Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 65.32 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi65.32 Kb.
#58313
  1   2
Bog'liq
6 Mustaqil ish
3-Mustaqil ishi, 1701161969, 3-mavzu. Innovatsion iqtisodiyot asoslari, MA 2 Mustaqil ish, 444

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI




KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI


KI-14-20 guruh talabasining

6-MUSTAQIL ISH



Mavzu: Ketma-ket va parallel ko‘chirishli parallel jamlagichlar. Pantensial 
mantiqiy elemetlar.





Bajardi:Eshboyev Xumoyun Xushvaqt og’li



REJA: 

1. Ketma-ket va parallel ko‘chirishli parallel jamlagichlar. Pantensial mantiqiy 


elemetlar. 
2. Arifmetik-mantiqiy qurilmalar va tezlashtirilgan ko‘chirish bloklari, 
matritsali ko‘paytirgichlar 
3. Ko‘paytirish-jamlashbloklari, tezlashtirilgan ko‘paytirish sxemalari, 
kombinatsion turdagi qurilmalarni sintezlash. 
4. Pantensial mantiqiy elemetlarga asoslangan relaksatsion generatorlar 
5. Ketma-ketturdagi funksional qurilmalar: trigger qurilmalari 
(elementar avtomatlar), triggerlarni sinflanishi. 


Bir xonali kombinasion jamlagich. 

Kombinasion jamlagich - kirish yo’llariga qo’shiluvchilarning kodlari bir vaqtda 


berilishi bilan chiqish yo’llarida yig’indi va keyingi (katta) ko’chirish qiymati 
signalini hosil qiluvchi mantiqiy qurilmadir. Qo’shiluvchilarning signallari biri 
olib tashlanishi bilan kombinasion jamlagichning chiqish yo’lidagi yig’indi 
qiymati yo’qoladi. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, jamlagich bir xonali jamlovchi sxemalar majmui 
bo’lgani uchun, avval bir xonali kombinasion jamlagichlarni ko’rib chiqamiz. 
Bir xonali kombinasion jamlagich ikkili qo’shishning haqiqiy jadvaliga (1-jadval) 
binoan ishlaydi. Bu jadvalda ai, ri—berilgan xonadagi qo’shiluvchilar raqami ri— 
oldingi (kichik) xonadan ko’chiriladigan qiymatning raqami, si— yig’indi 
raqami, ri+1, keyingi(katta) xonaga ko’chiriladigan qiymatning raqami. si va ri+1, 
ifodalar uchun DNSh qo’yidagi ko’rinishda bo’ladi.Bu kanonik formalar buyicha 
jamlagich sxemasini HAM, YoKI, EMAS elementlaridan foydalanib qo’rish 
mumkin (1 - rasm). Sxemaning kirish yo’llarida ai,bi, ri, signallari bilan bir qatorda 
ularning inversiyalari ai,bi, ri ishlatiladi. Agar qo’shiluvchilar raqamlar (ai va 
bi ) triggerli registrlardan olinsa, ularning inversiyalarini olish qiyin emas. Lekin 
chiqish yo’lidagi ko’chish qiymati signali keyingi xona uchun ri sifatida ishlatilishi 
sababli uning invers chiqish yo’li ham bo’lishi shart. Buning uchun sxemada 
