XVIII asr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari




Download 457 Kb.
bet53/63
Sana15.03.2017
Hajmi457 Kb.
#157
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63

XVIII asr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari


XVIII asr usmoniylar imperiyasi uchun muvaffaqiyatli kechmagan bo‘lsa-da, adabiyot rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q. Saroy tomonidan shoirlarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik har holda o‘z samarasini berdi. Yuz yil boshlaridagi “Lola davri”da Nodim, asr so‘nggida esa Shayx g‘olib singari ajoyib shoirlar yetishib chiqdi. XVIII asrda Nabiy ijodiga ergashib, uni o‘ziga ustoz deb bilgan: Sobit, Durriy, Kamiy, Salim, Samiy, Izzat Ali Posho, Sayyid Vahbiy kabi shoirlar ijod qildilar. Fitnat xonim, Nabizoda Nozim o‘ziga xos ovoz bilan adabiyotga kirib keldilar. O‘sha davr shoirlariga ustozlik qilgan Xo‘ja Nashot (?–1807) ajoyib g‘azallar yozish bilan birga, yoshlarga fors tili va adabiyotidan saboq berdi. Bu davrda turk shoirlariga fors she’riyatining ta’siri yanada kuchaydi.

XVIII asr turk she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari Nabiy, Nodim, Shayx g‘olib ijodida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ldi. Yuqorida nomi zikr etilgan shoirlar ijodining ahamiyatli tomoni mahalliy kalorit ustunligi va xalq ijodiga yaqinlikdir.

XVII asrning oxirlarida Nabiy va Sobit ijodida ko‘ringan yerli unsurlarni tasvirlash XVIII asrda yanada kuchaydi. Xalq urf-odatlarini adabiyotda aks ettirish odat tusiga kira bordi. Endi shoirlar Bag‘dod, Sheroz yoki boshqa bir xayoliy shaharlar­ni emas, Istambulni, yangi qurilgan binolar, bog‘lar, o‘sha davr muhitini qalamga ola boshladilar. Yerlilashtirma oqimi vakillari she’rlarida ko‘proq xalq maqol, latifalarini qo‘llab, mahalliy turmush tarzini ifodalashga ahamiyat berdilar.

Devon adabiyotida ilk marta yozilgan sharqiylar ham yangilik edi. Xalq qo‘shiqlari turku va koshma shakliga o‘xshash “hijo” vaznida yoziladigan sharqiylarning eng yaxshi na’munasini Nodim yaratdi.

XVIII asr adabiyotining yana bir o‘ziga xosligi mumtoz devon she’riyatining qat’iy qonun-qoidalaridan chekinishi bo‘ldi. An’anaviy obrazlar yangicha talqin qilina boshlandi. Yor tasvirida ham, oshiq tasvirida ham o‘xshatishlar o‘zgardi. Yorning ko‘z, soch ranglari tasviri, oshiqning hijron azobidagi holatlarini berishda shoirlar originallikka intildilar.

XVII asrda urf bo‘lgan “hind tarzi” uslubining ta’siri oz bo‘lsa-da, XVIII asr she’riyatida sezilib turdi.

Bu yuz yil she’riyatida ko‘ringan o‘ziga xosliklardan, shar­qiy, tarix, naziralarning ko‘plab ijod qilinganidir. Yozma adabiyotdagi murabba, xalq she’riyatidagi turku, koshmalarning qorishiq tarzi o‘laroq yuzaga kelgan sharqiylarning Nodim ijodida keng o‘rin olishi, shoirning 28 sharqiysi ko‘plab yosh shoirlarga o‘rnak bo‘ldi. Tarix aytish turli munosabatlar bilan, navro‘z, ramazon bayramlari, shahzodalarning tug‘ilishi, harbiy g‘alabalar, elchilarni qabul qilish va boshqa ko‘plab hodisalarga bag‘ishlab yoziladi. Hatto faqat tarix aytilgan she’r­larning devoni tuzila boshladi. Shokiriy va Foiz tuzgan “Majmuai tavorix” bunga misoldir.

Bu davrda nazira va taqlidiy asarlar ko‘proq Fuzuliy, Navoiy, Nabiy, Nafiy, Boqiy, Nodim g‘azallariga nisbatan yozildi. Atif Afandi (?–1742), Izzat Ali Posho (?–1735) Hashmet (?–1768), Fitnat Xonim (?–1780) kabi shoirlarning naziralari ayniqsa mashhur edi.

XVIII asrda yaratilgan asarlar tili avvalgi asrdagilarga nisbatan xalq tiliga yaqin, murakkab izofalar kamroq, ancha soddalashgan edi.

XVIII asrda ko‘plab tazkiralar, tarixiy asarlar, sayohatno­malar yaratildiki, bu o‘sha davr nasrining o‘ziga xos namunalaridir. Salim “Tazkira”si voqeanavis Shafiq Afandining “Shafiqnoma”si, Nabizoda Atoyining 1634–1712 yillarda hukmronlik qilgan sultonlar biografiyasini aks ettirgan “Shaka-ik Zeyli” asari, Latifiy, Oshiq Chalabiy va Hasan Chalabiylarning ajoyib tazkiralari davr uchun muhim voqea edi. Umuman olganda, XVIII asrda yetakchi adabiy tur hamon poeziya bo‘lib, asosiy mashhur asarlar she’riyatda yaratildi.



Download 457 Kb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Download 457 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XVIII asr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari

Download 457 Kb.