ ВА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ 2024

4(01), 
142-147. 
https://finance.tsue.uz/index.php/afa 
144 
АКТУАР МОЛИЯ ВА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ 2024

4(01), 
142-147. 
144 
munosabatlari majmuasi 
savdoni iqtisodiyotning maxsus tarmog‘
i darajasida harakat 
qilishiga olib keladi. 
Savdo faoliyatini turli belgilari bo‘yicha guruhlash mumkin.
Amal qilish hududiga ko‘ra savdo faoliyati ichki va tashqi savdoga bo‘linadi.
Ichki savdo-bir mamlakat hududi chegarasida amalga oshiriladigan savdo faoliyati. 
Tashqi savdo-mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahalliy tovarlarni boshqa 
mamlakatlarga sotish faoliyati. Tashqi savdo faoliyati, boshqachasiga eksport deb ham 
ataladi [3.1]. 
Savdo shuningdek, tovarlar savdo-
sotig‘ini amalga oshirish va unda qo‘llaniladigan 
hisob

kitoblarning shakliga 
ko‘ra
ulgurji va chakana savdo turlariga bo‘linadi.
Savdo sohasi faoliyati eng keng tarqalgan faoliyat turlarida biri sanaladi. 2024-
yilning 1-fevral holatiga jami 305 976 ta mas
ʻ
uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat 
yuritayotgan bo‘lsa, ulardan 111888 tasi savdo sohasi to‘g‘ri keladi[4.1].
Savdo sohasining hozirgi kundagi eng keng tarqalgan va rivojlanayotgan turi bu 
elektron tijorat, ya’ni internet
-
do‘konlar
yoki online-marketlar, shuningdek turli internet 
platformalar orqali savdolarni amalga oshirish hisoblanadi. Elektron tijoratlarning 
buxgalteriya hisobi ham oddiy savdo korxonalarining buxgalteriya hisobidan deyarli farq 
qilmaydi. 
Savdo korxonalari bir-birlaridan tovar operatsiyalarining tegishli hujjatlar bilan 
rasmiylashtirish bo‘yicha ham farq qiladi. Xususan, ulgurji savdo korxonalarida tovar
-
moddiy boyliklarning kirim va chiqimi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Chakana 
savdo korxonalarida esa har bitta tovar operatsiyasini hujjatlashtirib bo‘lmaydi. Chakana 
savdoda asosan tovarlar naqd pulga, ayrim hollarda kichik ulgurji shaklda naqtsiz 
sotilishi mumkin. 
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri, tovar-
moddiy boyliklarning holati va harakati bo‘yicha sintetik va tahliliy hisobni yuritish 
hisoblanadi. 21-
sonli BHMS “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy xo‘jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma“ga muvofiq 
tovarlarning sintetik hisobini barcha savdo korxonalarida quyidagi schyotlarda olib borish 
nazarda tutilgan. 
2910 “Ombordagi tovarlar”. Ombordagi tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, 
kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida hisob 
bahosi bo‘lib tannarx, ya’ni sotib olish bahosi (tayyorlov
-transport va boshqa sotib olishga 
doir xarajatlar bilan birgalikdagi) hisoblanadi. 
2920 “Chakana savdodagi tovarlar”
. Chakana savdo sho
xobchalari (savdo do‘kon, 
palatka, laryok, kioska va boshqalar)dagi tovarlarning 
qoldig‘i va ko‘payishi debetida, 
kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarining 
chakana savdo sha
xobchalarida hisob bahosi bo‘lib sotish bahosi, ya’ni savdo ustamalari 
bilan birgalikdagi hisoblangan chakana baho hisoblanadi. 
2930 “Ko‘rgazmadagi tovarlar”. Ko‘rgazma zallariga qo‘yilgan tovarlarning qoldig‘i 
va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.
2940 “Vaqtincha 
foydalanishga (prokatga) 
berilgan 
tovarlar ”

Vaqtincha 
foydalanishga (prokatga) berilgan tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi 


АКТУАР МОЛИЯ ВА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ 2024

4(01), 
142-147. 
https://finance.tsue.uz/index.php/afa 
145 
АКТУАР МОЛИЯ ВА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ 2024

4(01), 
142-147. 
145 
esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. 
2950 “Tovar ostidagi va qaytariladigan idishlar”
. Tovar ostidagi va qaytariladigan 
taralarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks 
ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida hisob bahosi bo‘lib tannarx, ya’ni sotib olish bahosi 
yoki o‘rtacha hisob bahosi hisoblanadi.
2960 “Komissiya (vositachilik) orqali sotishga berilgan tovarlar ”
. Shartnomalar 
asosida boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartnomalari asosida berilgan 
tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks 
ettiriladi. 
2970 “Yo‘ldagi tovarlar”. Guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga 
kiritilgan lekin oy oxirida yo‘lda bo‘lganligi uchun omborlarga kirim qilinmagan 
tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks 
ettiriladi. 
2980 “Savdo ustamasi”
. Hisob bahosining tarkibiy elementi, chakana savdo va 
umumiy ovqatlanish korxonalaridagi tovarlarning sotib olish baholari ustiga qo‘yilgan 
savdo ustamalarining qoldig‘i va ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks 
ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida faqat chakana savdo shoxobchalaridagi tovarlar 
bo‘yicha qo‘llaniladi.
2990 “Boshqa tovarlar”
. Yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmay qolingan tovarlarning 
qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi
[3.2]. 
Shuningdek tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) buxgalteriya hisobi tartibi va ularni 
xarajatlarga kiritish paytida ular tannarxini hisoblash 4-sonli BHMS 
“Tovat
-moddiy 
zaxiralar” [5.1] bilan tartibga solinadi.
Tovat-moddiy zaxiralarini baholashda ularning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan 
kichigi 
bo‘yicha baholanishi lozim.

Download 471,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 471,5 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби илмий журнали 2024, 4(01), 142-147. 142 Актуар

Download 471,5 Kb.
Pdf ko'rish