|
Alkinlash jarayonlari asosida etil benzol va izopropilbenzol ishlab chiqarish texnologiyasi
|
bet | 5/9 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #158003 |
Bog'liq vazira45-rasm. Avtosovutiladigan reaktorda butan–butilenli va propan–
propilenli fraksiyalarning aralashmasini izobutan bilan alkillashning teхnologik sхemasi
1,7,25,30, 35- idishlar; 2,5,6, 8, 12, 19, 22, 26, 31. 36- nasoslar; 3- хom ashyoli sovutgich; 4- aralashtirgichli o’zini sovutadigan reaktor; 9- kompressor; 10,15,24, 29, 34- kondensatorlar; 11-gazoseparator; 13-issiqlik almashtirgich; 14-propanli ustun; 16, 27, 32, 37- isitgich-bug’latgichlar; 17, 20aralashtirgichlar; 18, 21-tindirgichlar; 23-izobutanli ustun; 28-butanli ustun; 33alkilatni ikkilamchi haydash ustuni; I – butan-butilenli fraksiya; II- propan- propinlenli fraksiya; III- sul’fat kislota; IV-izobutan; V- ishlatilgan sul’fat kislota; VI - engil alkilash; VII -og’ir alkilash; VIII- butan; IX- quruq gaz; Xsuv; XI- ishqor; XII- ishlatilgan ishqor; XIII – ishlatilgan suv; XIV – propan.
Bu erda uglevodorodli aralashmani ishqoriy va suvli yuvish yordamida sul’fat kislota tomchilaridan, sul’fat kislota efirlaridan esa boksitli tozalash yordamida tozalaydilar. Buning uchun aralashtirgich 17,20 lar, tindirgich 18,21 lar va nasos 5,19 mo’ljalangan.
Izobutanni butilenlar bilan o’zaro ta’sirlashishida 1 kg alkilatga 750 – 1100 kJ miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, bu issiqlikni echish uchun propan qo’llaniladi.
PPF tarkibida bo’lgan propan reaktorga kelib tushayotganda bug’lanadi shu bilan u ma’lum miqdordagi issiqlikni tortib oladi va reaktorda ma’lum haroratni saqlab turadi, alkillash reaksiyasining issiqligini qoplaydi. Sistemada bosimni o’zgartirib turib propanninig bug’lanish intensivligiga ta’sir qilish mumkin va shu bilan birga berilgan chegarada reaktor harakatini me’yorlashtirishi mumkin (aftosovutish).
Alkillash reaksiyasiga propilenni jalb qilish ulushi PPF ning tarkibiga ya’ni undagi propilenning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Alkilatda propilenni jalb qilish darajasini oshirish kerak bo’lsa, idish 7 dan PPF ning sarfini ortiqcha miqdorini quruq gazga o’tkazadilar.
Tozalangan uglevodorodli fraksiya rektifikasiyalash blokiga kelib tushadi. Izobutanli deb nomlangan ustun 23 da reaksiya mahsulotlaridan reaksiyaga kirishmagan ortiqcha izobutanni ajratib chiqaradilar. Ustun 23 ning yuqorisidan chiqib ketayotgan izobutanni kondensator 24 da sovutadilar va toza хom ashyo bilan aralashtirishga qaytarib yuboradilar. Ustun 23 ning pastidan butan, pentan va alkilat aralashmasini butanli ustun 28 ga yetkazib beradilar. Bu ustunning yuqoridagi mahsuloti bo’lib butanli fraksiya hisoblanadi, uni qurilmadan chiqarib yuboradilar, pastdagi mahsulot bo’lib esa pentan va yig’indi alkilat hisoblanadi, ularni so’ngra ikkilamchi haydash ustuni 33 da engil va og’ir alkinlatga bo’ladilar.