EMAS elementidan foydalaniladi 
Agar 1-rasmda ko’rsatilgan jamlagich sxemasida HAM va YoKI sxemalari 
diodlarda qurilsa umuman sxemada 32 diod (HAM va YoKI elementlarining har 
bir kirish yo’liga bittadan) va bitta invertor ishlatilgan bo’lar edi.Mantiqiy 
sxemalarni sintezlashning formal metodlaridan foydalanib, ci va pi+1 funksiyalarni 
minimallashtirish va shu tarika kam element talab kiluvchi yoki boshka biror 
afzalliklarga ega bulgan jamlagich sxemalarni tuzish mumkin. 
Lekin bir xonali jamlagichlarning kam elementli va kulay kirish yullariga ega 
bulgan eng yaxshi sxemalar tajriba yuli bilan olingan. Bunday sxemalardan biri 2 -
rasmda keltirilgan. Bu sxemada xammasi bulib 19 diod va bitta invertor ishlatiladi. 
Undan tashkari, birorta mantikiy sxemaning chikish yuli boshka ikkita elementning 
kirish yuliga ulanmagan va sxemaning kirish yullarida erkin uzgaruvchining invers 
kiymatlarida ishlatilmaydi. 
Agar bitta elementning chikish yuli ikkita elementning kirish yullariga ulanishi 
mumkin bulsa jamlagich sxemasidagi elementlar sonini yanada kamaytirish 
mumkin. Xammasi bulib 16 ta diod va bitta invertor ishlatiladigan bir xonali 
jamlagichning sxemasi 3-rasmda keltirilgan. Bu sxemada xam, oldingi 
sxemadagidek, element kirish yullarida erkin uzgaruvchining invers kiymatlari 
ishlatilmaydi. 
Ikkita mutlok bir xil bulaklardan — yarim jamlagichlardan va kushimcha bitta YoKI elementidan tashkil topgan jamlagich 
sxemasi 4-rasmda berilgan. Chizmada punktir bilan uralgan bu ikki bulaklardan 
biri (kuyidagisi) kushiluvchilarning ikkita rakamini bu xonaga oldingi xonadan 
beriladigan kuchirish kiymatisiz jamlaydi. Bunda oralik kuchirish kiymati 
signali ri' va natijaning oralik rakami si' xosil kilinadi, ya’ni ri = ai bi ci'=( ai+ bi) 
ri'. Sxemaning ikkinchi bulagida (yukoridagisi) esa natijaning oralik rakami 
si' bilan bu xonaga oldingi xonadan beriladigan kuchirish signali 
kiymati ri jamlanadi. 
Agar birinchi yarim jamlagichda keyingi xonaga kuchirish kiymati signali paydo 
bulmasa (ri'= 0) bu signal ikkinchi yarim jamlagichda kushiluvchilarning 
birortasi (ai yoki bi )ning va oldingi xonadan beriladigan ko’chirish kiymatining 
signali 1 ga teng (ri=1) bo’lgandagina paydo bulishi mumkin. Agar birinchi yarim 
jamlagichda keyingi xonaga ko’chirish qiymatining signali paydo bo’lsa (ri'=1) 
unda Si’=0 bo’ladi va ikkinchi yarim jamlagichda keyingi xonaga ko’chirish 
qiymati signali paydo bo’la olmaydi. 
Tugal ko’chirish kiymatining signali ri+1 keyingi xonaga quyidagi qoida buyicha 
uzatiladi: 
ri+1= ri’+ ri’’ 

