• Davriy ishlaydigan kristallizatorlar
  • Barabanli kristallizatorlar
  • Uzluksiz ishlaydigan kristallizatorlar




    Download 3,89 Mb.
    bet64/66
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #145290
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
    Bog'liq
    Tasdiqlayman

    Uzluksiz ishlaydigan kristallizatorlar quyuqlashtirgich, kristall generatori va kristall o’stirish kamerasidan iborat. Qurilma konstruksiyasi kristallarni devorlarga cho’kib qolmasligini ta’minlovchi, intensiv sirkulyatsiyali bo’lishi kerak. Undan tashqari, uning issiqlik almashinishi yuqori va bir xil kattalikdagi kristallar olishni ta’minlashi kerak.
    Qand ishlab chiqarish sanoatida qo’llaniladigan uzluksiz ishlaydigan kristallizatorlarda quyuqlashtirgich va kristall generatorlari halqasimon segment ko’rinishida yasalgan bo’lib, isitish yuzalari zarur o’lchamdagi trubalardan hosil qilingan. Qurilmaning boshqa qismlaridan quyuqlashtirgich ajratilgan va yaxshi zichlangan. Shuning uchun ham, uning ichida boshqa qismlariga bog’liq bo’lmagan holda ortiqcha bosim hosil qilish imkoni bor. Kristall generatorining yuqori, ochiq qismi kristall o’stirish kamerasi utfel usti bo’shlig’i bilan bog’langan. Odatda, kristall o’stirish kamerasi silindrik ko’rinishda bo’lib, silindrik va radial to’siqlar yordamida 4 ta bo’limga ajratilgan bo’ladi.
    Qurilma ishlashi avtomatik ravishda boshqariladi.
    Davriy ishlaydigan kristallizatorlar mexanik aralashtirgichli va zmeevikli vertikal, silindrik qurilmalardir. Bunday qurilmalarda kristallash jarayoni va eritmani sovitish bir vaqtda olib boriladi.
    Lenta aralashtirgichli tog’orasimon tipdagi kristallizatorlar. Ayrim hollarda lentali aralashtirgich o’rniga uzluksiz vint shaklidagi shnekli aralashtirgich o’rnatilishi mumkin.
    Bu turdagi kristallizatorda olingan kristallar o’lchami 0,5…6 mm dan oshmaydi. Tog’orasimon kristallizatorlar tuzilishi soda, ekspluatatsiya qilish qulay va ishonchliligi yuqori.
    Barabanli kristallizatorlar tarkibida suv yoki havoli sovitish moslamali bo’ladi. Havo yordamida sovitilgada, eritmadan havoga issiqlik berish koeffitsienti kichik bo’ladi.
    Shuning uchun yirik, katta o’lchamli kristallar hosil bo’ladi. Lekin, kristallizator ish unumdorligi, suv bilan sovitish usuliga qaraganda, kamroq bo’ladi.
    Brabanli kristallizator aylanuvchi, silindrik barabandan tashkil topgan. Odatda, baraban eritma harakat yo’naklishi bo’ylab, ufq chizig’iga nisbatan ma’lum qiyalik burchagida o’rnatiladi.
    Eritma barabnning tepa qismiga beriladi. va hosil bo’lgan kristallar uning pastki uchidan to’kiladi. Baraban aylanishi paytida uning devorlari eritma bilan ho’llanadi va natijada suvning bug’lanish yuzasi ortadi.
    Baraban qobiq ichiga joylashtirilgan bo’lib, ular orasidagi halqasimon bo’shliqqa sovuqlik, ya’ni suv yoki havo yuboriladi. Eritma va sovuqlik eltkich qarama – qarshi yo’nalishda harakatlanadi. 1 m3 eritmani sovitish uchun taxminan 5 m3 suv sarflanadi. Qurilma devorlarida kristallar cho’kib yoki yopishib qolish oldini olish maqsadida barabanning pastki qismi qizdirib turiladi. Buning uchun qobiq va baraban orasidagi bo’shliqqa zmeevik o’rnatiladi.
    Mavhum qaynash qatlamli kristallizatorlar kristallash jarayonini intensiv rejimlarda o’tkazish imkoniyatini beradi.
    Kristallanish jarayoni erituvchining bir qismini bug’latib yo’qotish yoki eritmani sovitish usullarida tashkil etilishi mumkin.
    Mavhum qaynash qatlamida kristallash jarayonida boshqa usullarga nisbatan yaxshi granulometrik tarkibli kristallar olinadi.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzluksiz ishlaydigan kristallizatorlar

    Download 3,89 Mb.