• Takrorlash savollari.
  • Algoritmning asosiy turlari




    Download 230.15 Kb.
    bet4/4
    Sana16.11.2022
    Hajmi230.15 Kb.
    #30645
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4- маъруза АЛГОРИТМ ВА УНИНГ АСОСИЙ ХОССАЛАРИ.
    Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari (2), portal.guldu.uz-6-Ma`ruza Taqdimotlarni ishlab chiqishning instrumental vositalari (1), FD (1), 3-mavzu, Kompyuter grafikasi Tayyor
    Algoritmning asosiy turlari.
    Masala yechimining algoritmi ishlab chiqilayotgan davrda asosan uch xil turdagi algoritmlardan foydalanib, murakkab ko‘rinishdagi algoritmlar yaratiladi. Algoritmning asosiy turlariga chiziqli (a), tarmoqlanadigan (b) va takrorlanadigan (v) ko‘rinishlari kiradi.



    v)

    b)

    q)

    Murakkab masalalarning yechimini olish algoritmlari yuqoridagi turlarining barchasini o‘z ichiga olishi mumkin.
    Chiziqli turdagi algoritmlarda bloklar biri ketidan boshqasi joylashgan bo‘lib, berilgan tartibda bajariladi. Bunday bajarilish tartibi “tabiiy tartib” deb ham yuritiladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan birinchi misol chiziqli turdagi algoritmga misol bo‘ladi.
    Amalda hamma masalalarni ham chiziqli turdagi algoritmga keltirib yechib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda biron bir oraliq natijaga bog‘liq ravishda hisoblashlar u yoki boshqa ifodaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin yani birorta mantiqiy shartni bajarilishiga bog‘lik holda hisoblash jarayoni u yoki bu tarmoq bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Bunday tuzilishdagi hisoblash jarayonining algoritmi “tarmoqlanuvchi turdagi algoritm” deb ataladi. Yuqoridagi ikkinchi misol shunday algoritmga misol bo‘ladi.
    Ko‘pgina hollarda masalalarning yechimini olishda bitta matematik bog‘lanishga ko‘ra unga kiruvchi kattaliklarni turli qiymatlariga mos keladigan qiymatlarini ko‘p martalab hisoblash to‘g‘ri keladi.
    Hisoblash jarayonining bunday ko‘p martalab takrorlanadigan qismi “takrorlanishlar” deb ataladi.
    Takrorlanishlarni o‘z ichiga olgan algoritmlar “takrorlanuvchi turdagi algoritmlar” deb ataladi.
    Takrorlanuvchi turdagi algoritmni yozish va chizish o‘lchamlarini sezilarli darajada qisqartirish takrorlanadigan qismlarni ixcham ifodalash imkonini beradi. Yuqoridagi uchinchi misol takrorlanuvchi turdagi algoritmlarga tegishlidir.


    Takrorlash savollari.

    1. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari haqida axborot bering (masalalarni EXMda yechish bosqichlari, algoritmlash).


    2. Masala “qachon to‘g‘ri qo‘yilgan” deb hisoblanadi?
    3. “Algoritm” deb nimaga aytiladi?
    5. Algoritmlar turi va xususiyatlari haqida axborot bering (blok-tuzim, bloklar, algoritm turlari).
    6. Algoritmni tavsiflash usullari (blok-tuzim, algoritm, ketma-ket tavsiflash, algoritm natijasi).
    7. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga ta’rif bering.
    Download 230.15 Kb.
    1   2   3   4




    Download 230.15 Kb.