Ikkita yarim jamlagichlardan tashkil topgan jamlagich sxemasi oldingi sxemalarga 


qaraganda tejamlidir. Unda ikkita invertor va 14 diod ishlatiladi. Yarim 
jamlagichlarnipg ishlatilishi jamlagichlarni integral sxemalarda ko’rishni 
yengillashtiradi. 
5- rasmda diod-rezistor matrisasi asosida qurilgap bir xonali kombinasion 
jamlagichnipg sxemasi berilgan. Matrisada qo’shiluvchilar qiymatlarining xar xil 
kombinasiyalaridagi mumkin bo’lgan xamma yig’indi qiymatlari jadvali yozilgan. 
Bu jamlagichni integral sxemalarda qurish qulay, chunki u bir-biriga oddiy ulangan 
ikki xil komponent (diod va rezistor)dan va uchta invertordan iborat. 
Ikki kirish yo’lli bir xonali jamlagichni (yarim jamla-gichni) va uch kirish yo’lli bir 
xonali jamlagichni shartli belgilash mos holda 6- rasm, a va b da keltirilgan. 
Bir xonali to’plovchi jamlagich 
To’plovchi jamlagich xotirlash elementlari (odatda triggerlar) asosida quriladi. 

Kirish yo’liga ketma-ket berilgan qo’shiluvchilarning kodlari jamlagichda 


yig’indi ko’rinishida to’planadi va signallar berilishi to’xtatilsa ham unda 
saqlanadi. 
Bir xonali to’plovchi jamlagich mod2 bo’yicha qo’shish amalini bajaruvchi sanoq 
kirish yo’lli trigger asosida quriladi (7-rasm). ai, bi, pi, signallari ketma-ket 
berilganligi sababli yig’indi s, signali quyidagi ketma-ketlikda: avval 
pi= signali, keyin si=signali shakllanadi.
Ko’chirish qiymati signali pi+1 ikki tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchisi 
(p)1 ai va bi raqamlarning birga tengligida shakllanadi: 
Ikkinchi tashkil etuvchisi (r2) qi yig’indining va pi ko’chirish qiymatining birga 
tengligida shakllanadi: 
Shunday kilib, 
ya’ni, ko’chirish qiymati signali uchun ilgari ma’lum bo’lgan ifodani hosil qildik.
To’plovchi jamlagichlarda qo’shish amalini bajarishda qo’shiluvchilarning biri 
oldindan jamlagichga qo’shimcha 0 va 1 ga o’rnatish kirish yo’llari orqali 
kiritilgan bo’lali. Shu sababli qo’shish amalini bajarish vaqti unda ikki taktdan 
iborat bo’ladi. Bir xonali kombinasion to’plovchi jamlagich Kombinasion va to’plovchi jamlagichlarning afzalliklari kombinasion-to’plovchi jamlagichlarda mujassamlashadi. Bunday jamlagichda (8- rasm) ko’chirish qiymati 
kombinasion sxemada, tugal yig’indi esa sanoq kirish yo’liga bi va 
pi signallarning mod2 buyicha jamlash natijasi beriladigan triggerda shakllanadi 
(ai raqamning signali triggerga oldindan kiritilgan). Bu sxemada qo’shish amali 
bitta takt davomida bajariladi. 
O’nli bir xonali kombinasion jamlagich 
Ma’lumki, injenerlik masalalarini yechishga mo’ljallangan ko’pgina raqamli 
hisoblash mashinalarida o’nli sanoq sistemasida hisoblash bilan ish ko’riladi. Bu 
mashinalarda programmalash, oraliq va tugal natijalarni indikasiyalash birmuncha 
osonlashadi. Undan tashqari, sonlarni bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq 
sistemasiga o’zgartiruvchi kurilmalarga extiyoj kolmaydi. 
O’nli bir xonali jamlagichni (aniqrogi ikkili-o’nli jamlagichni) ko’rish masalasini 
xuddi ikkili jamlagichni ko’rishdek hal etish mumkin. Lekin ikkili jamlagichda 
ikki qiymatli uchta o’zgaruvchining ikkita funksiyasini amalga oshirish talab 
qilingan edi, o’nli jamlagichda esa ikki qiymatli to’qqiz o’zgaruvchining (xar bir 
o’nli raqam uchun ikki qiymatli to’rtta o’zgaruvchi va qichik xonadan ko’chirish 
qiymatining o’zgaruvchisi) beshta funksiyasini amalga oshirish talab qilinadi. 
Chiqish yuli funksiyalari 29 = 512 dan faqat 200 tasida aniqlanadi. Funksiyaning 
bunday katta sonli noaniqligi jamlagichning optimal sxemasini kurishni 
qiyinlashtiradi. 
Shuning uchun 8421 salmog’idagi koddan foydalanib, tetradalar yordamida o’nli 
sonlarni tabiiy pozision ifodalash mumkinligni xisobga olgan xolda, o’nli 
raqamlarni qo’shish masalasini quyidagicha ikki bosqichda hal etish mumkin. 
Birinchi bosqichda o’nli raqamlarning ikkili kodlari ikkili sanoq sistemasi 
qoidalariga asosan jamlanadi. 
Ikkinchi bosqichda natijaga tuzatishlar kiritiladi. 

