|
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishi ularda ilg‘or texnologiyalarni qo’llanishiga bog’liqdir
|
bet | 2/2 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 23,15 Kb. | | #261150 |
Bog'liq 1 kirishKondensatlar
Kondensatlar – tabiiy holatda qatlamda suyuq bo’lgan eng yengil uglevodorodlardir. Bularga pentan (normal va izomer xolda), geksan, geptan kabi yengil uglevodorodlar kiradi. Kondensatlar gazokondensat konlarida tabiiy gaz tarkibida erigan holda uchraydi.
Kondensatlarning qanday holda ekanligiga qarab beqaror va barqaror kondensatlarga bo’linadi. Beqaror kondensat-qatlamdagi yoki kondensatlarni ajratib oladigan asbob-uskunalargacha bo’lgan harakatdagi gazlarda erigan kondensatlarga aytiladi. Barqaror kondensatlar deb, maxsus kondensat ajratib oluvchi asbob-uskunalarda ajratib olingan tayyor holdagi mahsulotga aytiladi.
Shuni ham aytish kerakki, qatlam ichida boshlangan gazokondensat harakati, to u kondensat ajratuvchi asbob-uskunalarga borguncha juda murrakkab jarayonlardan o’tadi. Bu jarayonlar erigan holdagi kondensat, boshlang’ich termodinamik holatlarini o’zgarishi natijasida gazdan ajralib chiqib, qatlam g’ovaklarida cho’kib qoladi, ayniqsa, bunday ajralishlar quduq atrofida ko’plab yuz berishi mumkin. Natijada, bu ajralish va cho’kib qolishlar kondensatning ma’lum bir qismini qatlam ichida qolib ketishiga, ya’ni olib bo’lmas yo’qotishlarga olib keladi.
Kondensatlarni yo’qotilishiga termodinamik holatlarni o’zgarishidan tashqari yana juda ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi. Masalan, gazkondensat aralashmasining qatlam ichidagi va quduqdan ko’tarilishidagi harakat tezligi bosimlar va haroratlar ayirmasi, gazkondensat ajratib oluvchi asbob-uskunalar qanchalik yaxshi ishlashi kabi omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Odatda qatlam holatida aniqlangan beqaror kondensatdan 60-85% gacha barqaror kondensat olish mumkin..
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishi ularda ilg‘or texnologiyalarni qo’llanishiga bog’liqdir
|