|
Absorberlar konstruksiyalari
|
bet | 33/66 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #145290 |
Bog'liq TasdiqlaymanAbsorberlar konstruksiyalari.
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bo’ladi. Shuning uchun ham, suyuqlik va gaz fazalar to’qnashuvda bo’ladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo’lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo’yicha absorberlar 4 guruhga bo’linadi.
Sirtiy absorberlarda harakatlanayotgan suyuqlik ustiga gaz uzatiladi. Bunday qurilmalarda suyuqlik tezligi juda kichik va to’qnashuv yuzasi kam bo’lgani uchun bir nechta qurilma ketma – ket qilib o’rnatiladi.
Suyuqlik va gaz qarama – qarshi yo’nalishda harakatlantiriladi. Gorizontal trubalardan tashkil topgan yuvilib turuvchi absorberlarda trubalar ichida – suyuqlik oqib o’tsa, unga teskari yo’nalishda gaz harakat qiladi. Trubalar ichidagi suyuqlik sathi ostona yordamida bir xil balandlikda ushlab turiladi.
Yupqa qatlamli absorberlar ixcham va yuqori samaralidir. bu absorberlarda fazalarning to’qnashish yuzasi oqib tushayotgan suyuqlik yupqa qatlami yordamida hosil bo’ladi. Yupqa qatlamli qurilmalar guruhiga trubali, list – nasadkali, ko’tariladigan qatlamli absorberlar kiradi.
Trubali absorberlarda suyuqlik vertikal trubalarning tashqi yuzasidan pastga qarab oqib tushsa, gaz faza esa qarama – qarshi yo’nalishda yuqoriga qarab harakatlanadi. Qolgan turdagi absorberlarda ham fazalarning harakat yo’nalishi trubali absorberlarnikiga o’xshashdir.
Trubali absorberlar tuzilishiga qarab qobiq – trubali issiqlik almashinish qurilmasiga o’xshaydi. Qurilmadan hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar ichiga suv yoki boshqa sovuqlik eltkich yuboriladi.
Nasadkali absorberlar. Turli shaklli qattiq nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal silindrsimon kolonalarning tuzilishi soda, ixcham va yuqori samarador bo’lgani uchun sanoatda ko’p ishlatiladi. Odatda, nasadkalar qatlami teshikli panjaralarga joylashtiriladi. Gaz faza teshikli panjara ostiga yuboriladi va undan o’tib, qatlam orqali yuqoriga qarab harakatlanadi.
Suyuqlik faza absorberning yuqori qismidan taqsimlash moslamasi yordamida purkaladi va nasadka qatlamida gaz fazasi bilan o’zaro ta’sir etadi. Qurilma samarali ishlashi uchun suyuq faza bir tekisda purkalishi va taqsimlanishi zarur. Bu turdagi absorberlarda nasadkalar ham suyuqlikni bir me’yorda taqsimlashga salmoqli hisssa qo’shadi. Nasadkalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: katta solishtirma yuziga ega bo’lishi; gaz oqimiga ko’rsatadigan gidravlik qarshiligi kichik bo’lishi; ishchi suyuqlik bilan yaxshi ho’llanishi; absorber ko’ndalang kesim yuzasi bo’ylab suyuqlikni bir tekisda taqsimlashi; ikkala faza ta’siri ostida yemirilmaydigan bo’lishi; yengil va arzon bo’lishi kerak.
|
| |