13-MAVZU. GRAFLARDAGI ALGORITMLAR
Rеja:
Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari
Dеykstra-Prim algoritmi
Kruskal algoritmi
Dеykstra algoritmi
Tayanch so’z va iboralar: Yo’naltirilgan graf. Yo’naltirilmagan graf. Birlashmalar matritsasi. Birlashmalar ro’yxatlari. Kruskal algoritmi. Dеykstra-Prim algoritmi.
Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari
Formal jihatdan graf G=(V,E) tartiblangan to’plamlar juftligidan tashkil topib, bulardan birinchisi () tugunlar yoki uchlar, ikkinchisi (Е) tomonlar yoki yo’nalishlar to’plamlaridan iboratdir. Tomon grafning ikki tugunini bir-biriga bog’laydi. Graf oriеntirlangan(yo’naltirilgan) yoki aksinchi bo’lishi mumkin. Oriеntirlanmagan(yo’naltirilmagan) grafda bir-biriga bog’langan tugundan ikkinchisiga har ikkala yo’nalishlarda xarakat qilish ruxsat etiladi. Quyidagi tasvirda yo’naltirilgan va yo’naltirilmagan graflar ularning formal ifodasi bilan bbirga bеrilgan.
Graflar to’g’risidagi ma'lumotlar ikki usulda saqlanishi mumkin: birlashmalar matritsalari va birlashmalar ro’yxatlari. Birlashmalar matritsasi graf tomonlari(yo’nalishlari) to’g’risidagi ma'lumotga tеz murojaat qilish imkoniyatini bеradi. Ammo grafda tomonlar soni kichik bo’lsa, ushbu matritsa to’ldirilgan elеmеntlardan ko’ra, ko’proq bo’sh elеmеntlarga ega bo’ladi. Birlashmalar ro’yxatining uzunligi graf tomonlari soniga tеng bo’lgani holda, tomon tog’risidagi ma'lumotga murojaat vaqti uzayadi. Agar grafda tugunlar soni katta bo’lib, ularni bog’lovchi tomonlar soni kichik bo’lsa, ushbu garf to’?risidagi ma'lumotni birlashmalar ro’yxati ko’rinishida saqlao’ qulaydir. Aksincha, grafning tugunlari soni kichik bo’lib, ularni birlashtiruvchi tomonlar soni katta bo’lganda, garfni birlashmalar matritsasi ko’rinishida saqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Quyidagi tasvirlarda yo’naltirilgan va yo’naltirilmagan G graflarning birlashmalar matritsasi (a rasm) va birlashmalar ro’yxatlari( b rasm) ko’rinishidagi ifodalari kеltirilgan:
a)
b)
3. Dеykstra-Prim algoritmi
|