Tillar taraqqiyotidagi farqlanish va o‘xshashliklar. Tillar taraqqiyotidagi o‘zgarishlar turli yo‘nalishda bo‘lib har xil natijalarga olib keladi. Ba`zan shunday ham bo‘ladiki, tildagi qandaydir kichik o‘zgarishlar kuchayib, ularda so‘zlashuvchilarning muloqotida quyinchiliklarni keltirib chiqaradi va ba`zan bir tilning ikki variantida so‘zlashuvchilar bir-birlarini tushunmay qolishlari mumkin. Tilning taraqqiyotidagi bunday jarayon farqlanish deb ataladi. Buning aksi bo‘lgan jarayon, ya`ni bir tilning ikki varianti o‘rtasidagi farqlanish yo‘qolishi nati-jasida ularning qo‘shilib ketishi integratsiva deb ataladi. Bu ikki jarayon tillarning rivojlanish davrida turlicha kechadi.
Qadim zamonlarda til qabila bilan boғliq bo‘lgan. Qabilalarning bo‘linib ketishi natijasida tillar ham bo‘linib ketgan va farqlangan. Biroq bu farqlanish jarayoni tez kechmagan. Tillarning o‘xshashligi esa o‘tmishda ko‘chmanchilik bilan hayot kechirgan xalqlarning tillarida ko‘proq ro‘y bergan. Odatda qishloq xo‘jaligi, toғda va o‘rmonda hayot kechirish tillarning farqlanishini tezlatuvchi shartlardan hisoblanadi. Masalan, Afrika qitqasidagi Kamerun mamlakatida 180 dan ortiq til bor. Tojikistonning Pomir toғlaridagi aholining bir necha tillarda so‘zlashuvi, hatto ular yashayotgan joy 5-6 km. uzoqlikda bo‘lsa ham turli bir-biriga o‘xshamagan tillarda so‘zlashuvi qiziqdir.
Bir tilning ikki tilga ajralish jarayonida aval bu tilning sheva-lahjalarga bo‘linib ketishi ro‘y beradi. Kelgusida bu shevalar alohida til bo‘lib qolishlari mumkin. Masalan, Sanskrit tili boshqa hind guruhi tillari uchun shunday yo‘lni bosib o‘tgan.
|