|
Mavzu 1Kristallanish. Qotishmalardagi kristallanish. Kristallarning paydo bolishi. Kristallarning kopayishi. Eritmalarning kristallanishi. Vakuum kristallizatorlar
|
bet | 1/6 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 429,17 Kb. | | #160225 |
Bog'liq Mavzu 1Kristallanish. Qotishmalardagi kristallanish. Kristallarn (1)
Mavzu
1Kristallanish.Qotishmalardagi kristallanish. Kristallarning paydo bolishi. Kristallarning kopayishi. Eritmalarning kristallanishi. Vakuum kristallizatorlar
Reja:
Kristallarning paydo bolishi.
Qotishmalardagi kristallanish
Kristallarning kopayishi
Eritmalarning kristallanishi
Vakuum kristallizatorlar
Kristallilik darajasi qattiq moddalarning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlaridan, shu jumladan barqarorligidan eng muhim xususiyati sanaladi. YAgona jarayon sifatida kristallashnish tushunchasi ko‘p komponentli suyuq fazalardan bir komponentli qattiq suyuq fazalarni olishni tavsiflaydi (Mullin, 1993). U qotishma yoki eritmalardan qattiq kristall moddalar olishga qo‘llanilishi mumkin. Eritmaning kristallanish darajasi eng muhim sanaladi. Sof, quruq qattiq moddalar olish uchun suyuqlik fazasidan qattiq moddalarni ajratish kerak. Bu qoidaga ko‘ra sentrifugalash yoki filtrlash va quritish orqali amalga oshiriladi . Kristallanishning muhimligi tozalash jarayonida mahsulotning fizikaviy xususiyatlariga erishishda yotadi . Kristall kukun oson qayta ishlanadi, barqaror bo‘lib, yaxshi oquvchanlik xususiyatiga va tashqi ko‘rinishga ega.
Bug‘dan kristallanish tabiiy shaklda sovuq nam havo shakllanishida sodir bo‘ladi, sublimatsiya va liofilizatsiya jarayonlarida foydalaniladi. Uskunalar sifatida ixtisoslashtirilgan kondensator ko‘rib chiqilishi mumkin, bunda asosiy muammo kristallashtirish issiqligini bartaraf qilish va qattiq kondensatdir. Kondensatorlar qoidaga ko‘ra parallel o‘rnatilgan bo‘lib, shuningdek qo‘l yordamida o‘chirilishi mumkin, sublimatsiyani to‘xtatmasdan eritma olish mumkin. Bu jarayon kelgusida ko‘rib chiqilmaydi.
Farmatsevtika sanoatida kristallanish odatda kichik miqdordagi eritmalarda, qobiqqa ega va ko‘chiriladigan idishlarda o‘tkaziladi. Kristallanish sharoitlari mos soflik, kristall shakli qoidaga ko‘ra tajriba yo‘li bilan aniqlangan. Kristallanishni nazorat qiladigan asosiy omillarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu tadqiqotlardani ko‘plab axborotlar tayyorlangan eritmani sinchiklab o‘rganishda olinadi. Ular kristallanish jarayonining ikki bosqichini ko‘rsatadi: kristallarning paydo bo‘lishi va o‘sishi.
Nukleatsiya kristall atrofida ko‘payadigan kichik yadrolarning shakllanishini tavsiflaydi. Paydo bo‘lmasdan kristallarning ko‘payishi sodir bo‘lmaydi.
1Xorijiy adabiyotlardan olingan mavzular
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu 1Kristallanish. Qotishmalardagi kristallanish. Kristallarning paydo bolishi. Kristallarning kopayishi. Eritmalarning kristallanishi. Vakuum kristallizatorlar
|