• Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi. Adabiyotlar
  • 11– AMALIY MASHG`ULOT Mavzu: Ramzin diagrammasi bo’yicha nam havoning parametrlarini hisoblash Maqsad
  • Nazariy qism
  • Амалий машгулот№11




    Download 3,89 Mb.
    bet49/66
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #145290
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
    Bog'liq
    Tasdiqlayman

    Nazorat uchun savollar

    1. Ekstraksiyalash jarayoni.


    2. Ekstraktsiyalash jarayonining prinsipial sxеmasi.
    3. Pеrkolyatorning ishlash prinsipi.
    4. Ikki pog`onali diffuzion qurilmaning ishlash prinsipi.
    4. Trubali ekstraktorning ishlash prinsipi.
    5. Mavhum qaynash qatlamli ekstraktorning ishlash prinsipi.
    Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi.
    Adabiyotlar

    1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil.


    2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil.
    3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil.

    11– AMALIY MASHG`ULOT
    Mavzu: Ramzin diagrammasi bo’yicha nam havoning parametrlarini hisoblash


    Maqsad: Ramzin diagrammasi haqida tushuncha, nam havo holatini diagrammada tavsiflash va asosiy parametrlarni diagramma yordamida hisoblab olish.
    Nazariy qism.
    Nam havoning asosiy xossalari texnik hisoblashlar uchun zarur bo’lgan aniqlik bilan I – x diagrammasi yordamida topilishi mumkin. Bu diagramma L.K.Ramzin tomonidan taklif qilingan. I – x diagrammasini tuzishda bosimning qiymatini o’zgarmas deb olinga, ya’ni P = 745 mm simob ustuni (99 kPa ga yaqin).
    Diagrammaning asosiy o’qlari oralig’idagi burchak 135°ga teng. (6.1-rasm).




    6.1-rasm. I – x diagrammasi

    Asosiy o’qlarga nam havoning ikkita asosiy parametrlari – entalpiya I va nam saqlash x joylashtirilgan. Nam saqlashning qiymatlari diagrammadan foydalanish qulay bo’lishi uchun yordamchi gorizontal o’qqa joylahtirilgan. Bunda I = const chiziqlar ordinata o’qiga nisbatan 135° burchak bilan ma’lum masshtabda joylashtirilgan. x = const chiziqlar esa yordamchi abssissa o’qiga perpendikulyar qilib joylashtirilgan.


    I – x diagrammasiga asosiy chiziqlardan tashqari quyidagi chiziqlar ham joylashtirilgan; o’zgarmas temperatura chiziqlari yoki izotermalar (t = const), o’zgarmas nisbiy namlik chiziqlari φ = const suv bug’ining parsial bosimi chizig’i.
    φ = 100 % chizig’i diagrammani ikki qismga bo’ladi. Bu chiziqning tepa qismi diagrammaning ish yuzasi deb ataladi va u to’yinmagan nam havoga to’g’ri keladi. To’yinmagan nam havo qurituvchi agent sifatida ishlatiladi. φ = 100 % chizig’ining pastki qismida joylashgan yuza suv bug’i bilan to’yingan havoga to’g’ri keladi va quritkichlarni hisoblashda ishlatilmaydi.
    Temperatura 99,4°C ga yetganda to’yingan bug’ning bosimi o’zgarmas barometrik bosim qiymati (P = 745 mm simob ustuni) ga teng bo’lib qoladi, natijada nisbiy namlik φ temperaturaga bog’liq bo’lmaydi. Bunday sharoitda φ namlik saqlash x kabi amaliy jihatdan o’zgarmas qiymatni egallaydi. Shu sababli t = 99,4°C bo’lganda φ = const chizig’i keskin buriladi va yuqoriga vertikal bo’ylab yo’naladi.
    I – x diagrammasi yordamida nam havoning istalgan ikkita parametri bo’yicha uning holatini belgilovchi nuqta (masalan, A) topiladi, so’ngra bu nuqta yordamida nam havoning qolgan parametrlarini aniqlash mumkin.
    Suv bug’ining parsial bosimi chizig’i diagrammaning pastki qismiga joylashtirilgan. Agar diagrammada nam havoning holatini belgilovchi nuqta ma’lum bo’lsa, suv bug’ining parsial bosimi qiymati pa ni aniqlash mumkin.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Амалий машгулот№11

    Download 3,89 Mb.