• Shakl o‘zgartirish
  • Kiritish- chiqarish
  • Axborotlar oqimi chizig‘i
  • Boshlash – to‘xtatish
  • Algoritmni maxsus tilda ifodalash.
  • Algoritm va uning asosiy xossalari




    Download 230.15 Kb.
    bet3/4
    Sana16.11.2022
    Hajmi230.15 Kb.
    #30645
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4- маъруза АЛГОРИТМ ВА УНИНГ АСОСИЙ ХОССАЛАРИ.
    Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari (2), portal.guldu.uz-6-Ma`ruza Taqdimotlarni ishlab chiqishning instrumental vositalari (1), FD (1), 3-mavzu, Kompyuter grafikasi Tayyor
    Nomi

    Belgilanishi

    Bajaradigan dazifasi

    Jarayon






    Bir yoki bir nechta amallarning bajarilishi natijasida ma’lumotning qiymati yoki shaklini o‘zgartirish

    Qaror




    Biron bir shartga bog‘lik ravishda algoritmning bajarilish yo‘nalishini tanlash

    Shakl o‘zgartirish






    Dasturni o‘zgartiruvchi buyruq yoki buyruqlar turkumini o‘zgartirish amalini bajarish

    Avval aniqlan- gan jarayon




    Oldindan ishlab chiqilgan dastur yoki algoritmdan foydalanish



    Kiritish- chiqarish




    Axborotlarni qayta ishlash mumkin bo‘lgan shaklga o‘tkazish (kiritish) yoki olingan natijalarni tasvirlash (chiqarish)

    Displey




    Displeydan axborotlarni kiritish yoki chiqarish



    Hujjat




    Axborotlarni qog‘ozga chiqarish yoki qog‘ozdan kiritish



    Axborotlar oqimi chizig‘i






    Bloklar orasidagi bog‘lanishni tasvirlash

    Bog‘lagich




    Uzilib qolgan axborot oqimlarini ulash belgisi

    Boshlash – to‘xtatish








    Axborotni qayta ishlashni boshlash, vaqtincha to‘xtatish yoki to‘xtatib qo‘yish

    Izoh




    Bloklarga tegishli turli xildagi tushuntirishlar

    Bunday bevosita o‘tishda algoritmning alohida qismlari orasidagi bog‘lanish yo‘qoladi, algoritm tarkibining asosiy va muhim bo‘lmagan qismlarini farqlash qiyin bo‘lib qoladi. Bunday sharoitda keyinchalik aniqlash va to‘g‘rilash ancha vaqt talab qiladigan xatolarga osongina yo‘l qo‘yish mumkin. Odatda algoritm bir necha marta ishlab chiqiladi, ba’zan xatolarni to‘g‘rilash, algoritm tarkibini aniqlashtirish va tekshirish uchun bir necha marta orqaga qaytishga to‘g‘ri keladi. Algoritm ishlab chiqishning birinchi bosqichida algoritmni yozishning eng qulay usuli - algoritmni tuzim ko‘rinishda ifodalashdir.


    Algoritm tuzimi — berilgan algoritmni amalga oshirishdagi amallar ketma-ketligining oddiy tildagi tasvirlash elementlari bilan to‘ldirilgan grafik tasviridir. Algoritmning har bir qadami tuzimda biror bir geometrik shakl - blok (blok simvoli) bilan aks ettiriladi. Bunda bajariladigan amallar turiga ko‘ra turlicha bo‘lgan bloklarga GOCT bo‘yicha tasvirlanadigan turli xil geometrik shakllar - to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, parallelogramm, doira, oval va hokazolar mos keladi. Algoritm tuzimlarini qurish qoidalari GOST 19. 002-80 da (xalqaro standart ISO 2636-73 ga mos keladi) qat’iy belgilab berilgan.
    GOST 19. 003 -80 (ISO 1028-73ga mos) algoritm va dasturlar tuzimlarida qo‘llaniladigan simvollar ro‘yxatini, bu simvollarning shakli va o‘lchamlarini, shuningdek ular bilan tasvirlanadigan funksiyalarni (amallarni) belgilaydi. Quyidagi jadvalda algoritmlar tizimini ifodalashda ko‘p qo‘llaniladigan blok (simvol)lari keltirilgan va ularga tushuntirishlar berilgan.

    Tizim blok (simvol)lari ichida hisoblashlarning tegishli bosqichlari ko‘rsatiladi. Shu yerda har bir simvol batafsil tushuntiriladi.


