Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti
Kompyuter injenerengi fakulteti
Bajardi: 214 GURUX TALABASI
ISMATULLAYEV
ABDULAZIZ
NING
Maˈlumotlar bazasi
fanidan tayyorlagan 3-amaliy ishi
12-VARIANT ISMATULLAYEV ABDULAZIZ
3_Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish
v Sa o‘chirish
12. Internet magazin ma’lumotlar bazasini yaratish
.
Ishdan maqsad: predmet soha ma‘lumotlar bazasini so`rovlar orqali yaratishni va
so`rovlar orqali oddiy jarayonlarni bajarishni o`rganish, hamda ko`nikmaga ega bo`lish.
Talabalarda DDL komandalaridan foydalanish va shu orqali relyasion MB yaratish ko‘nikmasini
hosil qilish.
Masalani qo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasini SQL so`rovlari orqali yaratish.
Mavjud ob`yektlarni so`rovlar orqali ma`lumotlar bilan to`ldirish, o`zgartirish va keraksiz
ma`lumotlarni o`chirishni ko`rib chiqish.
Hozirgi kunda ma’lumotlar bazasidan foydalanmasdan kata loyihalarni amalga oshirish juda
qiyin bo’lib qoldi. Qaysi bir sohasi olib qaramaylik albatta ularda ma’lumotlar bazasiga talab
mavjud. Masalan ta’lim sohasini olish mumkin, hattoki maktablarda ham kamida MS ACCESS
dan foydalanishga ehtiyoj mavjud. Bu kurs ishim maqsadi Internet do’kon ma’lumotlar bazasini
PHP da tuzishdan iboratdir. PHP da MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan
foydalanib dinamik veb ilovalar yaratish mumkin. II qism da nazariy ma’lumotlar berilgan
bo’lib, PHP, MBBT, MySQL MBBT haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. III qism esa amaliy
misollar keltirilgan. Siz internetdagi saytlarni ko‘rishlik uchun ishlatadiganingiz brauzerlar —
web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori hisoblanadi. Web dasturlashda yana shunday
tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday
tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish
uchun ham Web serverga o‘xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to‘plami kerak
bo‘ladi. Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so‘rov
yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni ochganingizda va
hokazo…) shu sayt joylashgan serverdagi Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni
brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima qilib jo‘natadi. Shunday qilib kliyent
— yani siz tomondagi web saytni kodlarini kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu
— Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga
tarjima qilib jo‘natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi. Bu yerda kliyent yani siz
tomonda sizning brauzer va u tushunadigan web dasturlash tillari (HTML, CSS, Java Script)
turgan bo‘lsa, server tomonda Apache -> Web server, PHP -> PHP tili uchun interpretator va
ma’lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita (bu MySQL, Oracle va boshqalar bo‘lishi
mumkin) turibdi. Bundan tashqari server tomonida yana boshqa tillar ham bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchi qachonki brauzerdan kerakli sayt nomini kiritganda bu so‘rov DNS serverdan
saytga mos IP bo‘yicha kerakli serverga boradi, so‘rov brauzerda kiritilgani uchun ham
ko‘pincha standart HTTP protokoli bo‘yicha yuboriladi va uni Web server kutib oladi,
shuningdek, so‘rovga mos papkadan index faylni qidirib topadi. Undagi bog‘lanishlardan kelib
chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi .html
bo‘lsa uni shundoq, aks holda masalan .php bo‘lsa PHP serverdagi interpretator orqali brauzer
tushunadigan tilga tarjima qildiradi (shu vakt ichida ma’lumotlar bazasidan ham kerakli
ma’lumotlar yuklab oladi) va natijani foydalanuvchi brauzeriga jo‘natadi. PHP dasturlash tili
yordamida sayt yaratish uchun avvalo shaxsiy kompyuterga virtual server o‘rnatish lozim.
Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP brauzer o‘zi tushunadigan tilda kelgan sayt
kodlarini natijasini ko‘rsatib beradi. Agar foydalanuvchi web dasturlash bilan shug‘ullanmoqchi
bo‘lsa, undan kamida HTML, CSS, JavaScript, PHP, MySQL larni bilish talab etiladi. Bunda
HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini (dizaynini) amalga oshiradi, JavaScript
— saytni dinamikasi (haraktlarini) ta’minlaydi, PHP — saytni mantiqiy amallarini bajaradi,
MySQL — PHP bilan hamkorlikda saytga ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘qib olish,
yozish, o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
|