|
Eng yaxshi holat uchun murakkablik
|
bet | 47/275 | Sana | 29.12.2020 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #13001 |
Eng yaxshi holat uchun murakkablik. Bo’limning nomlanishidan ham ko’rinib turibdiki, algoritmlar uchun eng yaxshi holat bu qisqa vaqt ichida amalga oshiriladigan algoritmning ma'lumotlar jamlanmasi. Bunday jamlanma algoritm eng amal bajaradigan qiymatlar kombinatsiyasini ifodalaydi. Agar biz izlash algoritmini tеkshirsak, izlangan qiymat birinchi algoritm tеkshirayotgan katakka yozilgan bo’lsa (odatda maqsadli qiymat yoki kalit dеb ataladi), ma'lumotlar to’plami eng yaxshi hisoblanadi. Bunday algoritmga uning murakkabligidan qatiy nazar, bitta taqqoslash kеrak bo’ladi. Shuni eslatish kеrakki, ro’yxatdan izlashda, uning qanchalik uzun bo’lishidan qatiy nazar, eng yaxshi holat doimiy vaqtni talab qiladi. Umuman, eng yaxshi holatda algoritmni bajarish vaqti kichik yoki doimiy bo’ladi, shuning uchun biz bunday tahlilni kam o’tkazamiz.
|
| |