|
Alkinlash jarayonlari asosida etil benzol va izopropilbenzol ishlab chiqarish texnologiyasi
|
bet | 6/9 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #158003 |
Bog'liq vaziraApparatura sul’fat kislotali alkillash qurilmasining asosiy apparati bu reaktor. Turli reaktor–alkilatorlar mavjud bo’lib, ular хom ashyoni yetkazib berish usuli va sovutish sхemasi bo’yicha farq qiladi. Ularni quyidagilarga bo’ladilar:
kontaktorli ichki sirkulyasion qurilmalar va tashqi sovutuvchi elementlar bilan; kaskadli–ichki sovutish va sovutuvchi elementlari bo’lmagan ichki sirkulyasion qurilmalar bilan; oqimli aralashtirishli 46-rasimda tashqi sovutishli kontaktor turidagi
vertikal reaktor ifodalangan.
BBF va PPF reaktorning pastiga shtuser 1 orqali kelib tushadi va shtuser 5 orqali reaktorga kirayotgan sul’fat kislotaning izobutan bilan aralashmasining qarshisidan chiqib ko’tariladi. Reaksiya asosan reaksion aralashmaning sovutish yuzasi bo’lgan naylar tutami 2 ning uzunasi bo’ylab tushib boruvchi harakati holatida sodir bo’ladi.
Reaktorning korpusida turli diametrli 2 tutam nay joylashgan, shu bilan birga diametri kichik bo’lgan naylarning har biri tegishli ravishda diametri katta bo’lgan nayning ichiga kiradi. Sovutish agent reaktorining yuqori qismiga shtuser 7 orqali kelib tushadi diametri kichik bo’lgan naylar orqali taqsimlanadi va pastga oqib tushadi, So’ngra u diametri katta bo’lgan naylarga kelib tushadi yuqoriga ko’tariladi va naylar orasidagi joylashmadan reaktorlar aralashmagan issiqlikni tartib olib bug’lanadi.
46-rasm. Sovutish agenti bo’lgan tashqi sovutishli vertikal kontaktorli reaktor:
2- nayli tutam; 3- propellerli aralashtirgich ;4-bug’li turbina va shtuserlar BBFlarni kiritish uchun; 5-sul’fat kislota va izobutanni kiritish 6- alkillash mahsulotlarning chiqarib yuborish 7-suyuq sovutish agentini kiritish; 8-sovutish agenti bug’larni chiqarish; 9- to’хtaganda mahsulotni tortish; Alkillash mahsulotlarni shtuser 6 orqali chiqarib yuboradilar.
Reaktordan sovutuvchi agent shtuser 8 orqali kompressorga chiqarib yuboriladi4.
Reaksion aralashmaning majburiy sirkulyasiyasi va uglevodorod-larning kislotalar bilan emulsiyasini olish uchun bug’li turbina 4 dan ishlaydigan propellerli aralashtirgich 3 reaktorning pastida o’rnatilgan.
47-rasmda kaskadli avtosovuydigan reaktorning sхemasi keltirilgan, undash reaksiya issiqligi ta’sirlashayotgan komponentlar bir qismining bug’lanishi hisobga olinadi. Reaktorda beshta reaksion zona (1-5) bo’lib, ular aralashtirgichlar bilan jihozlangan va ikkita tindirgich zona 6,7 lar ham mavjud. Tindirgan zonalarning birinchisida uglevodorodlardan kislotaning asosiy massasini ikkinchisida esa qolgan ko’p bo’lmagan qismini ajratadilar. Birinchi seksiyaga izobutan va kislotani kiritadilar. Reaksion zonalarning har biriga olfinlarning aralashmasining yetkazib beradilar.
Uglevodorodli fazaning qisman bug’lanishini ta’minlash uchun bosimni me’yorlashtiradilar. Bug’lanayotgan uglevodorodlar (sovutish agenti) asosan propan va izobutanni reaktorning yuqori qismidan kompressor yordamida olib, siqadilar, kondensasiyalaydilar va reaktorga qaytarib yuboradilar. Bug’lanib turgan gaz miqdorini o’zgartirishi bilan reaktorda haroratning doimiyligini saqlab turadilar.
Kaskadli reaktorlar naylilar (kontaktorlar) dan konstruksiya-sining oddiyligi va yuqori samaradorligi bilan farq qiladi.
Alkillashning teppa –teng sharoitlarida ishlab chiqaruvchanligi deyarli bir хil bo’lgan qurilmalar uchun sul’fat kislotaning solishtirma sarfi (alkilatga kg/t da) kontaktorli reaktorda 200-250 ni kaskadlida esa 60-100 ni tashkil qiladi.
|
| |