Tuzuvchi Katta o‘qit. Z.QUVONDIQOV




Download 1,21 Mb.
bet86/144
Sana16.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#171
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   144
Tuzuvchi Katta o‘qit. Z.QUVONDIQOV
Mas’ul muharrir yuridik fanlari nomzodi,

dots.J.Ibodullayev


Taqrizchilar: katta o‘qit. I.Begaliyev

Samarqand viloyat fuqarolik

ishlari bo‘yicha viloyat

sudining sudyasi A.Nazarov


Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2009




SO’Z BOSHI

Ushbu uslubiy qo’llanma mamlakatimizning o’z mustaqilligiga ega bo’lishi bilan barcha sohalarda keng islohotlarni amalga oshirilishi sababli, sud huquq sohasida ham olib borilayotgan islohotlarning keng avj olib borishida fuqarolik sudlarida ishlarni ko’rish qonuniy, asosli va adolatli bo’lishini talab qiladi va ularga nisbatan yuqori talabni yuklaydi. Bugungi kunda ushbu sohani keng va har taraflama rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda ko’plab qonun hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, Konstituttsiyamiz, Sudlar to’g’risidagi qonun, Prokuratura to’g’risidagi qonun, advokatura to’g’risidagi, notariat, fuqarolarning murojaatlari to’g’risidagi fuqarolik to’g’risidagi, bundan tashqari mehnat kodeksi, uy-joy kodeksi, oila kodeksi fuqarolik kodeksi va bir qancha shunga o’xshash normativ me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu normativ- me`yoriy hujjatlar fuqarolik protsessual huquq fanining asosini va asosiy manbasini tashkil etadi. Shu o’rinda ushbu fanni talabalarga sodda qilib tushunarli tartibda o’zlashtirishlari uchun har bir mavzuning qisqacha manbasi, uning yo’nalishi, qoida va tartiblari, maqsadi va vazifalari haqida bo’lajak huquqshunos mutaxasislikni oluvchilarga batafsil tushunarli qilib yetkazish nazarda tutiladi.



Mazkur uslubiy qo’llanmaning ikkinchi qismida hozirgi davrda ushbu sohada mavjud bo’lgan qonun hujjatlar va bu borada qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlar, ularga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalarga e`tibor qaratib, unda birinchi instantsiya sudida ish yuritish, sirtdan hal qiluv qarorini chiqarish, buyruq tartibida ish yuritish, nikohdan ajratish to’g’risidagi ishlarning sud tartibida hal qilinishi, aliment undirish, otalikni sud tartibida belgilashning protsessual xususiyatlari, mehnatga oid nizolarni ko’rish tartibi, uy-joyga oid huquqiy munosabatlar Bilan bog’liq ishlar, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, manssaabdor shaxslarning xatti-xarakatlari bilan bog’liq ishlarning suda ko’rish tartibi, alohida tartibda ko’riladigan ishlar, hal qiluv qarorlarning ustidan appelyatsyiya shikoyati berish tartibi, hal qiluv qarorlari ustidan kassattsiya instantsiyasiga shikoyat berish, sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish ishlari va tartibi, qonuniy kuchga kirgan ishlarning yangi ochilgan holatlar bo’yicha qayta ko’rish tartibi, sud qarorlarining ijrosi, fuqarolik sudida chet el fuqarolarining protsessual huquqlari, hakamlik sudlari tushunchasi va hakamlik sudlarida ish yuritish tartibi hamda xo’jalik sudlari va notariat vazifalari to’g’risidagi mavzular yoritilgan va ularni o’rganishning nazariy va amaliy pedagogik usullari yoritilgan. Shu bilan birga ushbu uslubiy qo’llanmada sud, prokuratura, advokatura, notariat idoralarining amaliyotini o’rganish bilan bevosita avvalgi manbalar va o’quv dasturlaridan, bu borada huquqshunos olimlar, amaliyotchilar tomonidan yaratilgan darsliklar, ilmiy adabiyotlar va o’quv qo’llanmalarni o’rganish bilan birga hozirgi kecha kunduzda jamiyatimiz hayotida bo’layotgan ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy o’zgartirishlarga moslagan holda olib borishni talab qiladi. Ushbu fanni talabalarga tushunarli yetkazishning ilg’or usullaridan foydalanish asosida hamda ularning bilim va saviyalarini dunyo talabi darajasiga javob bera oladigan darajada muvofiqlashtirib borish maqsadida ushbu uslubiy qo’llanma ishlab chiqildi.






Download 1,21 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   144




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuzuvchi Katta o‘qit. Z.QUVONDIQOV

Download 1,21 Mb.