• Tayanch sozlar: gidravlik qarshilik, reaktor, ideal siqib chiqaruvchi reaktor, reaktorning moddiy balansi. 11.1. Kimyoviy reaktorlarga qoyiladigan talablar
  • Kimyoviy reaktorlar turlari Reja




    Download 41.67 Kb.
    bet1/6
    Sana29.08.2023
    Hajmi41.67 Kb.
    #79816
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kimyoviy reaktorlar turlari
    Kurs ishi, 2-ma’ruza. Bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari. Mavzu rejasi, 15-DMTT, 1653364530, 3- Amaliy mashg\'ulot ZARARLI MODDALARNING TARQALIShI VA RUXSAT ETILGAN TASHLAMA ME\'YORLARINI HISOblaSH I, tanqidiy fikrlash, Топшириқлар варақаси


    Kimyoviy reaktorlar turlari


    Reja:
    11.1. Kimyoviy reaktorlarga qo'yiladigan talablar
    11.2. Kimyoviy reaktorlarning tasnifi
    11.3. Reaktorning moddiy balansi
    11.4. Uzluksiz maromda ishlovchi reaktorlar


    Tayanch so'zlar: gidravlik qarshilik, reaktor, ideal siqib chiqaruvchi reaktor, reaktorning moddiy balansi.


    11.1. Kimyoviy reaktorlarga qo'yiladigan talablar

    Kimyoviy reaktor deb massa uzatish (diffuziya) bilan bog'liq kimyoviy reaksiyalar mujassamlangan kimyoviy texnologik jarayonlar amalga oshiriladigan qurilma (apparat)ga aytiladi.


    Gaz-qattiq va suyuq - qattiq tizimdagi jarayonlar amalga oshiriladigan reaktorlarga sanoatda ishlatilayotgan xumdonlar (pech), kontakt qurilmalar, sintez kolonnalari, aralashtirgichli reaktorlar kiradi. Gaz-suyuqlik tizimida mexanik, purkagichli va siqilgan havo (pnevmatik) yordamida aralashtirishga asoslangan reaktorlardan foydalaniladi.
    Ma'lum bir kimyoviy reaktorga turli xil, ba'zan bir - biriga zid keluvchi bir qancha talablar qo'yiladi. Ularning asosiylari quyidagilar:
    1. Ishning yuqori unumdorligi va tezkorligi.
    Qurilmaning ish sur'ati uning birlik vaqtida hosil bo'lgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi:
    I =G /Vкк/ м3соат = УСЕК GПК / VP=VQ GПК (11.1)
    bu erda: G - vaqt birligida olingan mahsulot miqdori, kg/soat.
    Vр - qurilmaning reaksiya ketadigan hajmi, m3
    СПК - mahsulotning qurilmadan chiqishdagi (jarayonning oxiridagi) konsentrasiyasi. УСЕК - aralashmaning 1 soatdagi sarfi, m /soat.
    VQ - oxirgi hajmiy tezlik, С-1
    2. Reaksiya natijasida mahsulotning ko'proq chiqishi va jarayonning eng yuqori tanlanishi (texnologik maromning eng maqbul ko'rsatkichlari bilan ta'minlanadi).
    3. Qurilmaga materiallarni tashib solish va aralashtirishga eng kam miqdorga energiya sarfiyoti hamda ekzotermik reaksiyalari natijasida ajralib chiqadigan issiqlik yoki reaksiyaga kirishadigan moddalarning eng maqbul haroratda qizdirilishini ta'minlash uchun qurilmaga beriladigan issiqlikdan samarador foydalanish.
    4. Boshqaruvda engillik, maromning barqarorligi va ish xavfsizligi.
    5. Qurilmalarni yasash va ta'mirlash bahosining pastligi, tuzilishining (konstruksiyasining) oddiyligi, ularni yasashda arzon materiallar ishlatish.
    Odatda, davriy (yopiq tizim) jarayonlarni olib borishda yuqori tezkorlik, ochnk zanjirsimon tizmalarda esa xom ashyoning yuqori o'zgarilish darajasi ma'qul ko'riladi.

    Download 41.67 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 41.67 Kb.