9-rasmda 8421 salmogli kod uchun o’nli jamlagich sxemasi keltirilgan. Bu yerda 


jamlagichlarning chap katordagilari qo’shishning birinchi bosqichida amalga 
oshiradi. Eng katta xonaning chiqish yo’lida ko’chirish qiymati signalining bo’lishi 
birinchi bosqich natijasining 16 ga teng yoki undan kattaligini bildiradi. Undan 
tashqari, yig’indi 10 ga teng yoki 10 dan katta bulganda ham, ya’ni 1010. 1011, 
1100, 1101, 1111 kodlari olinganda xam, katta xonaning chiqish yulida ko’chirish 
qiymatining signali bo’lishi kerak. Bu kodlarni aniqlash vazifasini sxemadagi 
kon’yunktorlar bajaradi. Jamlagichlarning o’ng qatoridagilari esa tuzatishlar 
kiritish uchun xizmat qiladi.
Ko’p xonali jamlagichlar 
Ko’p xonali sonlarni jamlash usuli buyicha jamlagichlar ketma-ket va parallel 
jamlagichlarga bo’linadi. 
Ko’p xonali ketma-ket jamlagich qo’shiluvchilarning ketma-ket kodini ular 
yigindisining ketma-ket kodiga aylantiradi. Ikkita ko’p xonali sonlarni qo’shish 
kichik xonadan boshlanib ketma-ket xonalar buyicha bajariladi. Qo’shish 
taktlarining soni qo’shiluvchilar xonalarining soniga teng bo’ladi. har bir i-taktda 
ri o’zgaruvchi sifatida oldingi taktda olingan ko’chirish qiymati ri+1 ishlatiladi. 
Ko’chirish qiymatlarini hosil qilish va ishlatish usullari bo’yicha ko’p xonali 
ketma-ket jamlagichlar ikki turga — ko’chirish qiymatlarini kechiktiruvchi va 
xotirlash jamlagichlariga bo’linadi. 

10-Rasm, a da kechiktirish vaqti maxsus element yordamida amalga oshirilgan 


ko’p xonali ketma-ket jamlagich sxemasi berilgan. 
Parallel jamlagichlar soni qo’shiluvchilar xonalarining soniga teng bo’lgan bir 
xonali jamlagichlar asosida kurilib, unda ko’shiluvchilar kodining hamma qoidalari 
bir vaqtda ishlanadi. Ishlatiladigan bir xonali jamlagichlarning xiliga karab 
kombinasion va tuplovchi parallel jamlagichlar bo’ladi. 
Jamlagichlarda ayirish amali manfiy sonlarni qo’shimcha yoki teskari kodda 
ifodalab, keyin qo’shish yuli bilan bajariladi. Sonlar teskari kodda ifodalanganda 
ayirishning musbat natijasiga xamda manfiy sonlarni qo’shish natijasiga tuzatish 
kiritish zarur. Tuzatish eng katta xona chiqish yo’lidan eng kichik xona kirish 
yo’liga teskari bog’lanishli — siklik uzatish zanjirini — tashkil qilish orqali 
bajariladi. 
11-rasmda uch kirish yo’lli p bir xonali kombinasion jamlashlardan tuzilgan 
parallel jamlagichning sxemasi berilgan. Kirish yo’llariga ko’shiluvchilarning mos 
xonalari (ai va bi), oldingi (kichik) xonadan ko’chirish qiymati signali (pi) beriladi, 
har kaysi bir xonali jamlagich chiqish yo’llarida xona yig’indisi raqami kodining 
signali hamda keyingi (katta) xonaga ko’chirish qiymatining signali shakllanadi. 

Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini yecha oladilar. 


Buning uchun raqamli 
mikrosxema asosidagi qurilmada
, yechiladigan masalaning 
dastlab berilganlari haqidagi ma’lumotlar, yechish algoritmi va hisoblash natijalari 
faqat ikkita qiymat: 0 va 1 signallari ko‘rinishida ifodalanadi. Ikkilik raqamlari 
ketma-ketligi yordamida raqamli qurilmalarda ixtiyoriy ma’lumolarni (raqamlar, 
matnlar, komandalar va h.z.) kodlash, 
saqlash 
va qayta ishlash mumkin. Shunday 
qilib, raqamli tizimlarda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) kattaliklar raqamlar 
ko‘rinishida ifodalanadi. Shuning uchun ularda masalalar 
yechishning sonli 
usullari
ko‘llaniladi.Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan 
qurilma 
arifmetik-
mantiqiy qurilma (AMQ) deb ataladi.K155IP3 IS misolida to‘rt razryadli 
AMQning funktsional imkoniyatlari bilan tanishib chiqamiz. Uning shartli 
belgilanishi 15.1 – rasmda keltirilgan. Mazkur sxema yoki mantiqiy, yoki arifmetik 
amallarni bajaruvchi ikkita rejimda ishlashi mumkin. Qurilma ikkita 4-razryadli 
operandlardan foydalanib 16 ta mantiqiy va 16 ta arifmetik amallarni bajarishi 
mumkin. Bajariladigan amal turi M (mode control) kirishga beriladigan boshqaruv 
signali darajasi bilan belgilanadi. Agar M kirishga katta kuchlanish darajasi (M=1) 
berilgan bo‘lsa,barcha ichki o‘tkazishlar berkiladi (blokirovka qilinadi) va qurilma 
ketma-ket u yoki bu mantiqiy amalni bajaradi. Agar M kirishga kichik kuchlanish 
darajasi M (M=0) berilgan bo‘lsa, barcha ichki o‘tishlarga ruxsat beriladi va ikkita 
to‘rt razryadli operandlar ustidan arifmetik amallar bajariladi. 

