Amaliy dasturlar paketi haqida tushuncha bajardi: Abdunazarov Xayrulla Tekshirdi




Download 19.6 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi19.6 Kb.
#41762
Bog'liq
Amaliy dasturlar haqida tushuncha
Документ Microsoft Word (3), Презентация Microsoft PowerPoint (7), 10-синф инглиз китобчаси, Hosilamga, 1141-1291-1-SM, 2024 Давлат дастури, Ma\'muriy ON

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MUSTAQIL TA’LIM

MAVZU: AMALIY DASTURLAR PAKETI HAQIDA TUSHUNCHA




Bajardi: Abdunazarov Xayrulla
Tekshirdi:

Toshkent 2023


Mavzu:Amaliy dasturlar paketi haqida tushuncha
Reja:
1. Amaliy dasturiy ta’minot
2. Amaliy dasturlar paket (ADP)lari sinfi

Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng kо‘p qо‘llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab - kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qо‘llanishidir. Muammoga yo’naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:


— bug’alteriya uchun DT;
— personali boshkarish DT;
— jarayonlarni boshqarish DT;
— bank axborot tizimlari va boshkalar
Umumiy matssadli ADT — soxa mutaxassisi bо‘lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini kullaganda uning ishiga yordam beruvchi kо‘plab dasturlarni uz ichiga oladi. Boʻlarga:
— kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saklashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqa rish tizimlari (MBBT);
— matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlash tiruvchi, ularni tegishli xrlatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
— grafik muharrirlar;
— hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elek tron jadvallar;
— taqaimot k.ilish vositalari, ya’ni tasvirlar xrsil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mо‘ljallangan maxsus dasturlar. Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni uz ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaktini re jalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telyefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
— tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlangich matnni kо‘rsatilgan tilga tarjima qilishga mо‘ljallangan dasturlar;
— skaner yordamida ukilgan axborotni tanib oluvchi va va matnli ifodaga binoan uzgartiruvchi dasturiy vositalar;
— tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi о‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyosh tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va xokazolarni bajaradi. Multimedia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni k.ayta ishlash muxitining uzgarishi, lazerli disklarning paydo bо‘lishi, ma’lumotlarning tarmoqdi texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi. Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchi aniq bir vazifalari (ilovalari)ni ishlab chikish va bajarish uchun mо‘ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operasion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi
Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
-turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;
-foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
Amaliy dasturlar paket (ADP)lari sinfiga quyidagilar oiddir:
-matnli (matnli prosessorlar) va grafik muharrirlar;
-elektron jadvallar
-ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
-integrasiyalangan paketlar;
CASE-texnologiyalar;
-eksport tizimlar kobiklari va sun’iy intellekt tizimlari.
Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qо‘shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu amaliy dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus ravishda kо‘rsatib о‘tirmaymiz. Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan boshlanadi va kompyuter tizimi bilan о‘zaro aloqaning birinchi amaliy kо‘nikmalarini hosil qilinadi. Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa obyektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy usuli ikkita muqobil yondashuvni kо‘zda tutadi. Bular: qog‘oz va elektron hujjatlar bilan (qog‘ozsiz texnologiya bо‘yicha) ishlash. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari vositalari bilan shakllantirish haqida gapirganda tamoyil jihatdan bir-biridan farqlanuvchi ikkita yo’nalish – chop etish uchun m о‘ljallangan hujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirish uchun mо‘ljallangan elektron hujjatlarni formatlashni nazarda tutish kerak. Bu hollarda ishlaydigan usul va uslublar sezilarli ravishda birbiridan farqlanadi. Garchi ularning kо‘pchiligi har ikki yondashuvni о‘zida birlashtirsa ham, shunga mos ravishda matn protsessorlari ham farqlanadi Grafik muharrirlari. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun mо‘ljallangan dasturlarning juda keng toifasi (sinfi)dir. Ushbu toifaga rastr muharrirlari, vektor muharrirlari va uch о‘lchamli grafika (3D-muharrirlari)ni yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi. Rastr muharrirlari grafik obyektlar yoruqlik hamda rang xususiyatlariga ega bо‘lgan rastrni tashkil etuvchi ya’ni nuqtalar kombinatsiyalari shaklida qо‘llanadi. Bunday yondashuv grafik tasvir kо‘plab yarim tonlarga ega bо‘lganida va obyektni tashkil qiluvchi elementlar (unsurlar) haqidagi axborot, ularning shakli tо‘g‘risidagi xabarlarga qaraganda muhimroq bо‘lgan hollarda samarali. Bu fotografik va matbaa tasvirlari, ularning retushi (chiziqlari va aksini tо‘g‘rilash) uchun fotoeffektlar va badiiy kompozitsiyalar (kallajlar) yaratish uchun qulay. Rastr muharrirlari bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va har doim ham qulay emas. Kо‘pchilik hollarda rassomlar an’anaviy usullardan foydalanuvchilar, undan rasmni kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari yordamida kiritib, ishni rastr muharriri yordamida maxsus effektlar kiritish yo’li bilan tugallashni afzal kо‘radilar. Vektor muharrirlari rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish usuli bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar obyekti nuqta emas chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning rangi haqidagi axborotga qaraganda kо‘proq ahamiyatga ega bо‘lgan chizmalar va grafiklar bilan ishlash uchun xos. Vektor muharrirlaridagi har bir chiziqqa uchinchi tartibdagi matematik qiyshiq chiziq sifatida qaraladi va shunga muvofiq u nuqtalarning kombinatsiyasi emas, balki matematik formula sifatida taqdim etiladi (kompyuterda bu formulaning raqamli koeffitsienti saqlanadi). Bunday ifodalash rastr shaklidagiga qaraganda ixcham bо‘lgani bois kamroq joyni egallaydi, ammo istalgan obyektning qurilishi ekranda nuqtalarning oddiygina aks ettirilishi bilan bajarilmaydi, balki qiyshiq chiziqning parametrlarini ekran yoki bosma tasvirining koordinatalariga bog‘lab qayta hisoblash kuzatiladi. Shuning uchun vektor grafikasi bilan ishlash unumdorligi yuqori darajadagi hisoblashlarni talab qiladi. Elementar obyekt (chiziq)lardan eng sodda geometrik obyektlar (primitiv-jо‘n obyektlar) yaratiladi. О‘z navbatida ulardan tugal kompozitsiyalar tuziladi. Vektor grafikasi vositalari bilan bajarilgan badiiy bezak (illyustratsiya) bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq harakatda bо‘lgan о‘n minglab eng sodda obyektlardan iborat bо‘lishi mumkin. Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulaydir, lekin tayyor rasmlarga ishlov berish uchun amalda ulardan foydalanilmaydi. Ulardan reklama sifatida keng qо‘llaniladi, ularni matbaa nashrlarining muqovalarini bezashda va badiiy ishlov berishda, chizmachilikka yaqin bо‘lgan hamma joyda qо‘llash mumkin. Uch о‘lchamli grafika muharrirlari uch о‘lchamli kompozisiyalarni tuzish uchun ishlatadi. Ular ikkita о‘ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular aks ettirilayotgan obyektlar yuzasi shakllarini yoritish manbalarining xususiyatlari bilan о‘zaro harakat aloqasini sharoitga moslashtirib boshqarishga imkon beradi, ikkinchidan uch о‘lchovli animatsiya yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uch о‘lchovli grafika muharrirlarini kо‘pincha 3D-animatorlar ham deb ataladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Ma’lumotlar bazasi deb jadval tuzilmalarga tushirilgan ma’lumotlarning katta tо‘plamlariga aytiladi
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar:
