|
Амалий машгулот№11
|
bet | 50/66 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #145290 |
Bog'liq TasdiqlaymanNam havoni isitish.
Nam havoni sirtiy issiqlik almashinish apparatlarida (kaloriferda) isitish paytida havoning namlik saqlashi o’zgarmaydi, shu sababli havoni isitish prossessi x = const chizig’i bilan ifodalanadi (6.2-rasm). Havoning dastlabki holati A nuqta bilan belgilanadi, uning temperaturasi t0, entalpiyasi I0 va nisbiy namligi φ0. Isitish prossessi AB chiziq bilan ifodalanadi. Isitilgan havoning temperaturasi t1, nisbiy namligi φ1, entalpiyasi esa I1 ga teng.
6.2-rasm. Havoning isishini I – x diagrammada ifodalash
Isitish paytida havoning o’ziga qabul qilgan issiqlik miqdori diagramma yordamida topilishi mumkin: I1 – I0 = ΔI (J – kg quruq havo)
Nam havoni sovitish.
Agar havoning dastlabki holati A nuqta bilan belgilansa, uni sirtiy issiqlik almashinish apparatida (sovitkichda) sovitish prossessi ham x = const chiziq bilan ifodalanadi (6.3-rasm). Diagrammada havoni sovitish prossessi AC chiziq bilan belgilangan. Sovitish paytida havoning nisbiy namligi ortib boradi. C nuqtada havoning nisbiy φ = 100 % bo’ladi. Havoni sovitish natijasida ajralish mumkin bo’lgan issiqlik I1 – I2 ga teng (J – kg quruq havo).
6.3-rasm. Havoning sovishini I – x diagrammada tasvirlash
Sovitish prossessi yana davom ettirilsa, suv bug’larining kondensatsiyalanishi boshlanadi. B nuqtaga to’g’ri kelgan temperatura shudring nuqtasining temperaturasi t2 deb ataladi. Havoning o’ta sovitilishi paytida undan ortiqcha namlik ajralib chiqadi, biroq nisbiy namlik o’zgarmaydi (φ = 100%). Havoning o’ta sovitilish prossessi BC chiziq bo’yicha boradi. C nuqtaga to’g’ri kelgan temperatura t3 va entalpiya I3 diagramma bo’yicha topilishi mumkin.
|
| |