• Tayanch tusunchalar: fizik hodisalar, “Fiziklar liriklar”, “Qiziqarli fizika”, “Bilimdonlik cho’qqisi” “Fizikada olam mujassam”.
  • Mavzuning annotatsiyasi




    Download 231 Kb.
    bet1/3
    Sana25.02.2024
    Hajmi231 Kb.
    #162295
      1   2   3
    Bog'liq
    M.Emonova
    37 кк Вакт меъёрлари-2021, NAMUNAVIY O\'QUV DASTUR VORD VARIANT, РАКАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР, 3.04. Geometriya, 3.09. Tanlov fanlari, Visit plan August 2022tentative 1, Ариза мустақил изланувчиликка (1)

    Fargʻona viloyati Oltiariq tumani XTB tasarrufidagi 19-umumta'lim maktabi fizika va astronomiya fani oʻqituvchisi: M.Eminova
    Mavzuning annotatsiyasi O‘rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining ahamiyati, uning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. O‘rta maktablarida fizika ta’limining maqsadi quyidagilardan iborat.O‘quvchilarga fizika darslarida ta’limiy bilim berish mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, elektromagnit va kvant hodisalar haqida bilimlar berish, bu hodisalarni tavsiflaydigan fizik kattaliklar bilan ishlashni o‘rgatish, fizik kattaliklarni qo‘llagan holda masalalar echish ko‘nikmalarini shakllantirish, fizik hodisalar bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rgatish, olamning fizik manzarasi haqida tasavvurlarini shakllantirish va kengaytirish.
    Tayanch tusunchalar: fizik hodisalar, “Fiziklar liriklar”, “Qiziqarli fizika”, “Bilimdonlik cho’qqisi” “Fizikada olam mujassam”.
    Fizikaga oid bilimlar berish orqali o‘quvchilarning o‘zliklarini anglash hissiyotlarini kengaytirish, yurtimizdan etishib chiqqan buyuk allomalarning fizika fanining rivojiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida, fizika fanining hozirgi davrdagi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan yurtimiz olimlarining ijodlari bilan tanishtirish orqali iftihor ruhida tarbiyalash.
    Fizika sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotga tatbiqi bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarning ilmiy-dunyoqarashlarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash salohiyatlarini kengaytirish, fizikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, turli axborot resurslaridan foydalangan holda hozirgi zamon fizika fanida erishilayotgan yutuqlar bilan mustaqil ravishda muntazam tanishib borishga ehtiyojlarini shakllantirish1.
    Fizikani izchil ravishda o‘rganish 6-sinfdan boshlanadi. O‘rta ta’lim maktablarida fizikaning barcha bo‘limlari o‘rganilib, o‘quvchilar fizika darsidan ma’lum darajada tugallangan tayanch bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
    Ta’lim jarayonida har bir mavzu bo‘yicha o‘quvchilar an’anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlariga e’tibor beriladi. Bunda o‘quvchilar olgan bilimlari asosida mantiqiy fikrlay olishlari, bilimlarini oldingi mavzu va keyingi mavzu bilan bog‘lay olishlari, tayanch ko‘nikmaga ega bo‘lishlari, masalalarni yechish, o‘lchash va tajribalar o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishlari, olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayotlarida qo‘llay olishlariga e’tibor qaratiladi.
    Darslarni tashkil etishda 45 minutlik darsda o‘qituvchi uy vazifalarini tekshirishi, o‘tilgan mavzuni so‘rashi, o‘tilgan mavzu bo‘yicha masalalar yechish, o‘lchash yoki tajriba ishlarini bajarish, yangi mavzuni bayon etish, yangi mavzuni mustahkamlash, uyga vazifa berish ishlari o‘tkazilishi kerak. Ayrim o‘qituvchilar avval uy vazifalarni tekshirib chiqadilar, keyin o‘tilgan mavzu bo‘yicha 3–4 nafar o‘quvchidan so‘raydi, so‘ngra bir nechta o‘quvchiga o‘lchash yoki tajriba o‘tkazish ishini topshiradi, shundan keyin yangi mavzuni o‘tadi. Dars beradigan o‘qituvchi o‘tilgan mavzu bo‘yicha tayyorgarlik darajasini tekshirilishiga barcha o‘quvchilarni jalb qiladi. Bunda o‘qituvchi o‘tilgan mavzu bo‘yicha qisqa savol-javob, test sinovi, diktant, kartochkalar bilan ishlash, turli interfaol metodlardan foydalanadi. Bir nechta o‘quvchiga masala yechish, o‘lchash, tajriba ishlari va boshqa topshiriqlar berilib, parta oralab uy vazifalarini tekshiradi. Tajribali o‘qituvchi yangi mavzuni o‘tiishga ham, uni mustahkamlashga ham, uy vazifasini berishga ham, 5–6 nafar o‘quvchini ham baholashga ulguradi.
    Fizika faniga qiziquvchi o’quvchilardan 2 nafari doskaga chiqib, ikki guruhga bo’linib, krossvord ishlashadi: Bosh harfi quyidagi harflar bilan boshlanuvchi, fizika fanida ishlatiladigan so’zlar yoziladi
    «Fizikada harflar so’zlaganda» o’yini tashkillanadi.


    Download 231 Kb.
      1   2   3




    Download 231 Kb.