• Alifbo
  • Semantika
  • Dasturlash tillari va ularni tasniflash
  • Algoritm va dasturlash tillari




    Download 147,06 Kb.
    bet1/5
    Sana09.09.2024
    Hajmi147,06 Kb.
    #270626
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Lecture 3

    ALGORITM VA DASTURLASH TILLARI

    3- Mavzu: Algoritmik tillar.

    Algoritmlarning tahlili asoslari.

    Algoritmik tillar

    • Algoritmik tillar - ushbu qo'llanmaning asosiy maqsadi algoritmik tafakkurni rivojlantirish bo'lganligi bois, qo'yilgan masalalarni yechishda o'zimiz uchun dasturlash tiliga o'xshash va ularning umumiy jihatlarini o'z ichiga olgan maxsus tilni tashkil etamiz. Har qanday tilda bo'lgani kabi bu tilda ham quyidagicha turlari bor
    • Alifbo
    • Sintaksisi
    • Semantika

    Alifbo

    • Alifbo — aniq bir til uchun asosiy belgilar ro'yxati, ya'ni shu tildagi matnlarni yozish uchun qo'llaniladigan «alifbo harflari» — boshqa belgini qo'llash mumkin emas.

    Sintaksis

    • Sintaksis — bu jumlalarni hosil qilish qoidasi bo'lib, biror jumlani to'g'ri yoki xato yozilganligini aniqlash uchun xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, til sintaksisi shu tilda belgilarni ma'noga ega bo'ladigan biriktirishni aniqlab beruvchi qoidalar ro'yxati.

    Semantika

    • Semantika — jumla yoki gaplarning mazmunini aniqlaydi. Semantika hosil qilingan jumlalar yoki gaplarni qanday amallar ketma-ketligini aniqlab berishini ta'minlaydi.

    Ko'rsatmalar

    • Algoritmikada qulay belgilashlar ham, albatta, yanada muhim ahamiyatga ega. Bunda uning o'ziga xos tomonlari ham bor. Biz ham o'z belgilash usulimizni kiritishdan avval ba'zi tomonlarga e'tibor berishimiz lozim bo'ladi.
    • Yozish uchun lotin harflari va o'nlik sanoq sistemasidagi raqamlardan foydalanamiz. Ko'rsatmalar so'zlar bo'lib, ularni yozish uchun jumlalarga buyruq mazmunini beramiz. Bunda ularni qisqa va ma'noli bo'lishiga e'tibor beramiz

    Dasturlash tillari va ularni tasniflash

    • Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu bеlgisi bo’yicha tasniflash mumkin. Dasturlash tilining kompyuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha tasniflash eng umumiy hisoblanadi. Yuqorida aytilgan bеlgiga qarab, dasturlash tillari kompyuterga bog’liq va kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi. Kompyuterga bog’lik tillar, o’z navbatida, kompyuter tillari va kompyuterga mo’ljallangan tillarga ajratiladi. Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Kompyuter tili 0 daraja dеb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili “eng yuqori darajadagi til” dеb qaraladi.

    Download 147,06 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 147,06 Kb.