GENERATORLAR. 


Hozir hayotimizda radio, televideniya, telefon, telegraf, turli xil yoritish jihozlariva 
qizdirish, asbboblari, mashina va turli qurulmalar juda zarur. Bularning hammasi 
elektr energiyasi (toki) bilan ishlaydi. Elektr energiyasi qayerdan olinadi? Uni 
elektr stansiyalarida maxsus mashinalar – elektr toki generatorlar hosil qiladi. 
Generatorlarning turlari ko’p. E nergiyasi faqat kichkina uyni yoritish uchun 
yetadigan mitti elektr generatorlaridan tortib, katta shaharni elektr energiyasi bilan 
ta’minlay oladigan ulkan elektr generatorlarigacha bor . Generator elektr toki 
berish uchun uning asosiy qismi rator aylantiradi . Katta generatorlarning ratori bir 
necha yuz tonna bo’ganligi uchun uni maxsus mashina va turbina aylantiradi. Har 
qaysi turbina kuraklari yoki parraklari bo’lgan ish g’ildiraklariga ega. Qizdirilgan 
gaz yoki suv bug’i oqimi katta kuch bilan turbina g’ildiragi parraklariga urulib , 
uni aylantiradi, turbina bilan birga generator ro’tini ham aylanma harakatga 
keltiradi . Elektrostansiyalar bir turdagi energiyani elektr energiyaga aylantiradigan 
korxonadir.Elektrostansiyalarning asoysiylari quyudagilardir. 

Relaksatsion generator deb keng spektrga ega garmonik bo’lmagan tebranish


lar generatoriga aytiladi. Tebranishlar gen
eratorlari ko’plab elektron qurilmalarning tarkibiy qismidir. Masalan, ular davr
iy ishlaydigan o’lchov priborlarida (raqamli multimetrlar, ostsillograflar), te
xnologik jarayonlarni o’lchashda, kompьyuter va uning tashqi qurilmalarida, h
ar qanday raqamli priborda (hisoblagich, taymer, kalьkulyator) va boshqalarda
ishlatiladi. Konkret 
qo’llanilishi bo’yicha tebranishlar generatorlaridan muntazam impulslar manbasi 
(raqamli tizimlarda "soat"), tayanch vaqt intervali (chastota o’lchagichlarda), r
ostlanuvchi generator (tarqatgich va qabul qilgichlarninggeterodinlarida), ma’l
um shakldagi tebranishlar generatori (ostsillograflarda) va boshqalar sifatida foydal
aniladi. Eng sodda generatorni quyidagi yo’l bilan hosil qilish mumkin: kon
densator rezistor (yoki tok manbasi)orqali zaryadlanadi, kondensatordagi kuchl
anish ma’lum qiymatga yetganda razryadlanadi va bunday tsikl davriy ra
vishda takrorlanadi. 
Tebranishlarni ta’minlash manbasining qutblarini davriy ravishda almashtirish 
yo’li bilan ham hosil qilish mumkin. Bunday yo’l bilan bajarilgan ge
neratorlarga «relaksatsion generatorlar» deb ataladi. Ular sodda, arzon va muk
ammal loyihalanganda chastota bo’yicha qoniqarli stabillikka ega bo’lishi mumki
n. Ilgari relaksatsion generatorlarni tayyorlash uchun manfiy qarshilikka ega bo’lga
n priborlardan (masalan, bir o’tishli tranzistorlar va neon lampalar) foydalanil
gan, hozirgi vaqtda esa, afzalliklarga ega bo’lganligi uchun, operatsion kuchaytirgi
chlar yoki maxsus integral sxemalar ishlatiladi.
Elektron signal generatorlari o’zgarmas tashqi kuchlanish manbai yordamida 
ma’lum chastota va formadagi elektr tebranishlarni ishlab chiqaruvchi qurilmadir. 
Avtogeneratorlar esa doimiy elektr tokini tebranishlar energiyasiga o’zgartirib 
beradi. Elektron signal generatorlari teskari aloqa zanjiri bilan qamrab olingan 
kuchaytirgichlar asosida tashkil etiladi. Generatorlarning asosiy xarakteristikalari 
bo’lib signalning formasi, amplitudasi va chastotasi hisoblanadi. SHu 
ko’rsatkichlarga qarab signal generatoriga baho beriladi va tanlanadi. Tebranishlar 
formasi (ko’rinishiga) qarab generatorlar sinusoidal tebranishlar va nosinusoidal 
tebranishlar generatorlariga bo’linadi. CHiqarilayotgan signallar chastotasiga qarab 
generatorlar infra past (Gertsning bir necha ulushidan 10 Gts.gacha), past (10-100 
kGts), yuqori (100 kGts – 10 mGts) va o’ta yuqori (10 mGts dan yuqori) chastotali 
generatorlar turlariga bo’linadi. Har xil tashqi (quvvat manbaining harorati, 
kuchlanish va boshqa) ta’sirlarga chidamliligi, barqaror, stabil chastotalar chiqara 
olishi generatorlarning muhim xususiyati hisoblanadi. Sinusoidal tebranish 
signallari generatorlarida chiqish kuchlanishining formasi sinusoidal ko’rinishda 

