|
Alisher ismailov shakirovich algoritmlash va dasturlash asoslari (1-qism)
|
bet | 31/33 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 290,29 Kb. | | #160200 |
Bog'liq Algoritmlash va dasturlash asoslari-fayllar.org
Ikki o‘lchovli massivga ma’lumotlarni kiritish
Ikki o‘lchovli massivlarga ma’lumotlarni kiritish uchun sikl ichida sikl ishlatiladi. Bu dasturchining qaysi sikldan foydalanmoqchi ekanligiga bog‘liq bo‘lib, u while yoki for sikli bo‘lishi mumkin. Tashqi sikl matritsaning qatorlar soni, ichki sikl esa matritsaning ustunlar soni vazifasini bajaradi.
Masalan:
#include
using namespace std;
int main(){
int matritsa[5][5];
for(int m1=0; m1<5; m1++){
for(int m2=0; m2<5; m2++){
matritsa[m1][m2]=5;
}
}
cout<
return 0;
}
Yuqoridagi misolda ikki o‘lchovli massiv matritsasining barcha element qiymatlari 5 ga teng qilib belgilandi buning uchun sikl ichida sikldan foydalanildi.
Ikki o‘lchovli massivni e’lon qilish va unga qiymat berish
int kalit so‘zi bilan e’lon qilingan va butun sonlarni saqlashga qodir bo‘lgan ikki o‘lchovli massivlar ikki o‘lchovli butun sonli massivlar deb ataladi. Deklaratsiya paytida qiymatlarni belgilash jarayoni qiymat berish deb ataladi. Bu massivlarni har bir qatorda vergul bilan ajratuvchi gullik qavslar qo‘yish orqali amalga oshirilishi mumkin, shuningdek, matritsaning har bir elementi vergul bilan ajratilishi kerak.
int mat [3][3]= {
{ 3,6,8 },
{ 5,4,7 },
{ 2,4,7 }
};
|
| |