Amaliy dasturlar paketi va uning asosiy turlari




Download 208.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.09.2023
Hajmi208.93 Kb.
#81779
  1   2   3
Bog'liq
\'Amaliy dasturiy maruza
лекция 2 (1), Raxmonova M.R. (3), Dori vositalari xaqida tushuncha dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati, Дорилар 1, Дори воситалари, kafolat xati sinf rahbari ota ona, harakat havfsizligini ta\'minlashda davlat boshqaruvi, Avtomobil yo’llarida harakat havfsizligini ta’minlash., Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini soliqqa tortish, Maxsus lab rus, Tarmoq, Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni-fayllar.org, Annotatsiya, 8-tajriba (2)


Nizomiy nomidagi TDPU
Fizika-matematika fakulteti 
Informatika o’qitish metodikasi 202 guruhida “Amaliy dasturlar paketi va uning 
asosiy turlari” mavzusida o’tkaziladigan ochiq dars
ma’ruza matni 
Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub 
bo’lgan dasturlar kiradi. 
Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo’lib, u qandaydir muammoli 
sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo’ljallangan bo’ladi. Hisoblash 
texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy 
dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi 
va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, 
iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish 
uchun sharoitlar yaratadi. 
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va 
u keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli 
ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va operatsion 
tizimlarning tarkibiga kirmaydi.
Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o’zaro 
bog’langan dasturlar majmui. 
1)Muammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan 
berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi. 
2)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab 
chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi. 
3)Umumyo’naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik 
muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter 
texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi tizimlar. 
4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o’zida 
organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, 
matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi. 


5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli bo’lgan 
matn prosessorlari. 
6) Su’niy intellekt tizimlari. U o’zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo’llab 
quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan 
ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual 
amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar paketlari 
uchun quyidagi tasniflarni aytib o’tish mumkin: 
• matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari
• grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari; 
• katta o’lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari; 
• telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari; 
• berilganlar bazasini boshqarish tizimi
• ma’lumotli-qidirish tizimlari; 
• su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari; 
• avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari; 
• ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari; 
• matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari; 
• avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari; 
• tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan 
integrallashgan amaliy dasturlar paketi. 
Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishni 
amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi. 

Download 208.93 Kb.
  1   2   3




Download 208.93 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy dasturlar paketi va uning asosiy turlari

Download 208.93 Kb.
Pdf ko'rish