• O’rtacha holat
  • Ehtimolliklar
  • Eng yomon holat uchun murakkablik




    Download 147,06 Kb.
    bet4/5
    Sana09.09.2024
    Hajmi147,06 Kb.
    #270626
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Lecture 3

    Eng yomon holat uchun murakkablik

    • Algoritmlarni baholash ob’ektivligini oshirish uchun vaqt bo’yicha asimptotik murakkablik tushunchasi algoritm effektivligining asosiy o’lchovi sifatida qabul qilingan. Algoritmlar effktivligi termini ushbu o’lchovning sinonimi hisoblanib, asosan eng yomon holatda algoritmning bajarilish vaqtiga taalluqli
    • Eng yomon holatni tahlil qilish juda muhim, chunki u algoritm ishining maksimal vaqtini tasavvur qilishga yordam bеradi. Eng yomon holatni tahlil qilganda algoritm eng ko’p ish bajaradigan kirish ma'lumotlarini topish zarur. Izlovchi algoritm uchun bu kabi kiruvchi ma'lumotlar – bu shunday ro’yxatki, unda izlangan kalit oxirida kеladi yoki umuman bo’lmaydi. Natijada N taqqoslash kеrak bo’ladi. Eng yomon holatning tahlili tanlangan algoritmga qarab dasturning ishlash vaqti uchun yuqori bahoni bеradi.

    O’rtacha holat

    • O’rta holatning tahlili eng murakkab hisoblanadi, chunki u ko’pgina dеtallarni hisobga olishni talab qiladi. Tahlil asosini mavjud bo’lgan kiruvchi ma'lumotlar to’plamini bo’lib chiqish lozim bo’lgan turli guruhlarni aniqlash tashkil qiladi. Ikkinchi qadamda kiruvchi ma'lumotlar to’plami qaysi guruhga tеgishli bo’lish ehtimoli aniqlanadi. Uchinchi qadamda har bir guruhdagi ma'lumotlarga algoritmning ish vaqti hisoblanadi. Algoritmning bir guruhdagi hamma kiruvchi ma'lumotlar uchun ishlash vaqti bir xil bo’lishi kеrak .
    • Ba'zi hollarda biz kiruvchi ma'lumotlarning har bir guruhga tushish ehtimolini bir Xill dеb taxmin qilamiz. Boshqacha aytganda, agar guruh 5 ta bo’lsa, birinchi guruhga tushish extimoli ikkinchi yoki boshqa guruhga tushish extimolidеk, ya'ni har bir guruhga tushish extimoli 0,2 ga tеng.

    Ehtimolliklar

    • Biz algoritmlarni kiruvchi ma'lumotlarga ko’ra tahlil qilmoqchimiz, buning uchun esa u yoki bu kiruvchi ma'lumotlar to’plami qanchalik ko’p uchrashini baholashimiz kеrak. Shu bilan birga, biz kiruvchi ma'lumotlar u yoki bu sharoitlarga to’gri kеlish extimolligi bilan ishlashimizga to’g’ri kеladi. U yoki bu hodisaning extimolligi nol va bir oralig’idagi sondan iborat, 0 extimolligi hodisa hеch qachon sodir bo’lmasligi,1 extimoli esa bo’lishi mumkinligini bildiradi. Agar bizga turli kiruvchi qiymatlarning soni aniq 10 ga tеngligi ma'lum bo’lsa, ishonch Bilan aytishimiz mumkinki, har qanday bunday kirishning extimolligi 0 va 1 oralig’ida bo’ladi, barcha extimolliklarning yig’indisi 1 ga tеng, chunki ulardan bittasi amalga oshishi mumkin. Agar har bir kirishning amalga oshish extimolligi bir xil bo’lsa, ulardan har birining extimolligi 0.1 ga tеng bo’ladi

    Download 147,06 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 147,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eng yomon holat uchun murakkablik

    Download 147,06 Kb.