• Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi. Adabiyotlar
  • 10 – AMALIY MASHG`ULOT Mavzu: Ekstraksiyalash jarayoni hisobi. Samarali diffuziya vaqtini aniqlash. Maqsad
  • Амалий машгулот№11




    Download 3,89 Mb.
    bet44/66
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #145290
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
    Bog'liq
    Tasdiqlayman

    Nazorat uchun savollar
    1. Haydash va rektifikatsiya nima?
    2. Haydash va rektifikatsiya jarayonining nazariy asoslari.
    3. Oddiy haydash nima?
    4. Fraksiyali haydash.
    5. Deflegmatsiya bilan haydash.
    6. Suv bug’i bilan haydash.
    7. Molekulyar haydash.
    8. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslari.
    Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi.
    Adabiyotlar:
    1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil.
    2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil.
    3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil.
    10 – AMALIY MASHG`ULOT
    Mavzu: Ekstraksiyalash jarayoni hisobi. Samarali diffuziya vaqtini aniqlash.


    Maqsad: Ekstraktorlar, ularning turlari, tuzilishini o’rganish va ekstraksiyalash jarayoni hisobini o’rganish.
    Nazariy qism.
    Ekstraksiya jarayoni turli xil konstruksiyali qurilmalarda – ekstraktorlarda o’tkaziladi.
    Jarayon tashkil etilishiga qarab ekstraktorlar davriy va uzluksiz ishlaydigan bo’ladi. Jarayonda qatnashayotgan fazalar to’qnashuviga qarab ekstraktorlar 3 guruhga bo’linadi: aralashtirib-tindiruvchi; differensial kontaktli va pog’onali yoki sektsiyali.
    Ekstartorlarni tanlashda qattiq faza fizik-mexanik xossalari va ajrab chiqadigan ekstrakt konsentratsiyasi yoki tayyor mahsulot chiqishi hisobga olinadi.
    Ma’lumki, davriy ishlaydigan qurilmalar ish unumdorligi kam bo’ladi. Shuning uchun, ular kichik hajmli korxonalarda qo’llaniladi. Lekin, sanoat miqyosida ko’pincha uzluksiz ishlaydigan qurilmalar ishlatiladi. Ekstraktor va eritkich bir-biridan katta farqlanmaydi. Agar, qurilma qattiq, g’ovaksimon jismni ekstraksiyalash uchun qo’llanilsa ekstraktor deb nomlanadi. Agar qurilma qattiq, g’ovaksimon materialni eritish uchun ishlatilsa, unda u eritkich deb ataladi.
    Ekstraktor va eritkichlarga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
    – qurilma hajmi birligiga to’g’ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumdorligi katta bo’lishi zarur;
    – hosil bo’layotgan eritma konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo’lishi kerak;
    – enеrgiya sarfi kam bo'lishi zarur.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Амалий машгулот№11

    Download 3,89 Mb.