• ma’lumotlar bazasini bо‘sh (tо‘latilmagan) tuzilmasini yaratish;
• uni tо‘ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar importini taqdim etish;
• ma’lumotlarga yo’llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim etish.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning kо‘pgina tizimlari ma’lumotlarni tahlil qilish va ularga ishlov berish uchun qо‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Natijada, ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini yaratish mumkin. Tarmoq texnologiyalarining yoyilishi munosabati bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan butun jahon kompyuter tarmog‘ining serverlarida joylashgan uzoqlashtirilgan va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatiga ega bо‘lish ham talab qilinadi. Elektron jadvallar. Elektron jadvallar turli tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish uchun mо‘ljallangan kompleks vositalardan iborat. Ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan qaysidir darajada о‘xshash, ammo bunda asosiy urg‘u ma’lumotlarning massivlarini saqlash va ularga qо‘llashni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni ichki mazmuniga muvofiq ravishda qayta tashkil qilish, о‘zgarish tomonga kо‘chgan. Odatda, ma’lumotlarning keng spektorini (raqamli va matnlaridan to mul’timediyaviylargacha) о‘zlarida mujassam etgan ma’lumotlar bazalaridan farqli о‘laroq, elektron jadvallar uchun raqamli ma’lumotlarda diqqatni jalb qilish yahshiroq. Shu bilan birga elektron jadvallar raqamli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun ancha keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Elektron jadvallarning asosiy xususiyati shundaki, jadvalning istalgan yacheykalarining qiymatida о‘zgarish rо‘y berganida, о‘zgarilgan nisbatlar bilan bog‘liq bо‘lgan, matematik yoki mantiqiy ifodalar (formulalar) bilan berilgan boshqa hamma yacheykalar qiymatining avtomatik tarzda о‘zgarishi sodir bо‘ladi. Elektron jadvallar bilan ishlashning sodda va qulayligi bug’alteriya sohasida, moliya, xom ashyo va tovar bozorlarini tahlil qilishning universal natijalariga, ishlov berishning qulay vositalari sifatida, ya’ni raqamli ma’lumotlarning yetarli darajada katta hajmlarida doimiy takrorlanib turadigan hisobkitoblari zarur bо‘lgan hamma joylarda keng qо‘llanishiga sabab bо‘ldi. Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT).
Mazkur tizimlar loyiha-konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish uchun mо‘ljallangan. Mashinasozlik, asbobsozlik, me’morchilikda qо‘llaniladi. Chizmachilik-grafik ishlardan tashqari, ushbu tizimlar eng sodda hisob-kitoblar, masalan, detallarning mahkamligi haqidagi hisob-kitoblarni va ma’lumotlarning keng bozorlaridan tayyor konstruktiv elementlarni tanlash imkonini beradi.
ALT – tizimlarining о‘ziga xos, ajralib turuvchi xususiyati loyihalashtirishning hamma bosqichlarida texnik shartlar, meyor va qoidalarga konstruktorni (yoki me’morni) ijodiy bо‘lmagan ishlarni bajarishdan ozod qiladi. Masalan, mashinasozlikda ALT mahsulotning yig‘ish chizmasi bazasida detallarning ishchi chizmalarini avtomatik ravishda bajarish ikkinchisiga о‘tish izchilligini kо‘rsatgan holda zarur texnologik hujjatlarni tayyorlash, zarur sabablar, dastgohlar va nazorat moslamalarini tayorlash, shuningdek, raqamli dasturiy boshqaruvli dastgohlar va sanoat robotlari hamda moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar uchun boshqaruv dasturlarini tayyorlashga qodirdir. Bugungi kunga kelib, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari usiz moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari (MICHT) va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TJBAT)ni amalga oshirish va qо‘llash о‘z samaradorligini yo’qotuvchi zarur komponentga aylanib bormoqda. Doimiy nashriyot tizimlari. Bu toifa (sinf) dasturlarining vazifasi matbaa nashrlarini sahifalash jarayonini avtomatlashtirishdan iboratdir.
Download 19.6 Kb.




Download 19.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy dasturlar paketi haqida tushuncha bajardi: Abdunazarov Xayrulla Tekshirdi

Download 19.6 Kb.