• Molekulyar haydash.
  • – rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasi




    Download 3,89 Mb.
    bet41/66
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #145290
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
    Bog'liq
    Tasdiqlayman

    10. 5 – rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasi.
    1 – kub; 2 – deflegmator; 3 – kondensator; 4,5,6 – yig’gichlar.

    Suv bug’i bilan haydash.


    Eritmalar qaynash temperaturasini pasaytirish uchun jarayonni vakuum ostida tashkil etish usuli oldindan ma’lum edi. Lekin, eritmalarni suv bug’i bilan haydash usulida ham qaynash temperaturasini pasaytirish mumkin. Ayniqsa, bu usul qaynash temperaturasi 100°C dan ortiq bo’lgan va komponentlari suvda erimaydigan eritmalar uchun juda qo’l keladi. Shuning uchun, eritma komponentlari suvda erimasa, unda haydash kubiga qo’shimcha komponent sifatida suv bug’i yuboriladi.
    10.6-rasmda suv bug’i bilan oddiy haydash davrida qaynash temperaturasini aniqlash diagrammasi keltirilgan. Bu diagrammada qaynash temperaturasiga suv bug’ining elastiklik egri chizig’i bilan turli suyuqliklar elastiklik egri chiziqlari kesishgan nuqtasi to’g’ri keladi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, atmosfera bosimida benzolni suv bilan haydash paytida jarayon temperaturasi 69,5°C, bosim p = 0,0395 MPa da 46°C atrofida, bosim p = 0,1 MPa da toluol uchun esa - 85°C.

    10.7-rasmda aralashmalarni suv bug’i bilan haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan.


    Boshlang’ich eritma kubga yuklanadi va uning g’ilofiga suv bug’i bilan yuboriladi. So’ng, kub ichidagi eritmaga barbotyor orqali kuchli suv bug’i haydalanadi. Eritmaning qaynash paytida hosil bo’lgan bug’lar kondensatorga uzatiladi va undan keyin separatorda kondensat ajratiladi. Separatordan suv chiqariladi. Suvda erimaydigan yengil uchuvchan komponent esa maxsus idishga yig’iladi. Odatda bu usul muvozanat bo’lmagan sharoitlarda amalga oshiriladi.


    Molekulyar haydash. Bu usul yuqori temperaturada qaynaydigan va issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish uchun qo’llaniladi.
    Ushbu jarayon o’ta past vakuumda, ya’ni bosim 1,31…0,13 Pa bo’lgan oraliqda olib boriladi.
    Molekulyar haydash eritmani tashqi yuzasidan bug’latish orqali amalga oshiriladi. Jarayon bir – biriga yaqin o’rnatilgan bug’latish va kondensatsiyalanish yuzalarida ro’y beradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ular orasidagi masofa odatda 20…30 mm, ya’ni molekulalarning erkin harakati uzunligidan kam bo’lishi kerak. Bunday holatda issiq yuzadan ko’tarilayotgan yengil uchuvchan komponent molekulalari sovuq yuzaga urulishi bilan kondensatsiyalanadi. Bug’lanish va kondensatsiyalanish yuzalari o’rtasidagi temperaturalar farqi 100°C atrofida.



    Download 3,89 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasi

    Download 3,89 Mb.