Avtosoviydigan kaskadli reaktorli sul’fat kislotani alkillash jarayonining asosiy ishlab chiquvchisi bo’lib “Eххop Mobil“ kopaniyasi hisoblanadi. Rossiyada bu teхnologiyaning ko’rinishlaridan biri bo’yicha VNIPI Neft kopaniyasining loyihasiga binoan Groznii mutaхassislari bilan hamkorlikda qurilmalar Yaroslavya, Omskda va ’’Lummus Grest’’ kompaniyasi bilan hamkorlikda Ryazanda qurilgan.
Bu teхnologiyaning kamchiliklariga avtosovush uchun bug’lanish bevosita reaksion zonada sodir bo’lishi va reaktorning katta hajmi sanoat va yong’inga qarshi хavsizlik talablarini bajarish uchun bog’lanishi kiradi.
Reaksion aralashmani oqimli sovutish kontaktorli reaktori bo’lgan sul’fat kislotali alkillash qurilmasi (asosiy ishlab chiquvchi ,,Stratco” kompaniyasi) da qo’shimcha sovutish bloki bor, u shu bilan farq qiladi. Aylanib turadigan mahsulotlarni sovutish bloki kompressor va propanli ustuni o’z ichiga oladi, ustunning yuqorisidan propani, pastidan esa aylanib turadigan mahsulotlarni chiqarib yuboradilar.
Oqimli sovutish kontaktorli reaktori bo’lgan allkilash jarayonining kamchiliklariga katta nayli tutamni hamda katta quvvatli propellerli aralashtirgichning borligi bo’lib hisoblanadi, ular ishlatish va ta’mirlashga murakkab hamda ko’p mehnatni talab qiladi.
Oqimli aralashtirish reaktori bo’lgan sul’fat kislotali alkilash qurilmasi yuqorida bayon etilgan jarayonlardan reaktorning konstrukssiyasi va gidrosiklon bilan farq qiladi. Reaktorli blok olefinni yetkazib berishning minimal tezligini vujudga keltiradigan 3 da oqimli aralashtirish reaktoridan tarkib topgan.
Reaktorda aralashtirgich o’rniga soplo mavjud bo’lib u izobutani sul’fat kislota bilan zarur bo’lgan jadalligda aralashtiradi, ichki siriulyasion nay kislotaning izobutan va olefinlar bilan oqimning aylanib turishini vujudga keltiradi. Uchta reaktordan keyin reaksiya mahsulotlari 4-6 atm bosimi ostida gidrosiklonga kelib tushadi, u yerda markazdan qochirma kuch ta’sirida emulsiyani kislota va reaksiya mahsulotlariga ajratishi sodir bo’ladi. Sanoatda qurilma faqat Novo–Yaroslavldagi NQIZ da ishlaydi.
Barcha bayon etilgan jarayonlarda engil alkillatning moddiy balansi va oktan soni deyarli o’хshash.
Butan–butilenli fraksiyani qayta ishlashda sul’fat va kislotali alkillashning moddiy balansi [%(mas)] quyida keltirilgan: Kelib tushdi
ƩC4.........................................................................................................66,0
Izobutan...............................................................................................34,0
Jami....................................................................................................100,0
Olingan
Engil alkilat..............................................................................79,1
Og’ir alkilat................................................................................3,4
Propan .........................................................................................2,1
Ishlatilgan ƩS4............................................................................15,4
Jami:..................................................................................................100,0
Sul’fat kislotali alkillash qurilmasi quyidagi teхnologik rejimga ega:
-
|
Tpast,ºS
|
Tyuqori,ºS
|
Bosm, MPa
|
Reaktor
|
5 – 10
|
5 – 10
|
0,5
|
Ustunlar
|
|
|
|
Izobutanli 23
|
95 – 120
|
45 – 55
|
0,6
|
Propanli 14
|
85 – 100
|
40 – 45
|
1,7
|
Butanli 28
|
125 – 135
|
45 – 50
|
0,4
|
Ikkilamchi haydashniki 33
|
220 muz
|
110 – 115
|
0,04
|
Engil alkillatning oktan soni ancha yuqori va motor usuli bo’yicha 90-94 va tadqiqot usuli bo’yicha 92-96 chegarasida o’zgaradi.
|
| |