• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • Algoritm va dasturlash asoslari




    Download 26,9 Kb.
    bet2/2
    Sana17.01.2024
    Hajmi26,9 Kb.
    #139739
    1   2
    Bog'liq
    MAQOLA (10)

    Algoritm turlari
    Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi. Chiziqli algoritm deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
    Tarmoqlanuvchi algoritm deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko’rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
    Takrorlanuvchi algoritm deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.
    Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so’z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar. Algoritmlarni blok-sxema ko’rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo’lgani uchun ko’p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko’rsatma o’z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko’rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to’g’ri to’rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi. Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega bo’lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko’p qo’llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, berilgan biror ishni bajarish va boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo’lgan aniq ko’rsatmalarni ketma ket bajaramiz. Agar bu ko’rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani ola olmaymiz. Misol tariqasida matematik xarakterga ega bo’lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko’rib chiqaylik. Bunda boshlang’ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod.
    Butelbrod tayyorlash algoritmi:
    1. non bo’lagini kesib olish;
    2. kolbasa va pishloq bo’lagini kesib olish;
    3. kolbasa va pishloq bo’laklarini non orasiga qo’yish.
    Agar bu jarayonning ketma ketlik o’rinlari almashsa yoki biror bir bosqich amalga oshirilmasa natija bo’lmaydi.
    Algoritmik tillar
    Masalani yechish algoritmi ishlab chiqilgandan so’ng dastur tuziladi. Dastur – bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko’rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to’plamidir. Dasturlash – esa bu dastur tuzish jarayoni bo’lib, u quyidagi bosqichlardan iboratdir:
    1.dasturga bo’lgan talablar;
    2.qo’yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
    3.dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
    4.dasturni to’g’rilash va test o’tkazish.
    Hozirgi kunda juda ko’plab algoritmik tillar mavjud. Ularga dasturlash tillari deb ataymiz. Algoritmik til - algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo’lib u matematik belgilarni o’z ichiga oladi. Tuzilgan algoritmni to’g’ridan-to’g’ri mashinaga berib bo’lmaydi, shu sababli yozilgan algoritmni biror bir Algoritmik tilga o’tkazish zarur. Har qanday Algoritmik til o’z qo’llanilish sohasiga ega. Masalan, muhandislik hisob ishlarini bajarishda Pascal, Basic va Fortran. Iqtisod masalalarini yechishda Pascal va Cobol. Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. O’quv jarayonlari uchun Basic, Pascal va boshqalar.
    Pascal, Fortran, va Cobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Assembler tili mashina tiliga ancha yaqin til bo’lib o’rta darajadagi tildir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo’lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.
    Dasturlash asoslari
    Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqot qilish uchun kompyuter “tili” ni bilishi ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadigan “til” dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko`rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilisi kerak bo`ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturnituzadigan kishi dasturchi deb ataladi. Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni taxlil qilish va boshqa masalalarni yechish uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari mavjud. Bular jumlasiga Basic, Fortrant, Pascal, Cobol va boshqa tillarni kiritish mumkin.
    Basic dasturlash tili 1964-yili AQSHning Dortmunt kolleji ilmiy xodimlari Jon Kemeni va Tomes Kurtsi tomonidan turli hisoblashlarga doir masalalarni kompyuter bilan muloqat holda hal qilishi uchun yaratiladi. “Basic” so`zi Beginners Allpyrpose Sumbolic Instruction Codedan olingan bo`lib, o`zbek tilida “boshlovchilar uchun mo`ljallangan ko`p maqsadli, belgili ko`rsatmalar tili” degan ma`noni bildiradi. Basic dasturlash tili soddaligi va kompyuter xotirasiga quyiladigan talablarning juda kamligi sababli bu dasturlash tili boshqa dasturlash tillari qatori butun dunyoda shaxsiy kompyuterlar uchun keng foydalanadigan til bo`lib qoldi.
    Fortran tili 1954-yilda ishlab chiqilgan. Fortran so`zi inglizcha Formula translator so`zidan olingan bo`lib, formula tarjimonchisi degan ma`noni bildiradi. Fortran tili muhandislik va ilmiy texnik masalalarni yechishga mo`ljallangan dasturlash tili hisoblanadi.
    Pascal dasturlash tili shveysariyalik professor Virt Niklaus tomonidan 1971-yilda yaratilgan bo`lib, 1981-yilda Pascal tilining xalqaro standarti qabul qilingan. Pascal tili jamlovchi mashinani yaratgan fransuz fizigi Blez Pascal xotirasiga quyilgan. Pascal tilidan ilmiy texnik, muhandislik masaalarni yechishda keng ko`lamda foydalaniladi.
    Cobol tili 1959-yilda yaratilgan bo`lib, iqtisodiy xarakterga ega bo`lgan masalalarni yechishga mo`ljallangan. Shuningdek hozirgi paytda zamonaviy dasturlash tillaridan biri hisoblangan Delphi dasturlash tilidan keng foydalaniladi. Delphi dasturlash tili - bu Windows OT muhitida ishlashga mo’ljallangan bo’lib, u 1995-yildа Borland kоmpаniyasi dаsturlаri guruhi Chаk (Chuck) vа Dеnni (Danny) tоmоnidаn yaratilgan.
    C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o’z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967-yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo’ljallangan edi. Ken Thompson o’zining B tilida BCPL ning ko’p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo’lgan. Yani o’garuvchilarning ma’lum bir tipi bo’lmagan - har bir o’zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O’zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo’lgan.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

    1. A.A.Xaldjigitov, Sh.F.Madraximov, U.E.Adamboev. Informatika va programmalash.O’quv qo’llanma, O’zMU, 2005. – 145 b.

    2. Qosimov S. Axborot texnologiyalari. O`quv qo`llanma. – Toshkent: Аloqachi, 2006. – 370 b.

    3. Eshtemirov S. Nomozov F. C++ dasturlash tili. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand 2016. – 146 b.

    4. Axatov A., Qarshiyev H. C++ tilida programmalash (misollar va masalalar). 2016. SamDU nashri. – 140 b.

    Download 26,9 Kb.
    1   2




    Download 26,9 Kb.