buladi. Ko’p hollarda bu ko’rinish yopiq zanjirga filtrlash xususiyati bo’lgan LC-


konturi yoki fazalarni siljituvchi RS-zanjirini ulash orqali ta’minlanadi. 
Tebranishlar generatorlari ko’plab elektron qurilmalarning tarkibiy qismidir. 
Masalan, ular davriy ishlaydigan o’lchov priborlarida (raqamli mulьtimetrlar, 
ostsillograflar), texnologik jarayonlarni o’lchashda, kompьyuter va uning tashqi 
qurilmalarida, har qanday raqamli priborda (hisoblagich, taymer, kalьkulyator) va 
boshqalarda ishlatiladi. Konkret qo’llanilishi bo’yicha tebranishlar generatorlaridan 
muntazam impulьslar manbasi (raqamli tizimlarda "soat"), tayanch vaqt intervali 
(chastota o’lchagichlarda), rostlanuvchi generator (tarqatgich va qabul 
qilgichlarning geterodinlarida), ma’lum shakldagi tebranishlar generatori 
(ostsillograflarda) va boshqalar sifatida foydalaniladi. Analog integral 
mikrosxemalardan hozirgi kunda eng ko’p foydalaniladigan operatsion 
kuchaytirgichlar (OK) hisoblanadi. CHunki OKlar asosida turli chiziqli, nochiziqli 
analog va raqamli elektron qurilmalar yasaladi. 
Operatsion kuchaytirgich Umumiy ma’lumotlar. Operatsion kuchaytirgich (OK) – 
bu kuchlanish bo’yicha yuqori kuchaytirish koeffitsienti (10 4÷106 ), yuqori kirish 
(104107 Om) va kichik chiqish (0,1÷1 kOm) qarshiliklariga ega bo’lgan 
o’zgarmas tok kuchaytirgichi. OK ikkita kirish va bitta chiqishga ega. CHiqish va 
kirishdagi signallarning qutbiga ko’ra kirishlarning biri inverslaydigan (“-” ishorasi 
bilan belgilanadi), ikkinchisi – inverslamaydigan (“+”ishorasi bilan belgilanadi) 
deb ataladi. OKning shartli belgisi 1 a, b - rasmda keltirilgan. Manba qiymatlari bir 
– biriga teng, lekin umumiy shinaga nisbatan ishoralari teskari bo’lgan ikkita 
manbadan ta’minlanadi. Bu bilan kirish signali mavjud bo’lmaganda chiqishda 
nolь potentsial ta’minlanadi va chiqishda ham musbat, ham manfiy signal olish 
imkoniyati yuzaga keladi. Real OKlarda kuchlanish manbai qiymati ±3 V ÷ ±18 V 
oralig’ida yotadi. Signal umumiy shinaga ulangan simmetrik signal manbaidan 1 
va 2 kirishlarga, yoki ikkita alohida manbalardan uzatilishi mumkin. Bu 
kirishlardan biri inverslaydigan kirish va umumiy shinaga, ikkinchisi esa – 
inverslamaydigan kirish va umumiy shinaga ulanad 
Operatsion kuchaytirgichning asosiy xarakteristikalari OKning asosiy 
xarakteristikalariga quyidagilar kiradi: - chiqish kuchlanishini teskari aloqasiz OK 
