Maruza mavzulari
|
Soat
|
Adabiyotlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
6-semestr
|
|
|
1
|
Mavzu: Birinchi instantsiya sudining yhal qiluv qarorlari.
|
2
|
|
2
|
Mavzu: Buyruq tartibida ish yuritish
|
2
|
|
3
|
Mavzu: Nikohdan ajralish to'g'risidagi ishlarini sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
3
|
Mavzu: Aliment undirish to'g'risidagi ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
4
|
Mavzu: Otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
5
|
Mavzu:Mehnataga oid ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
6
|
Mavzu: Uy-joyga oid ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
7
|
Mavzu: Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo'yicha ish yuritish.
|
4
|
|
8
|
Mavzu: Alohida tartibda ish yuritish.
|
4
|
|
9
|
Mavzu: Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan appelyatsiya shikoyati berish (protest keltirish).
|
2
|
|
10
|
Mavzu: Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish).
|
2
|
|
11
|
Mavzu: Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlarning qonuniy, asosli va adolaili ekanligini tekshirish.
|
2
|
|
12
|
Mavzu: Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari, ajrim va qarorlarning yangi ochilgan holatlar bo’yicha qayta ko'rish.
|
2
|
|
13
|
Mavzu: Sud qarorlarining ijrosi.
|
2
|
|
14
|
Mavzu: Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqarolik bo'lmagan shaxslarning ishtiroki.
|
2
|
|
15
|
Mavzu: Hakamlar sudi (fuqarolik ishlarini hakamlar sudida ko’rib hal qilish).
|
2
|
|
16
|
Mavzu: O'zbekistonda xo'jalik sudi (xo'jalik nizolarini ko'rish tartibi).
|
2
|
|
17
|
Mavzu: O'zbekistonda notariat (notarial harakatlar).
|
2
|
|
|
Jami:
|
40
|
|
№
|
Seminar mavzulari
|
Soat
|
Adabiyotlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
6-semestr
|
|
|
1
|
Mavzu: Birinchi instantsiya sudining yhal qiluv qarorlari.
|
2
|
|
2
|
Mavzu: Buyruq tartibida ish yuritish
|
2
|
|
3
|
Mavzu: Nikohdan ajralish to'g'risidagi ishlarini sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
3
|
Mavzu: Aliment undirish to'g'risidagi ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
4
|
Mavzu: Otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
5
|
Mavzu: Mehnataga oid ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
6
|
Mavzu: Uy-joyga oid ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari.
|
2
|
|
7
|
Mavzu: Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo'yicha ish yuritish.
|
4
|
|
8
|
Mavzu: Alohida tartibda ish yuritish.
|
4
|
|
9
|
Mavzu: Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan appelyasiya shikoyati berish (protest keltirish).
|
2
|
|
10
|
Mavzu: Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish).
|
2
|
|
11
|
Mavzu: Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlarning qonuniy, asosli va adolaili ekanligini tekshirish.
|
2
|
|
12
|
Mavzu: Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari, ajrim va qarorlarning yangi ochilgan holatlar bo’yicha qayta ko'rish.
|
2
|
|
13
|
Mavzu: Sud qarorlariming ijrosi.
|
2
|
|
14
|
Mavzu : Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqarolik bo'lmagan shaxslarning ishtiroki.
|
2
|
|
15
|
Mavzu: Hakamlar sudi (fuqarolik ishlarini hakamlar sudida ko’rib hal qilish)
|
2
|
|
16
|
Mavzu: O'zbekistonda xo'jalik sudi (xo'jalik nizolarini ko'rish tartibi).
|
2
|
|
17
|
Mavzu: O'zbekistonda notariat (notarial harakatlar).
|
2
|
|
|
Jami:
|
40
|
|
15-Mavzu. BIRINCHI INSTANTSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI
Tayanch iboralar: sud qarorlarining tushunchasi va turlari, sud hal qiluv qarorlarining sud ajrimlaridan farqi, hal qiluv qarorinipg mohiyati va ahamiyati, sudning hal qiluv qaroriga nisbatan qo’yiladigan talablar, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudning hal qiluv qarori haqida»gi 1998 yil 17 apreldagi 13-sonli qarori va uning ahamiyati, hal qiluv qarorining mazmuni (uning tarkibiy qismlari), hal qiluv qarorini chiqarishda hal etiladigan masalalar, darhol ijro qilinadigan sud hal qiluv qarorlari, hal qiluv qarorining ijrosini ta`minlash, hal qiluv qarorining darhol ijro etilish tartibi, hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan undagi kamchiliklarni tuzatish, qo’shimcha hal qiluv qarori, hal qiluv qarorini tushuntirish, sud hal qiluv qarorining qonuniy kuchi va uning huquqiy oqibatlari, birinchi instantsiya sudining ajrimlari, ajrimning turlari (mazmuni, shakli, chiqarish tartibi), sud ajrimlarining qonuniy kuchi, xususiy ajrimlar, ularning mazmuni va ahamiyati.
Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.
Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
Sudda fuqarolik ishlarini yuritishning eng muhim jarayonlaridan biri bu fuqarolik ishini mazmunan qonuniy, asosli va adolatli ko’rib chiqishi hisoblanadi. Muayan ko’rilgan ish bo’yicha birinchi instantsiya sudlari o’zining qarorlarini chiqaradi. Ushbu qarorlar o’z navbatida bir necha turlarga bo’linishi mumkin. Bularga ajrim, buyruq, qaror va hal qiluv qarori hisoblanadi.
Ushbu qayd qilingan qarorlarning har biri o’zining mazmuniga ko’ra o’zgacha tartibda bo’lishi mumkin. Masalan, fuqarolik sudi tomonidan chiqarilgan ajrim biror bir ishni boshqa sudga o’tkazish haqida yoki guvohlarning sud majlisiga kelmaganligi sababli ishni ko’rishni boshqa kunga qoldirish holatlarida sud o’zining qarorini ajrim shaklida chiqaradi.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorlari FPKning18-bobida 203 -223-moddalarga asosan qabul qilinadi va hal qiluv qarorlarini qabul qiladi. FPKning 203-moddasiga muvofiq, fuqarollik sud ishlarini yurtish tartibida birinchi instantsiya sudining ishni mazmunan hal qilao’iladigan qarori hal qiluv qarori shaklida chiqariladi. Ushbu sudning qarori O’zbekiston Respublikasi nomidan sud ishni ko’rib tugatgandan so’ng darhol chiqariladi.
Fuqarolik sudida qonunchilik alohida hollarda ish juda murakkab bo’lganda ish yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini ko’pi bilan uch kun ichida chiqaradi va ushbu qarorning xulosa qismi sud ishni tamomlagan majlisning o’zidayoq e`lon qilinadi. Ayni shu vaqtda ishda ishtirok etuvchilar chiqarilgan hal qiluv qarori bilan tanishib chiqishlari agarda ushbu qarorning xulosa qismi tushunarsiz bo’lsa suddan uni tushuntirishni ham taraflar iltimos qilishi mumkin.
Bundan tashqari sud muayan ko’rilgan ish byicha hal qiluv qarorlarini chiqarishda protsessual kodeksda belgilangan talabalrga rioya qilishi kerak. Ushbu talablarga FPKning204-moddasiga muvofiq sud maslahatlashuvining sir tutilishini ta`minlashlari, 205-moddasiga muvofiq hal qiluv qarori chiqarish vaqtida yechiladigan masalalarga ya`ni dalillarga to’g’ri baho berish, ish uchun ahamiyatli bo’lgan holatlarni aniqlashtirilishini, qaysilari aniqlanmaganligini, ushbu ishga nisbatan qandan moddiy huquq normalarini qo’llash lozimligini hamda arz qilingan talabni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslikni aniqlashi kerak.
Shuningdek, sud sud xarajatlarini taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilaydi va boshqa masalalarni hal qiladi. Agarda ko’rilgan ish uchun ahamiyatga ega bo’lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarurati tug’ilsa, sud hal qiluv qarorini chiqarmasdan, ishni suda ko’rishni tiklaydi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Hal qiluv qarorining mazmuni to’rt qismdan, kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo’ladi. Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt va joy, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sudyaning ismi sharifi, sud tarkibi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko’rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida da`vogarning talabi, javobgarning e`tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlari ko’rsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari to’g’risidagi sud xulosalari va unga asos bo’lgan dalillar, sud yoki bu dalillarni rad qilishda asoslangan xulosalar, sud amal qilgan moddiy va protsessual normalar ko’rsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablarni qanoatlantirish yoxud butunlay yoki qisman rad etish to’g’risidagi xulosasi, sud xarajatlarining taqsimlanishi, hal qiluv qarorlarining ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko’rsatilishi lozim. Ushbu asoslar FPKning206-moddasida belgilangan.
Bundan tashqari sud chiqargan hal qiluv qarorini o’zgartirmasligi, undagi xatolarni to’g’rilash tartibi, qo’shimcha hal qiluv qarorini chiqarishi, hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish tartiblarini, hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishini, darhol ijro etilishi lozim bo’lgan hal qiluv qarorlari bularga alimentlar undirish to’g’risidagi, xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo’lmagan ish haqini undirib berish to’g’risidagi, mayib bo’lganlik uchun yoki sog’liqqa boshqacha tarzda shikast etishi, shuningdek boquvchisini yo’qotganlik natijasida ko’rilgan zararlarni qoplash uchun to’lovlar undirish to’g’risidagi, mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki qayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to’g’risidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarinig ta`rifini o’zgartirish to’g’risidagi hamda suda ishni ko’rish vaqtida javobgar da`voni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, to’liq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar bo’yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining tartibi belgilanadi.
|