|
Kimyoviy reaktor modelini qurish va optimal parametrlarini aniqlash
|
bet | 1/5 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #112927 |
Bog'liq Kimyoviy reaktor modelini qurish va optimal parametrlarini aniqlash
KIMYOVIY REAKTOR MODELINI QURISH VA OPTIMAL PARAMETRLARINI ANIQLASH
Reja:
Reaktorlarning tasniflanishi
Ideal aralashtiruvchi reaktorning matematik modeli
Ideal siqib chiqarishning matematik modeli
Ideal siqib chiqaruvchi gomogen reaktorda boruvchi kimyoviy jarayonni tadqiq etish
Statsionar sharoitda ideal siqib chiqarish reaktorida boradigan kimyoviy jarayonni tadqiq etish
Kimyoviy texnologiyada sezilarli farqlarga yega bo`lgan har xil turdagi reaktorlardan foydalaniladi. Shunga qaramay, reaktorlarni ba‟zi xususiyatlarga ko`ra tasniflash mumkin:
Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazaviy holatiga qarab reaktorlar bir jinsli yoki geterogen bo`lishi mumkin.
Yuklash va tushirish operatsiyalarining harakteriga ko`ra davriy, uzluksiz va yarim davriy reaktorlarga farqlanadi.
Reaksiya muhitining harakat rejimi bo`yicha yoki modda oqimlarining tuzilishi bo`yicha: * ideal aralashtirish reaktor;
ideal siqib chiqarish reaktorlari; * bo`ylama aralashtiruvchi reaktorlar;
bo`ylama va radial aralashtirishli reaktorlar;
kombinatsiyalangan oqim tuzilishiga ega bo`lgan reaktorlar.
Issiqlik rejimiga ko`ra reaktorlar izotermik, adiabatik va politropiklarga bo`linadi.
Izotermik reaktorlar reaksiya fazosining barcha nuqtalarida bir xil temperaturaga ega. Adiabatik reaktor atrof-muhit bilan issiqlik almashinuviga ega emas. Bunga yaxshi issiqlik izolyatsiyasi bilan erishiladi. Politropik reaktorda atrof-muhit bilan issiqlik almashinuvi sodir bo`ladi.
Konstruksiya belgisi hajmli, trubkali va kombinatsiyali reaktorlarga farqlanadi.
Yuqoridagi tasniflash shuni ko`rsatadiki, haqiqiy kimyoviy reaktorlar juda ko`p xususiyatlar bilan tavsiflanadi, shuning uchun kimyoviy reaktorning matematik modelini qurishda eng muhim xususiyatlarni aniqlash va hisobga olish kerak, chunki ayni paytda barcha xususiyatlarni hisobga olish mumkin emas.
|
| |