differentsial kirish kuchlanishiga nisbatiga teng bo’lgan Ku kuchlanish bo’yicha 
kuchaytirish koeffitsienti; - sinfaz signalning so’ndirish koeffitsienti: 
Ks.s.s=Ku/Kus, bu yerda Kus – sinfaz kirish kuchlanishiga nisbatan kuchlanish 
bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti; - Uchiq = 0, (0,5 … 15 mV) bo’lishi uchun 
OKning kirishlaridan biriga yoki differentsial kirishiga berilishi lozim bo’lgan 
kuchlanishiga teng bo’lgan Usilj nolni siljitish kirish kuchlanishi; - Uchiq = 0 da 
OK kirish zanjiridan oqib o’tadigan o’rtacha tokka teng bo’lgan Isilj siljitish kirish 
toki: Isilj=(I+ silj+Isilj)/2 - ΔUsilj/Δt (mkV/Co ) nolni siljitish kuchlanishi 
temperaturaviy dreyfi; - kirish siljitish toklarining farqi: ΔI silj = ׀I + silj + Isilj׀ , 
Uchiq = 0 bo’lganida. - Ss.sh chiqishdagi o’z shovqini kuchlanishining spektral 
zichligi; - differentsial va sinfaz signal uchun kirish qarshiligi (0,01 ....1000 
MOm); - ƒt birlik kuchaytirish chastotasi, bu chastotada OK kuchaytirish 
koeffitsienti modulini birga teng bo’ladi. Masalan, |K(f)|=1 ft=1000 MGts 
bo’lganida. - to’g’ri burchakli shakldagi maksimal kirish kuchlanish impulьsi ta’sir 
qilganida OKning chiqish kuchlanish eng katta o’zgarishi tezligiga teng bo’lgan 
Vvmaks chiqish kuchlanishining ortishi tezligi; - chiqish kuchlanishining 
o’rnatilish vaqti: t o’rn=t0,9-t0,1 - chiqish kuchlanishi o’zgarishni chiqish toki 
o’zgarishining aktiv tashkil etuvchisiga nisbatiga teng bo’lgan Rchiq chiqish 
qarshiligi, (1...500 OM), (yuklamaning minimal qarshiligi); - iste’mol toki va 
quvvati. OKlar ruxsat etiladigan maksimal parametrlariga quyidagilar kiradi: - 
Uchiq.maks signalni maksimal (buzilishlarsiz) mumkin bo’lgan chiqish 
kuchlanishi: - ruxsat etiladigan maksimal quvvat tarqalishi; - ishchi chastota 
diapazoni; - maksimal ta’minot kuchlanishi; - maksimal kirish differentsial 
kuchlanishi. OK ta’minot kuchlanishi sifatida ikki qutbli ta’minot manbai 
ishlatiladi. Bu ta’minot manbaining o’rta chiqishi, qoidaga ko’ra kirish va chiqish 
signallari uchun umumiy shina hisoblanadi (Et=±3…±18 V). OKda quyidagi 
chiqishlarga ega: 1 – inverslamaydigan kirish; 2 – inverslaydigan kirish; 3 – 
chiqish. SHuningdek, kuchaytirgich ACHXsining talab qilinadigan ko’rinishini 
shakllantiradigan chastotaviy korrektsiya tashqi zanjirlarini ulash uchun 
chiqishlarga ega bo’ladi 