    Har bir simvol (blok) o‘z raqamiga ega bo‘ladi. U tepadagi chap burchakka chiziqni uzib yozib qo‘yiladi.
    Tizimdagi grafik simvollar hisoblash jarayonining rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar bilan birlashtiriladi. Ba’zan chiziqlar oldida ushbu yo‘nalish qanday sharoitda tanlanganligi yozib qo‘yiladi.
    Axborot oqimining asosiy yo‘nalishi tepadan pastga va chapdan o‘ngga ketadi. Bu hollarda chiziqlarni ko‘rsatmasa ham bo‘ladi, boshqa hollarda albatta chiziqlarni qo‘llash majburiydir. Blokka nisbatan oqim chizig‘i (potok linii) kiruvchi yoki chiquvchi bo‘lishi mumkin. Blok uchun kiruvchi chiziqlar soni chegaralanmagan.
    Chiquvchi chiziq esa mantiqiy bloklardan boshqa hollarda faqat bitta bo‘ladi. Mantiqiy bloklar ikki va o‘ndan ortik oqim chizig‘iga ega bo‘ladi. Ulardan har biri mantiqiy shart tekshirishining mumkin bo‘lgan natijalarga mos keladi.
    O‘zaro kesiladigan chiziqlar soni ko‘p bo‘lganda, chiziqlar soni haddan tashqari ko‘p bo‘lsa va yo‘nalishlari ko‘p o‘zgaraversa tuzimdagi ko‘rgazmalik yo‘qoladi. Bunday hollarda axborot oqimi chizig‘i uzishga yo‘l qo‘yiladi, uzilgan chiziq uchlariga "birlashtiruvchi" belgisi qo‘yiladi. Agar uzilish bitta sahifa ichida bo‘lsa, O belgisi ishlatilib, ichiga ikki tarafga ham bir xil harf-raqam belgisi qo‘yiladi. Agar tuzim bir necha sahifaga joylansa, bir sahifadan boshqasiga o‘tish "sahifalararo bog‘lanish" belgisi ishlatiladi. Bunda axborot uzatilayotgan blokli sahifaga qaysi sahifa va blokka borishi yoziladi, qabul qilinayotgan sahifada esa qaysi sahifa va blokdan kelishi yoziladi.
    Algoritm tuzimlarini qurishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak. Parallel chiziqlar orasidagi masofa 3 mm dan kam bo‘lmasligi, boshqa simvollar orasidagi masofa 5 mmdan kam bo‘lmasligi kerak. Bloklarda quyidagi o‘lchamlar qabul qilingan: a=10, 15, 20; b=1, 5*a. Agar tizim kattalashtiriladigan bo‘lsa, a ni 5 ga karrali qilib oshiriladi. Bu talablar asosan 10-bosqichda, dasturga yo‘riqnoma yozishda rioya qilinadi.
    Algoritmlarni mayda-mayda bo‘laklarga ajratishda hech qanday chegaralanishlar qo‘yilmagan, bu dastur tuzuvchining o‘ziga bog‘lik. Lekin, juda ham umumiy tuzilgan tuzim kam axborot berib, noqulaylik tug‘dirsa, juda ham maydalashtirib yuborilgani ko‘rgazmalilikka putur yetkazadi. Shuning uchun murakkab va katta algoritmlarda har xil darajadagi bir nechta tuzim ishlab chiqiladi.
    Yendi yuqoridagi uchta masalamizga qaytadigan bo‘lsak, ular algoritmlari tuzimi quyidagicha bo‘ladi.




    Algoritmni maxsus tilda ifodalash.
    Bu usulda algoritmni ifodalash uchun “dasturlash tillari” deb ataluvchi suniy tillar qo‘llaniladi.
    Buning uchun ishlab chiqilgan algoritm shu tillar yordamida bir ma’noli va EHM tushuna oladigan ko‘rinishda tavsiflanishi zarur. Uning tarkibida cheklangan sondagi sintaksis konstruksiyalar to‘plami bor bo‘lib, u bilan algoritm yaratuvchi tanish bo‘lishi kerak. Ana shu konstruksiyalardan foydalanib buyruq va ko‘rsatmalar formal ifodalarga o‘tkaziladi.
    Zamonaviy dasturlash tillari EHMning ichki mashina tilidan keskin farq qiladi va EHM bevosita ana shu tilda ishlay olmaydi. Buning uchun dasturlash tilidan mashina tushunadigan tilga tarjima qiluvchi maxsus dastur - translyatordan foydalaniladi. Dasturni translyatsiya qilish va bajarish jarayonlari vaqtlarga ajraladi.
    Avval barcha dastur translyatsiya qilinib, so‘ngra bajarish uslubida ishlaydigan translyatorlar “kompilyatorlar” deb ataladi.
    Dastlabki tilning har bir operatorini o‘zgartirish va bajarishni ketma-ket amalga oshiriladigan translyatorlar “interpretatorlar" deb ataladi.
    Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar majmuini va algoritmlarni yozish uchun ushbu belgilarni qo‘llash qoidalarini o‘z ichiga oladi. Dasturlash tillari bir biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi bilan ajralib turadi.
    Alifbo - tilda qo‘llaniladigan ko‘plab turli ramziy belgilar (harflar, raqamlar, maxsus belgilar)dir.
    Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog‘lanish qoidalarini belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmuniy izohini belgilaydi.



    Download 230.15 Kb.
    1   2   3   4




    Download 230.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Algoritm va uning asosiy xossalari

    Download 230.15 Kb.