|
Algoritm va dasturlash asoslari
|
bet | 1/2 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 26,9 Kb. | | #139739 |
Bog'liq MAQOLA (10)
ALGORITM VA DASTURLASH ASOSLARI
F.E.Jomonqulova – Samarqand iqtisodiyot
va servis insitituti dotsenti ,t.f.n.
tel.: + 998994499561
e-mail: fazilat_72@mail.ru
Sh.D.Xolmurodova – talaba, Samarqand
iqtisodiyot va servis insitituti,
tel.: +998500078939
e-mail: d_khalmuradova7717@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada Algoritm va uning kelib chiqishi, shuningdek, algoritmik tillar va dasturlash asoslari tog’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Algoritm, Muhammad al-Xorazmiy, kompyuter, dastur, dasturlash, Basic, Fortrant, Pascal, Cobol.
Abstract. This article provides information about Algorithm and its origins, as well as algorithmic languages and programming basics.
Key words: Algorithm, Muhammad al-Khorazmi, computer, program, programming, Basic, Fortrant, Pascal, Cobol.
Аннотация. В этой статье представлена информация об алгоритме и его происхождении, а также об алгоритмических языках и основах программирования.
Ключевые слова: Алгоритм, Мухаммад аль-Хорезми, компьютер, программа, программирование, Бейсик, Фортрант, Паскаль, Кобол.
Algoritm so`zi algoritmi so`zidan olingan bo`lib, u IX asrning buyuk matematigi bobokolonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomining lotincha shaklidir. Informatika sohasida algoritm tushunchasi asosiy tushuncha bo`lib, u geometriya kursidagi nuqta, to`g`ri chiziq va tekislik, matematikadagi to`plam, kimyodagi modda, fizikadagi fazo hamda vaqt tushunchalari kabi fundamental tushuncha hisoblanadi. Algoritmga aniq bir ta`rif berish mushkul. Shunday bo`lsada, algoritmning mohiyatini aniq tushuntirish mumkin. Algoritm – biror masalani yechish uchun bajarilishi zarur bo`lgan buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligi. Tuzilgan algoritmni uning yozilish qoidalarini tushunadigan va unda ko`rsatilgan buyruqlarni bajarish imkoniga ega bo`lgan insonning o`zi yoki texnik qurilma (masalan, kompyuter) bajarishi mumkin.
Odamlar har kuni bajaradigan ishlarida o`zlari bilmagan holda shu ishlarni bajarish algoritmlardan foydalanadilar. Masalan, kompyuterdan foydalanish, non yopish, tamom tayyorlash, telefon avtomatidan foydalanish, avtomobilni boshqarish, kitob o`qish, ko`cha harakati qoidalariga rioya qilish, televizor yoki radiodan foydalanish va hokazo. Albatta, odamlar yuqorida keltirilgan yumushlarni har doim bajarib yurganligi bois, ularni bajarish uchun hech qanday aniq ko`rsatmalarga muhtojlik sezmaydilar. Lekin yuqoridagi yumushlarni birinchi marotaba bajarayotgan odam aniq ko`rsatmalarsiz uni bajara olmaydi. Masalan, hech qachon kompyuterdan foydalanib ko`rmagan odam aniq bir ko`rsatmasiz bu ishni bajaraolmaydi. Demak, odamlar o`zlariga tanish bo`lgan ishlarni yoki masalalarni bajarish zarur bo`ldigan ko`rsatmalarni qachonlardir, qayerlardandir olganlar yoki o`rganganlar. Algoritmni bajarishda ko`rsatmalarni berilgan tartibda bajarish kerak bo`ladi.
Algoritm va uning xossalari
Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin bo’lib, bu ta’rif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi. Ya’ni algoritm deb, qo’yilgan masalani yechish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi. Har qanday algoritm ma’lum ko’rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko’rsatmalarga buyruq deyiladi.
Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega: aniqlik va tushunarlilik deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi tushuniladi. Ommaviylik - deganda har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o’rinli bo’lishi tushuniladi.
Natijaviylik deganda algoritmda chekli qadamlardan so’ng albatta natija bo’lishi tushuniladi. Diskretlik deganda esa algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib Bo’laklash imkoniyati tushuniladi.
|
| |