Relaksatsionnыy generator deb keng spektrga ega garmonik bo’lmagan 


tebranishlar generatoriga aytiladi. Tebranishlar generatorlari ko’plab elektron 
qurilmalarning tarkibiy qismidir. Masalan, ular davriy ishlaydigan o’lchov 
priborlarida (raqamli mulьtimetrlar, ostsillograflar), texnologik jarayonlarni 
o’lchashda, kompьyuter va uning tashqi qurilmalarida, har qanday raqamli 
priborda (hisoblagich, taymer, kalьkulyator) va boshqalarda ishlatiladi. Konkret 
qo’llanilishi bo’yicha tebranishlar generatorlaridan muntazam impulьslar manbasi 
(raqamli tizimlarda "soat"), tayanch vaqt intervali (chastota o’lchagichlarda), 
rostlanuvchi generator (tarqatgich va qabul qilgichlarning geterodinlarida), ma’lum 
shakldagi tebranishlar generatori (ostsillograflarda) va boshqalar sifatida 
foydalaniladi. Eng sodda generatorni quyidagi yo’l bilan hosil qilish mumkin: 
kondensator rezistor (yoki tok manbasi) orqali zaryadlanadi, kondensatordagi 
kuchlanish ma’lum qiymatga yetganda razryadlanadi va bunday tsikl davriy 
ravishda takrorlanadi. Buni EWB dasturida tekshirib ko’rish mumkin (3-rasm). 
Sxema yig’ilib ishga tushirilgandan keyin probel klavishasini davriy ravishda 
bosilsa tebranishlar hosil bo’ladi. 
Tebranishlarni ta’minlash manbasining qutblarini davriy ravishda almashtirish 
yo’li bilan ham hosil qilish mumkin. Bunday yo’l bilan bajarilgan generatorlarga 
«relaksatsion generatorlar» deb ataladi. Ular sodda, arzon va mukammal 
loyihalanganda chastota bo’yicha qoniqarli stabillikka ega bo’lishi mumkin. Ilgari 
relaksatsion generatorlarni tayyorlash uchun manfiy qarshilikka ega bo’lgan 
priborlardan (masalan, bir o’tishli tranzistorlar va neon lampalar) foydalanilgan, 
hozirgi vaqtda esa, afzalliklarga ega bo’lganligi uchun, operatsion kuchaytirgichlar 
yoki maxsus integral sxemalar ishlatiladi. 
Electronics Workbench dasturini ishga tushiring va unda 9-rasmga asosan 
relaksatsion generatorning modelini yig’ing va ostsillograf hamda grafik analizator 
oynalarini oching. 
Trigger bu qurilma raqamli qurilmalar ichida eng ko‘p tarqalgan qurilma bo‘lib, 
ikkita turg‘un holatga ega va uning bir holatdan ikkinchi holatga sakrab o‘tishi 
tashqi boshqaruv signal ta’sirida amalga oshadi. Triggerlardan foydalanilgan holda 
turli mantiqiy va hisoblash qurilmalari, generatorlar va xotira qurilmalari yaratish 
mumkin. 
Trigger ikkita HAM – YoKI mantiqiy elementlaridan iborat bo‘lib (14.1a – rasm), 
quyidagi ravishda ishlaydi. Uning kirish qismiga X1 = 1 signalini berilishi va X2 
0 signalining bo‘lmasligi elementning yuqori chiqishida holat hosil bo‘ladi, pastki 
chiqishida esa Y = 1 holat yuzaga keladi. (O‘zgaruvchan kattalik ustidagi 
chiziqcha kattalikning inversiya holatini anglatadi). Sxemaning bu holati X1 (X1 = 
0) signalni o‘chirishgacha saqlanib turadi. Endi X2 = 1 signalni berganimizda 
trigger boshqa turg‘un holat Y = 0 ga o‘tadi va shuningdek bo‘ladi. 
1b – rasmda R – S triggerning sxemasi keltirilgan va uning ishlashi statik asinxron 
trigger deb ataluvchi triggerning ishlashiga mos keladi. Ingliz tilida Set – 
o‘rnatishni anglatuvchi so‘zning bosh xarfi bilan belgilangan S kirishiga kirish 
signali X1 = XS = 1 beriladi va shundan so‘ng triggerning to‘g‘ridan – to‘g‘ri 
chiqish qismida birlik signal Y = 1 paydo bo‘ladi (o‘rnatiladi), inversorli chiqish 
qismida esa hosil bo‘ladi. Ingliz tilida Reset – ag‘darishni anglatuvchi so‘zning 
bosh xarfi bilan belgilangan R kirishiga birlik signali X2 = XR berilganida 
triggerning Y chiqishida nol signal, ya’ni Y = 0 paydo bo‘ladi inversorli chiqish qismida esa hosil bo‘ladi. 



Download 65.32 Kb.
  1   2




Download 65.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 65.32 Kb.