• Jizzax-2024
  • -fevraldagi 7-sonli qarori asosida.
  • Kurs ishinining maqsadi va vazifalari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi




    Download 25.94 Kb.
    bet1/7
    Sana11.04.2024
    Hajmi25.94 Kb.
    #193478
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Курс ишини бажариш йурикномаси 2024 йил (1)
    8. Informatika va axborot texnologiyalari 120 soat, ответы элик, Advantages and disadvantages for Essey, 030-19 Mamatazimov Doston Elektron tulov tizimlari, 030-19 Malikov Murodxon Amaliyot hisoboti, 1, Курсовая работа. СРЯ. Членимое и нечленимое предложение, Rajabova Sabohat Jo\'ramurod qizi (1), 8dekabr Ozbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, davlat-suverentitetining-e-lon-qilinishi, 3-Mavzu O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinish (1), 24 (19), 1 Boshlang`ich sinflarda “tenglik” va “tehgsizlik” tushunchalari

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI




    ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    KURS ISHINI BAJARISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA


    Jizzax-2024


    IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: QF05288245


    «TASDIQLANGAN»




    Universitet Kengashining 2024-yil 29

    -fevraldagi 7-sonli qarori asosida.




    Kengash raisi, rektor prof. Sh.Sharipov

    «29»fevral 2024 yil




    KURS ISHINI BAJARISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA




    Umumiy qoidalar

    Kurs ishi - bu oʻquv rejasiga kiritilgan, biror aniq mavzu boʻyicha talaba tomonidan tayyorlanadigan, ilmiy-tadqiqot elementlarini oʻz ichiga olgan yozma ish. Kurs ishlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 19 oktyabrdagi 35-2021-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Davlat ta'lim standarti”da koʻzda tutilgan. Uni bajarish talabalarning fan boʻyicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga, mustaqil ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish koʻnikmasini egallashga, bajargan ilmiy ishi natijalarini ijodiy yakunlashni oʻrgatishga yordam beradi.




    Kurs ishinining maqsadi va vazifalari


    Universitetning ta'lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish koʻnikmalarini shakllantirishda kurs ishining ahamiyati katta. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar egallagan nazariy bilimlari va mavjud me'yoriy xujjatlar, ma'lumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy masalalarni mustaqil ravishda echish hamda oʻz gʻoya va echimlarini jamoada himoya qilish koʻnikmasini egallaydi.


    Kurs ishini bajarishdan maqsad - oʻquv rejasida koʻzda tutilgan muayyan fan boʻyicha ma'ruza va amaliy mashgʻulotlarda olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni aniq ijodiy va amaliy masalalarni mukammal echishda qoʻllashdir.
    Kurs ishini bajarish orqali talabalar murakkabroq nazariy va amaliy masalalarni, masalan, bitiruv-malakaviy ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu
    bilan birga kurs ishi talabalarda davlat standartlari, soha me'yorlari, ma'lumotnomalar, jadvallar, diagrammalar, yuriqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish koʻnikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs ishi talabalarda hisob-kitob ishlarini bajarish, masalalar chizmalarini chizish, tushuntirish hisobotlarini rasmiylashtirish koʻnikmalarini hosil qilishi lozim.
    Kurs ishining vazifalariga asosan quyidagilar kiradi:

    • talabalarning ma'ruza va amaliy mashgʻulotlarda, mustaqil faoliyatlarda olgan nazariy va amaliy koʻnikmalarini ijodiy masalalarni bajarishda qoʻllay olishini namoyish etish;

    • talabalarda me'yoriy, ma'lumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish koʻnikmalarini hosil qilish;

    • mustaqil fikrlash va eng maqbul echimlarni qabul qilishga oʻrgatish;

    • axborot texnologiyalari vositasida tayyorlagan oʻz ishining taqdimoti (himoyasi)ni oʻtkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallagan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, oʻzini dadil tuta bilish, turli zamonaviy texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish kobiliyatini koʻrsatish;

    • oʻquv jarayonida shakllangan kommunikativ koʻnikmalarini namoyish etish, oʻz nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qoʻshilish, ish boʻyicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga rioya qilgan holda baxslashish, muzokaralar va davra suxbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish;

    • talabalarda guruh bilan ishlash koʻnikmalarini faollashtirish, oldinga qoʻyilgan maqsadni bajarish boʻyicha tashabbus koʻrsatish kobiliyatini kengaytirish, umumiy masalalarni echishda hamkorlar bilan ishlash koʻnikmalarini mustahkamlash;

    • mustaqil ijodiy ishlash, ma'lumotlarni izlash, echish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olish, ijodiy ishlash jarayonini toʻla nihoyasiga etkazish mas'uliyatini xis etishga oʻrgatish.




    Download 25.94 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 25.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi

    Download 25.94 Kb.