|
Psixologik testlar: xarakterni aniqlash uchun onlayn sinov
|
Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 89,08 Kb. | | #271810 |
Bog'liq Psixologik test
PSIXOLOGIK TESTLAR: XARAKTERNI ANIQLASH UCHUN ONLAYN SINOV
Mayers-Briggs tipologiyasi (MBTI) — 1940-yillarda Yunga tipologiyasi asosida yuzaga kelgan va AQSh va Yevropada keng tarqalgan shaxs tipologiyasidir. Bu psixologik test shaxs xarakterini aniqlash uchun muhim kalit bolib qolmoqda. Umumiy qilib aytganda, uning yordamida kishilarning dunoyni qanday idrok etishi va qay tarzda qaror qabul qilishi aniqlanadi. Ko’pgina G’arb kompaniyalari ishga qabul qilishdan oldin xodimlardan Mayers-Briggs testidan o’tishni talab qiladi.
XARAKTERNI BILIB OLISH UCHUN PSIXOLOGIK TEST: MAYERS-BRIGGS BO’YICHA
Test 10 daqiqadan kamroq vaqtingizni talab qiladi.
Savollarga to’g’ri javob berishga urinib ko’ring (savol sizga yoqmasa ham).
Javoblarni ochiq qoldirmaslikka harakat qiling.
Начало формы
Do’stlar orasida siz:
suhbatni boshlab beruvchi hisoblanasiz
sizga murojaat etishlarini kutasiz
2. Siz ko’proq darajada:
amaliyotchi
nazariyotchi
3. Qaror qabul qilishda sizga quyidagilarning qay biri bilan ishlash qulayroq:
qoida va standartlar bilan bilan
shaxsiy tuyg’ularga asoslanib
4. Qay holda siz o’zingizni yaxshiroq his etasiz:
xarid qilib bo’lgach
xarid qilish imkoniyatiga ega ekanligingizni anglaganda
5. Kechki bazmlarda siz:
kechgacha qolib ketasiz, vaqt o’tgani sayin energiyaga to’lib borasiz
charchoqni his etib, bazmni barvaqtroq tark etasiz
6. Oddiy ishlarni bajarganda sizga qay holat ko’proq xush keladi:
uni umumqabul qilingan usulda bajarish
o’z usulingizni yaratish
7. Siz ko’pincha o’zingizni qay tarzda tutasiz:
sovuqqon va og’ir-bosiq
qiziqqon va ishtirokchan
8. Aksariyat hollarda qay bir yo’lni tanlagan bo’lar edingiz:
voqealar rivojini boshqarish
voqealarning tabiiy rivoj olishiga tayanish
9. Jamoat ichida bo’lganda, siz odatda qay variantni xush ko’rasiz:
umumiy suhbatda ishtirok etish
har bir kishi bilan alohida suhbatlashish
10. O’z qiziqishingizga binoan kitob o’qiyotganda, yozuvchining qay uslubi sizga ko’proq ma’qul bo’ladi:
nimani nazarda tutayotganini aniq va ravshan bayon etishi
o’z hayollarini noodatiy, original tarzda bayon etishi
11. Sizni ko’proq o’ziga tortadi:
mulohazalarning ketma-ketligi va mantiqiyligi
inson munosabatlarining uyg’unligi
12. Ishonch bilan «Men» deya qay birini aytishingiz mumkin:
jiddiy va irodali shaxs
hayotga yengil munosabatda bo’lgan erkin inson
13. Siz odatda:
istalgan kishi bilan har qancha vaqt bemalol suhbatlashishingiz mumkin
suhbatlashish uchun faqat ba’zi kishilar bilan va muayyan holatlarda mavzu topa olasiz
14. Siz uchun ko’proq o’rinli bo’lgan xususiyat:
ijro etuvchi, bajaruvchi inson
o’ylab topuvchi inson
15. Quyidagi so’zlar juftligidan qay biri sizga ko’proq xush keladi:
Ishonchli
ta’sirli
16. Quyidagi so’zlar juftligidan qay biri sizga ko’proq xush keladi:
Uslubiy
Tasodifiy
17. Quyidagi so’zlar juftligidan qay biri sizga ko’proq xush keladi:
ochiq, suhbatchan
mulohazali
18. Quyidagi so’zlar juftligidan qay biri sizga ko’proq xush keladi:
Tushunarli
Chiroyli
19. Quyidagi so’zlar juftligidan qay biri sizga ko’proq xush keladi:
Adolatlik
Hamdardlik
20. Ishlarda tartib jadvaliga amal qilish:
sizga yoqadi
sizning imkoniyatlaringizni cheklaydi
Конец формы
NATIJA:
16 XIL SHAXS TURLARI: TEST NATIJALARINI TALQIN QILISH
Testni bajarib, yuqorida tavsiflangan 4 deskriptorning kesishishi natijasida shakllangan 16 ta shaxs tipologiyasidan biri bo’lgan natija olinadi. Ushbu 16 turni tushunish osonroq bo’lishi uchun har bir toifaga shartli umumiy ism berilgan. Quyidagi xarakterni aniqlash uchun ta’rif siz olgan natijalarga tegishlidir.
|
| |