SQL standart soʻrovlar tili




Download 1,57 Mb.
bet5/11
Sana24.11.2023
Hajmi1,57 Mb.
#104490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shablon Talaba Ma\'lumoti
Reja Sanoq sistemasi tushunchasi. Pozitsion va pozitsion bo’lmag-fayllar.org, Документ Microsoft Word, Qollanma, Testlar javobi, HOW TO DO PRESENTATION WORKS IN POWER POINT, Overpopulation, HISTORICAL PLACES OF UZBEKISTAN 2 , Places of interest in the USA, Billiard sharlari, cisco 1 odilov, 87. Falsafa Darslik, 1123885.pptx, Hometown ( always in use ), Find a site that advertises a real work in a hospital
1.3 SQL standart soʻrovlar tili
Mа’lumоtlаr bаzаsi dunyosi tоbоrа yagоnа boʻlib bоrmоqdа. Bu jаrаyon har хil kоmpyuter muхitlаridа fаоliyat koʻrsаtuvchi ахbоrоt tizimlаrini yarаtishdа qoʻllаnuvchi yagоnа stаndаrt til yarаtishni tаlаb qildi. Stаndаrt til bir kоmаndаlаr toʻplаmini bilgаn fоydаlаnuvchilаrgа ulаrni shахsiy kompyuter tаrmоq ishchi stаntsiyasi yoki katta EHM dа ishlаshlаridаn qаt’iy nаzаr mа’lumоtni yarаtish,izlаsh vа uzаtishgа imkоn berаdi.
SQL (Structured Query Language) – Bu soʻrov tili koʻp operatorlardan tashkil topgan boʻlib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle (MBBT) dagi ma’lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin soʻrovlarni amalga oshirishda bu soʻrov tilidan foydalanmaslikning iloji yoʻq.
1970 yil iyun oyida E.F. Kodd oʻzining “A Relational Model of Data for Large Shared Data Banks” maqolasini ommaga taqdim etdi. Bu maqola “Communications of the ACM” jurnalida chop etildi. Hozirgi kunda Koddning bu modeli “relyastion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RMBBT)” ning yakuniy modeli deb qabul qilindi. Kodd ning modelni yo‘lga qo‘yish maqsadida IBM firmasi SEQUEL (Structured English Query Language) tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga o‘zgartirildi, lekin haligacha “sikvel” deb ham yuritilmoqda. 1979 yil Relational Software (hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQL ning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi. Hozirgi kunda SQL tili RMBBTning standart tili hisoblanadi.
SQL tili soʻrov-natija koʻrinishida ishlaydi. Soʻrovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yoʻq, foydalanuvchilar ham bu ma’lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni toʻgʻri yozish orqali istalgan ma’lumotlarni chiqarish mumkin boʻladi.
SQL tili barcha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o‘rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yigʻindisi (kichik soʻrov dasturi) ni, istalgan MBBT ga koʻchirish mumkin boʻladi.
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
1. Ma’lumotlarni soʻrov orqali olish.
2. Jadvalning qatorlariga ma’lumot qoʻshish, qatorlarini oʻchirish va yangilash.
3. Obektlarni yaratish, oʻzgartirish va oʻchirish.
4. Ma’lumotlar bazasi va obektlarga ruxsatlarni oʻrnatish.
5. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta’minlash.
2 xil turdagi SQL mavjud: interaktiv va oʻrnatilgan (встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL deganda — ma’lumotlar bazasiga soʻrov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya’ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir boʻladi. Soʻrov-natija rejimda ishlaydi.
Oʻrnatilgan SQL deganda – soʻrovlar yigʻindisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror oʻzgaruvchiga yuklab qoʻyamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya’ni bunda soʻrov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo‘lingan. Bu boʻlinish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida boʻlingan. Ular quyidagilar:
DDL (Data Definition Language), ANSI bu guruh SDL (Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma’lumotlar bazasida obektlar (jadvallar, indekslar) ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.
DML (Data Manipulation Language) – ma’lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig‘indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma’lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.
DCL (Data Control Language) – ma’lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.

Download 1,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,57 Mb.