Al-Xorazmiy




Download 27,14 Kb.
bet5/5
Sana04.07.2024
Hajmi27,14 Kb.
#266562
1   2   3   4   5
Bog'liq
Company details

P'eron- Ruzer metodikasi




Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan tayyorlanadi (1-ilova).
Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil
qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (jadval).

7-8 yoshli bolalar uchun P'eron - Ruzer metodikasi bo‘yicha qog‘ozni to‘ldirish normalari (M.P.Kononova natijalari).





To‘ldirish vaqti

Xatolar soni

Sifati(%) ()

1 daqiqa 15 soniya

-

100

1 daqiqa 45 soniya

2

60

1 daqiqa 50 soniya

3

50

2 daqiqa 10 soniya

6

20



Bunda sinaluvchining chalg‘iganligi, ishni davom ettirish zarurligi haqida eslatilganligi va hokazolar e'tiborga olinadi.
Diqqatning ko‘chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o‘rganish maqsadida I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan metodikaning o‘zgartirilgan variantini qo‘llash mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: bola 1-qog‘ozni to‘ldirgandan so‘ng, to‘ldirish qo‘llanmasi o‘zgartirilib, 2-qog‘oz taklif etiladi; o‘sha belgilarni boshqa geometrik figuralarga qo‘yib chiqish kerak. Keyin 3- qog‘oz ko‘rsatiladi: toq qatorlar 1-qog‘oz namunasi bo‘yicha, juft qatorlarni 2- qog‘oz namunasi bo‘yicha to‘ldiriladi. Olingan natijalar quyidagicha qayta ishlanadi. 1 va 2-chi qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt orasidagi farq vaqt etishmovchiligi –E ni aniqlash orqali amalga oshiriladi:
E=t1+t2
Bu erda t – qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt.
Bundan tashqari, xatolar farqi (XF) quyidagi formula bilan aniqlanadi.


XF=3K-/IK+2K/;
Bu erda k – har bir qog‘ozni to‘ldirishdagi xatolar.
Xatolar farqi ko‘rsatkichi ixtiyoriy diqqat darajasining pastligi, aqliy ish qobiliyati yomonligi mezoni sifatida qaralishi mumkin.
Bolalar bu topshiriqni qiziqib bajaradilar, yaxshiroq natijaga erishishga intiladilar. 5-6 yoshli bolalar qog‘ozni to‘ldirishni Yuqoridagi 4 ta figuraga qarab bajaradi. 9-10 yoshli o‘quvchilar esa 1 daqiqadan so‘ng bu ishlarni eslab qolib mustaqil bajaradi.
Download 27,14 Kb.
1   2   3   4   5




Download 27,14 Kb.