• Amaliyotchi talaba: Mizrobov Abdulaziz
  • Buxoro Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 1-1 fiz-21 guruh talabasi Mizrobov Abdulaziz malakaviy amaliyot davri hisoboti




    Download 14,86 Kb.
    Sana25.05.2024
    Hajmi14,86 Kb.
    #253610
    Bog'liq
    Hisobot by me


    Buxoro Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 1-1 FIZ-21 guruh talabasi Mizrobov Abdulaziz malakaviy amaliyot davri
    HISOBOTI
    Men, Mizrobov Abdulaziz 13.05.2024 dan 26.05.2024 gacha Buxoro viloyati Buxoro shahri 18-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyotda bo’ldim.
    Amaliyot davrida fizika o’qituvchisi bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerakli bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o‘rgandim. Fizika o’qituvchisi yordamida dars rejasi tuzishni, darsni to’g’ri tashkil qilish, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlantirishni, vaqt tasimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mushtaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchidan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
    Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashtirishni, nimalarga ko’proq e’tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.
    Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbarlari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtrishi sust bo’lgan o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ulaarni tashkillashtirish jarayonida o’qituvchilarga yordam berdim.
    Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keying bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakdagi ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxasis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.

    Amaliyotchi talaba: Mizrobov Abdulaziz
    Download 14,86 Kb.




    Download 14,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 1-1 fiz-21 guruh talabasi Mizrobov Abdulaziz malakaviy amaliyot davri hisoboti

    Download 14,86 Kb.