• Harakatni tashkil etishning maqsadi va vazifalari
  • Davlat ahamiyatidagi daraja
  • Vazirliklar darajasi
  • Muhandis xizmati darajasi
  • Avtomobil yo’llarida harakat havfsizligini ta’minlash.




    Download 117.5 Kb.
    Sana24.10.2023
    Hajmi117.5 Kb.
    #90685
    Bog'liq
    Avtomobil yo’llarida harakat havfsizligini ta’minlash.
    лекция 2 (1), Raxmonova M.R. (3), Dori vositalari xaqida tushuncha dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati, Дорилар 1, Дори воситалари, \'Amaliy dasturiy maruza, kafolat xati sinf rahbari ota ona, harakat havfsizligini ta\'minlashda davlat boshqaruvi, Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini soliqqa tortish, Maxsus lab rus, Tarmoq, Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni-fayllar.org, Annotatsiya, 8-tajriba (2)

    Mavzu : Avtomobil yo’llarida harakat havfsizligini ta’minlash.
    Reja:
    1. Harakatni tashkil etishning maqsadi va vazifalari
    2. O`zbekiston Respublikasida avtomobillashtirish va yo`l tarmoqlarining o`sish ko`rsatkichlari
    3. Harakatni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlar


    Harakatni tashkil etishning maqsadi va vazifalari
    Avtomobil yo’llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir haydovchi o’ziga qulay harakat rejimini tanlaydi hamda o’zi tanlagan harakat rejimining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat rejimiga ta’sir qilishi muqarrar. Yo’l harakatida avtomobillarning o’zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko’p bo’lsa, shuncha orta boradi.
    Yo’l harakatini tashkil etish yo’llarda harakatni boshqarish bo’yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
    Yo’l harakatini tashkil etishda transport vositalari oqimini maksimal darajada yo’lning geometrik o’lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo’laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlashga qaratilib, u transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo’l harakatini tashkil etish tamoyillari quyidagilarga qaratiladi: transport oqimini to’g’ri yo’naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo’yicha guruhlarga ajratishga, har bir yo’l bo’lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o’z vaqtida harakat marshruti va yo’l sharoiti to’g’risida axborot berishga.
    Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish vositalari (harakatni boshqarishni avtomatik tizimi; svetafor ob’ektlarini «yashil to’lqin», «yashil ko’cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi-sekinlashuvchi, reversiv, rezevr polosalaridan foydalanish, ba’zi bir ko’chalarni bir tomonli harakatga o’tkazish va h.k.z.) chorrahalarni har xil sathda o’tkazish, shuningdek, transport vositalarining harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo’l harakatini tashkil etishda EHM yordamida avtobus va trolleybuslarni, shuningdek, yalpi yuk tashuvchi avtomobillarni optimal harakatlanish grafigini to’g’ri tuzish katta ahamiyatga ega. Tig’iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo’l bo’laklaridagi transport oqimining harakati aylanma yo’llar orqali o’tishga intiladi. Harakatlanish tartibini oshirish uchun avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o’rnatiladi, bu esa harakat grafigini yo’lda nazorat qilish imkonini beradi. Yo’l harakatini tashkil etishda quyidagi xujjatlarning ahamiyati katta. «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi» O’zbekiston respublikasining qonuni; yo’l harakati qoidasi; transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo’l va ko’chalar uchun qurilish me’yorlari va qoidalari, shuningdek, harakat xavfsizligi bo’yicha soha me’yoriy xujjatlari.
    Avtomobil transporti ishini, haydovchi mehnatini, yo’ldagi transport vositalarining va piyodalarning harakatini tashkil etishni bir biridan farqlash lozim. Birinchi ikki masala bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo’l xo’jaliklari, davlat avtomobil nazorati organlari va xokimiyat vakillari shug’ullanadi.
    Yuqorida keltirilganlardan kelib, chiqib yo’l harakatini tashkil qilishning asosiy maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezliklar bilan yo’lning turli bo’lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o’tkazilishi tushuniladi.
    Harakatni tashkil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash;

    - avtomobilni yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash va eng yaxshi yul sharoitlarini vujudga keltirish;

    • harakat xavfsizligini ta’minlash;

    • atrof-muxitni bulgatmaslik;

    • transport vositalarini va yul sharoitlarini tez ishdan chikmasligini ta’minlash.

    Harakatni tashkil kilish buyicha kuyidagi vazifalarni muvaffakiyatli bajarish uchun turli vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va hokimiyatlar darajasida keng ko’lamlik faol ishlar olib borilishi zarur. Bunda harakatni tashkil qilishdagi yechiladigan masalalarni ko’lamiga qarab uch darajaga bo’lish mumkin:
    1. Davlat ahamiyatidagi daraja. Bu darajada yo’lda harakatlanish qonun va me’yorlari tuziladi, «avtomobil-haydovchi-yo’l-piyoda-muhit» tizimidagi elementlarga talab standartlashtiriladi, yo’l tarmog’ining rivojlanish rejalari tuziladi, davlat miqyosida avtomobilizatsiya ko’lami muvofiqlashtiriladi.
    2. Vazirliklar darajasi. Bu daraja passajirlarni va yuk tashishni takomillashtirish va rivojlantirish; transport vositalarini ishlab chiqarish; yo’llarni qurish; ta’mirlash; yo’lda yurishni tashkil qilishda ishlatiladigan texnik vositalarni ishlab chiqarish; haydovchilarni tayyorlash va yo’l qoidalarni yo’l harakati qatnashchilariga targ’ibot qilish masalalari ko’rib chiqiladi.
    3. Muhandis xizmati darajasi. Bu darajada yo’lda harakatni tashkil qilish bo’yicha izlanishlar; yo’lning xavfli uchastkalarida harakatlanish sharoitlarini yaxshilash; transport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazish; harakatni tashkil qilish uchun ishlatiladigan texnik vositalarni tadbiq etish va ishlatish; haydovchilar va piyodalarning yo’l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib borish masalalari hal qilinadi.

    Download 117.5 Kb.




    Download 117.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo’llarida harakat havfsizligini ta’minlash.

    Download 117.5 Kb.