|
Eritmadagi erituvchining bir qismini bug’latib kristallash
|
bet | 62/66 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #145290 |
Bog'liq TasdiqlaymanEritmadagi erituvchining bir qismini bug’latib kristallash. Erituvchining bir qismini yo’qotish uchun bug’lanish yoki muzlatish usulidan foydalanish mumkin. Eritma tarkibidagi suvni haydash uchun bug’lanish keng ko’lamda ishlatiladi. Odatda bu jarayon bug’latish qurilmalarida amalga oshiriladi. Kerakli darajadagi o’ta to’yingan eritma hosil bo’lgandan keyin, u shu qurilmada kristallanadi. Ushbu usul izotermik kristallanish deb ataladi.
Bu usulning kamchiliklari: hosil bo’layotgan kristallar issiqlik almashinish yuzalariga yopishib qoladi; boshlang’ich eritmalar tarkibidagi aralashmalar ham quyuqlashadi.
Qurilma ichida qattiq moddalar yopishib yoki cho’kib qolmasligi uchun eritmaning sirkulyatsiya tezligi ko’paytiriladi.
Kristallarni ajratish va yuvish filtr yoki sentrifugalarda o’tkaziladi.
Eritma temperaturasini o’zgartirib kristallash. Bunday usul izogidrik kristallash deb nomlanadi, chunki bu jarayon eritmada erituvchi miqdori o’zgarmas bo’lgan holatda olib boriladi.
Kimyo sanoatida musbat eruvchanlikka ega tuzlarni kristallash juda keng tarqalgan. Bunday eritmalarning o’ta to’yinishiga uni sovitish yo’li bilan erishiladi. Jarayon davriy yoki uzluksiz, pog’onali joylashgan bir yoki ko’p korpusli qurilmalarda olib boriladi. Sovituvchi eltkich sifatida suv ishlatiladi. Havo yordamida sovitilganda jarayon nisbatan sekin boradi, lekin yirik va bir jinsli kristallar hosil bo’ladi. Manfiy eruvchanlikka ega eritmalarni kristallash uchun eritmani qizdirish zarur.
Kombinatsiyalangan usullarga vakuum ostida, erituvchining bir qismini issiqlik eltkich yordamida bug’latib kristallash va fraksiyali kristallashlar kiradi.
Vakuum ostida kristallash. Bu usulda erituvchi devor orqali issiqlik uzatish yo’li bilan bug’latilmasdan, balki eritmaning o’z fizik issiqligini berish hisobiga ro’y beradi. Ushbu issiqlikning bir qismi erituvchini (taxminan 10% mass) bug’latish uchun sarflanadi. Hosil bo’layotgan bug’lar vakuum – nasos yordamida so’rib olinadi. Uzatilayotgan issiq to’yingan eritma temperaturasi qurilmadagi bosimga tegishli eritmaning qaynash temperaturasigacha pasayadi va jarayon adiabatik kechadi. Eritmaning o’ta to’yinish holatiga uni sovitish yo’li bilan erishiladi, chunki konsentratsiya bunda sezilar – sezilmas o’zgaradi. Erituvchi eritmaning fizik issiqligi hisobiga, hamda kristallanish jarayonida ajralib chiqayotgan issiqlik hisobiga bug’lanishi mumkin. Eritmaning sovitish va kristallanishi bilan birga bug’lanishi uning butun hajmida sodir bo’ladi. Bunday holat qurilma devorlarida kristallar yopishib qolishini kamaytiradi, hamda uni tozalash bilan bog’liq sarflar qisqaradi.
|
| |