Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishi ularda ilg‘or texnologiyalarni qo’llanishiga bog’liqdir




Download 23,15 Kb.
bet1/2
Sana07.06.2024
Hajmi23,15 Kb.
#261150
  1   2
Bog'liq
1 kirish


1.1. Kirish. Respublika yoqilg‘i energetika balansi
Tayanch so’z va iboralar: neft, gaz, kon, kimyo, mahsulot, atmosfera, tabiiy, fraksiya, bosim, separator, mexanik, uglevodorod, organik, vakuum, harorat, haydash.
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishi ularda ilg‘or texnologiyalarni qo’llanishiga bog’liqdir. Bu vazifani bajarish har tomonlama yetuk yuqori malakali kadrlar ijodkorligiga qarab amalga oshiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasini isloh qilishga doir qaror qabul qildi. Respublikaning neft-gaz tarmog’ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. So’nggi yillarda yoqilg’i-energetika tarmog’ini kompleks rivojlantirish hamda energiya resurslariga tobora oshib borayotgan ehtiyojni ta’minlashning muhim omili bo’lgan energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, geologiya qidiruv ishlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va narxlarni shakllantirish ishlarining samarasizligi respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslari bilan to’liq ta’minlanmasligiga, neft-gaz tarmog’i korxonalari moliyaviy holatining yomonlashuviga olib keldi.
Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirish, neft-gaz tarmog’i korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirishni ta’minlash, qabul qilingan xalqaro amaliyot asosida sog’lom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni va ilg’or boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida bir qator chora tadbirlar qabul qilindi.
Jumladan, so’nggi 20 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmi 8 foizga oshgani holda mamlakat korxonalari tomonidan uni qazib olish hajmi 29 foizga pasaydi, 2008-2018yilda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 4 foizga qisqardi, o’tgan 5 yil davomida tabiiy gazning tabiiy zaxiralari o’rnini to’ldirish bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich 70 foizga yaqin hajmni tashkil etdi.
Hozirgi kunda Respublika neftni qayta ishlash sanoati neft mahsulotlariga bo’lgan talablarni to’liq qondirib, jahon standartlariga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Bunda Oltiariq, Fargona va Buxoro NQIZ larini o’rni juda salmoqli bo’layapti. Olti-Ariq NQIZ 1906-yilda qurilgan bo’lib, 7 ta texnologik qurilmasi bor. Asosan neftni qayta ishlashga moslashtirilgan. Farg’ona NQIZ 1959 yilda qurilgan. Unda 34 ta texnologik qurilmalar bor. Bularda neft mahsulotlarining barcha turi olinadi. Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan moy ishlab chiqarish qurilmasi (yiliga 500 ming tonna) shu zavodda mavjud. 1995-yildan boshlab FNQIZ respublikada qazib olinayotgan neft va gazokondensatlarni qayta ishlashga o’tdi.
Sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish zavodi 2020 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.Ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,6 mlrd. kub metr tabiiy gazni qayta ishlash va Yevro-5 talablariga javob beradigan 1,5 mln. tonna yuqori sifatli sintetik yoqilg’ilar ishlab chiqariladi. Shu bilan birgalikda, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo’yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishning yangi Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Loyihani amalga oshirish bilan zavodning hozirda ishlab turgan quvvati 125,0 ming tonnadan 500,0 ming tonnagacha, ya’ni 4 baravar ko’payadi.
Natijada neft-kimyo sanoatini yanada rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Undan tashqari, Yevro-5 Yevropa standartlariga javob beradigan yuqori sifatli neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan “Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish ham rejalashtirilgan. Avtomobil ekspluatastiyasiga bo’lgan xarajatni 20-30% ni yonilg’i va moy mahsulotlariga bo’lgan harajatlar tashkil etadi.
Respublikamizda avtomobillar ishlab chiqarish joriy etilganligi va mamlakatimizda avtomobillarning soni yildan-yilga oshib borayotganligi munosabati bilan, kelgusida neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori sifatli yonilg’i va moylar olish ko’zda tutiladi. Chunki, avtomobil transportini uzoq vaqt ishonchli va samarali ishlashi neft mahsulotlarining sifatiga, undan oqilona, tejab- tergab foydalanishga bog’liq. Bundan tashqari energiya resurslarini chegaralangan sharoitida, ekspluatatsion materiallarni tashib kelish va tarqatishda sarfni me’yorlash va iqtisod qilish, avtomobil parkini kam harajatlar sarflab ushlab turishga yordam beradi. Shu sababli yonilg’i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobil ekspluatatsiyasida ishlatilishi, dvigatel ishiga ta’siri, ularning fizik-kimyoviy xossalari, texnikada ulardan oqilona foydalanish xaqidagi fan - Transport vositalarida ishlatiladigan materiallar fanini o’qitilishi talabalarda bu boradagi bilimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi.
Hozirgi kunda Transport vositalarida ishlatiladigan materiallar fani bo’yicha davlat tilida adabiyotlarning kamligi sababli, ushbu o’quv qo‘llanma shu fandan birinchi marta o’zbek tilida tayyorlangan maruzalar matni asosida tayyorlandi.
Hozirgi kunda respublikamizda kimyoviy va neftkimyoviy sintez sanoatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu sababli neft qazib olish O’zbekistonda yiliga 11 mln. tonnagacha, gaz 40-45 mlrd.m3 ga yetib bormoqda.
2030 yilga qadar O’zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi 66,1 milliard kub metrni tashkil etishi rejalashtirilgan. O’z navbatida iste’mol 56,5 milliard kub metrga yetadi. Bu ichki iste’molchilar talabini qondirish va tabiiy gazni xom ashyo sifatida chuqur qayta ishlash ustuvorligiga o’tishni anglatadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan tabiiy gazni chuqur qayta ishlash hamda uning samaradorligini oshirish va bozor munosabatlariga o’tkazish maqsadida tarmoqni isloh qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo’yicha keng ko’lamli loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Download 23,15 Kb.
  1   2




Download 23,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishi ularda ilg‘or texnologiyalarni qo’llanishiga bog’liqdir

Download 23,15 Kb.