Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakul’teti




Download 0,83 Mb.
bet47/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,83 Mb.
#13858
TuriСеминар
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
SHeva va lahjalar. Tilning malum hududdagi oғzaki qo‘llanishidagi xususi-yatlarini o‘zida aks ettirgan shakli sheva yoki dialekt (grekcha dialektas - til, nutq, sheva) deb ataladi. Katta sheva va dialektlarni lahja deb yuritiladi. Til va sheva o‘rtasidagi tafovut shartli bo‘lib, go‘yo milliy til va adabiy til o‘rtasidagi farqqa o‘xshashdir. Bu farqlanish turli hududlardagi bir tilning turli ko‘rinishidek tuyuladi.

Til va dialektlarning tafovuti unda so‘zlashuvchilarning madaniyati, psixologiyasi, urf-odati va milliy xususiyatlarining o‘zgachaligi bilan izohlanadi. Bir-biriga hududiy yaqin bo‘lgan shevalar o‘sha tilga o‘xshash alomatlari bilan ajralib turadi. Bir-biridan juda uzoq hududda tarqalgan shevalar esa boshqa tilga o‘xshash alomatlarga ega bo‘ladi. Masalan, oltoy tilining janubiy shevalari qirғiz tiliga juda o‘xshash bo‘lsa, shimoliy shevalari shor tiliga yaqinroqdir [SHaykevich A.YA., Abduazizov A.A., Gurdjieva E.A. Vvedenie v yazikoznanie. T., 1989, s.192.]. Bir tilning turli shevalari avalo talaffuz xususiyatlari bilan farqlanadi. Masalan, Toshkent shevasida "keldi" deb talafruz qilinsa, xorazm shevalarida "galdi", o‘zbek tilining qarluq shevala-rida "yomon", o‘zbek tilining qarluq shevalarida "jomon" deb talaffuz qilinadi. SHevalar o‘z luғati, ya`ni so‘zlari bilan farq-lanadi. Masalan, Buxoro shevasida "taxlamoq" feqli biror ishni bajarmoq ma`nosida qo‘llanadi. Bu so‘z boshqa o‘zbek shevalarida "biror narsani ustma-ust tartibda qo‘ymoq" ma`nosini beradi. Tilning shevalari o‘z grammatik alomatlari bilan ham farqlanadilar. Ko‘pgina o‘zbek shevalarida qaratqich kelishigi qo‘shimchasining tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni bilan aytiladi.

Tilning sheva va lahjalarni o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi dialektologiya (lotincha dialekt - nutq va fan) deb ataladi. Tilning turli hududlardagi tarqalgan sheva va lahjalari shu xalqning tarixi, urf-odati, madaniyat va san`ati bilan boғliqdir. Odatda dialektologiya regional, ya`ni hududiy, biror region yoki mahalliy joy bilan boғliqdir.

Dialektologiya lingvistik geografiya bilan boғlanadi. Turli shevalardagi xususiyatlar jamlanib lingvistik atlaslar tuziladi. SHeva va lah-jalarning hududiy joylanishiga doir xaritalar tuziladi.

Endilikda turli tillardagi ayrim xususiyatlarning tarqalishiga doir xarita va atlaslar tuzilmoqda. Bunday lingvistik xarita va atlaslarni tuzish maqsadida aniq dastur va anketalar, yaqni qanday masalalar, so‘z va gaplar kiri-tib, ularni tahlil qilishda uchraydigan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bunday vazifalarni bajarish uchun maxsus dialektologik ekspeditsiya uyushtiriladi.

Til va uning shevalaridagi tarqalgan turli xususiyatlaring dialektologik xaritada ko‘rsatilish chegarasi izoglosslar (lotincha izo- o‘zaro, gloss-til) deb yuritiladi. Bunday izoglosslami aniqlash shevalar tarixini o‘rganishda

yordam beradi.

Lingvistik geografiya metodlarini qo‘llash natijasida turli tiilar va shevalardagi izoglosslarning tarqalishi aniqlanadi. Jamiyatning turli sinflariga mansub bo‘lgan til xususiyatlarini ijtimoiy dialektlarga xos deb hisoblanadi.




Download 0,83 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Download 0,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakul’teti

Download 0,83 Mb.