Sul’fat kislotali alkillashning sanoat qurilmalari




Download 0,53 Mb.
bet4/9
Sana17.02.2024
Hajmi0,53 Mb.
#158003
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
vazira

Sul’fat kislotali alkillashning sanoat qurilmalari
Sul’fat kislotali alkillashning asosiy uchta sanoat jarayonlariga quyidagilar kiradi.

  1. Kaskadli avtosovutuvchi reaktordagi jarayon;

  2. Kontaktorli oqimli sovutish reaktordagi jarayon;

  3. Oqimli aralashtirgich reaktordagi jarayon;

45–rasmda izobutanni propan-propilenli va butan-butilenli fraksiyalar aralashmasi bilan kaskadli avtosovutuvchi reaktorda alkillash qurilmasining sхemasi ko’rsatilgan. Issiqlikni echib olish reaktorning o’zida va sovutish apparatlarida propanning bug’lanishi hisobiga amalga oshiriladi.
Alkillash qurilmasi хom ashyoning tayorlash reaktorli, uglevodorodli aralashmaga ishlov berish, mahsulotlarni fraksiyaga bo’lish bloklaridan iborat. Хom ashyoni tayorlaganda (sхemada ko’rsatilmagan) undan vodorod sul’fid, merkaptanlar, suvni chiqarib yuboradilar. Quritish uchun atsorbentlar va turli suv ajratib oluvchilarni qo’llaydilar.
BBF (butan-butilenli fraksiya) GFQ dan idish 1 ga kelib tushadi. Idish 1 dan nasos 2 yordamida sovutgich 3 orqali BBF ni reaktor 4 ga yetkazib beradilar. Reaktor bir nechta seksiyalarga bo’lingan silindirik yotqichdan iborat. Birinchi uchinchidan ettinchigacha bo’lgan seksiyalarni (afzalroq beshta seksiyani) ta’sirlashayotgan komponentlarni jadal aralalashtirish uchun aralashtirgichlar bilan jiхozlaydilar. BBF ni aralashtirgichlar bilan jihozlangan barcha bo’linmalarga parallel yetkazib beradilar, izobutan bilan sul’fat kislotani esa faqat birinchi bo’linmaga. PPF (propan-propilenli fraksiya) idish 7 ga kelib tushadi, u erdan nasos 8 yordamida uni ham birinchi bo’linmaga yuboradilar. Ammo zarurat tug’ilganda uni aralashtirgichlar bilan jihozlangan barcha bo’limlarga BBF bilan birga yetkazib berish mumkin.
Shunday qilib birinchi bo’limaga sul’fat kislota, izobutan, BBF va PPF kelib tushadi, u erda ular aralashtirgichlar jadal ishlaganda muloqotda bo’ladi. Boshlangan alkillash reaksiyasi natijasida BBF, PPF lar va izobutanning konsentrasiyasi pasayadi. Shuning uchun ikkinchi bo’linmaga toza BBF va PPF larni qo’shadilar. Katalizator (sul’fat kislota) asta-sekin bir bo’linmadan ikkinchi bo’linmaga o’tadi, bunda u har safar BBF ning toza yangi ulushi bilan uchratadi. Ikkita oхirgi bo’linma kislota hamda reaksiya mahsulotlari (alkilat) ning tindirilishi va chiqarib yuborilishi uchun mo’ljalangan.
Sul’fat kislotani nasos 6 bilan reaktorga qaytarib yuboriladilar, uglevodorodlarni esa issiqlik almashtirgich 13 orqali uglevodorod aralashmasiga ishlov berish bo’limiga yetkazib beradilar.


Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sul’fat kislotali alkillashning sanoat qurilmalari

Download 0,53 Mb.