|
Амалий машгулот№11
|
bet | 52/66 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #145290 |
Bog'liq TasdiqlaymanNazorat uchun savollar
Nam havo uchun Ramzin (I – x) diagrammasi haqida tushuncha.
Doimiy temperaturalar chizig’i.
Doimiy nisbiy namlik chizig’i.
Suv bug’ining porsial bosimi chizig’i.
Nam havoni isitishni Ramzin diagrammasida tasvirlash.
Nam havoni sovitishni tasvirlash.
Turli parametrlarga ega bo’lgan havoning aralashishini diagrammada tasvirlash.
Aralashmani entalpiyasini aniqlash.
Aralashmaning namlik saqlashini aniqlash.
Shudring nuqtasi.
Adiabatik quritish jarayoni.
Ho’l termometr haqida tushuncha.
Quritish potensiali haqida tushuncha.
Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi.
Adabiyotlar:
1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil.
2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil.
3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil.
12 – AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Quritish apparatining hisobi.
Maqsad: Quritish apparati haqida tushuncha, apparatning hisobini o’rganib chiqish.
Nazariy qism. Quritish apparatining hisobi.
Q uritgichlarning nazariy hisobi. 7.1-rasmda quritish qurilmasining sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilma ventilyator, isitkich (kalorifer) va quritish kamerasidan iborat. Isitkichga kirayotgan havoning parametrlarini I0, t0, φ0, x0 bilan belgilaymiz. Isitkichda havo t1 temperaturagacha qizdiriladi, bunda uning namlik saqlashi o’zgarmaydi (x0 = x1), nisbiy namligi kamayadi (φ1), entalpiyasi ortadi (I0). Shu parametrlar bilan qizigan havo quritish kamerasiga kiradi.
|
| |