O‘zbekiston Respublikasi XTV ning 2022-yil
5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i
asosida
___________ viloyat___________ tumani
Maktabgacha va maktab ta’lim
bo‘limiga Qarashli ____-umumiy o‘rta ta’lim
maktabining
Amaliy fanlar
(
Texnologiya,tasviriy san’at va
chizmachilik,jismoniy tarbiya,musiqa ,
yo‘nalishi
o‘qituvchilariga uzluksiz metodik
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
2023-2024 O‘quv yili
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli
buyrug‘iga
1-
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat
ko‘rsatish
TARTIBI
1-
bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartib umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv tarbiya
jarayoni sifatini yanada
yaxshilash, pedagog xodimlarning salohiyatini oshirish, o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni
shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan metodik xizmat ko‘rsatish tizimini belgilaydi.
2. Ushbu tartib Respublika ta’lim markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari,
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish
bo‘limlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim
maktablariga tatbiq etiladi.
2-
bob. Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi
3. Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish
tizimi quyidagilardan
iborat:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fan metodbirlashmalari; umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining pedagogik kengashi; Tuman (shahar) xalq ta’limi
bo‘limlari;
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat
ko‘rsatish bo‘limlari huzuridagi O‘quv metodik kengashlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh
boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalaridagi O‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni
shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi metodistlari;
Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy metodik kengashlar.
4. Ushbu uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimidagi kengash va birlashmalarning
faoliyati tegishli nizom asosida tashkil qilinadi.
5. Quyidagilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fan o‘qituvchilariga
metodik xizmat
ko‘rsatadi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan metodbirlashma rahbarlari; umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida pedagogik kengash a’zolari;
tuman, shahar xalq ta’lim bo‘limidagi Pedagog kadrlar salohiyatini
oshirish va zamonaviy
metodikalarni targ‘ib qilishni rivojlantirish sho‘basi metodistlari;
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik
xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan metodistlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Toshkent shahar xalq
ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalaridagi
O‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi
metodistlari;
Respublika ta’lim markazi fan metodistlari.