• Kollaboratsiya”
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,44 Mb.
    #103457
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    AMALIY FAN METODBIRLASHMASI HUJJATI 2023-2024
    sdfsd, Shamuradov shuxrat, электр машина, Creative-Drawing-On-Global-Ecology-Industry-PowerPoint-Templates-Standard, AVR mikrokontrollerlari, Что такое интегральная микросхема, Расчёт интегральной микросхемы, 10-06 Туман қарор ЖШ мухокамаси йиғилишлари жадвали 2023 йил учун - копия, 11-fizika-test-uzbekrus, TPU401612, 5. Ногиронлиги борлар Анкетаси, Falsafa tezis, ДИПЛОМ (3) (2), RELE o\'quv qo\'llanma (1), Малакавий Aмалиёт учун услубий кўрсатма СИРТҚИ
    6. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari 
    o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida quyidagi metodik xizmatlarni ko‘rsatadi: 
    o‘qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop 
    adabiyotlar bilan tanishtirib boradi; 
    fanni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq 
    etish usullarini ko‘rsatib beradi; 
    variativ o‘quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko‘radi; 
    dars jarayonida ko‘rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi; 
    har bir chorak yakuniga ko‘ra o‘quvchilardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, 
    murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo‘yicha metodik tadbirlarni tashkil 
    etadi; 
    yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga 
    sharoit yaratadi; 
    metodbirlashma a’zolari orasida sog‘lom raqobat va ijodiy muhitni 
    shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; 
    fan o‘qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli 
    tarifikatsiya bo‘yicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik 
    kengashiga taklif kiritadi; 
    o‘qituvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga ko‘maklashadi; 
    fan o‘qituvchilarining metodik yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlab, tuman 
    (shahar), hududiy xalq ta’limi boshqarmasi va Pedagoglarni yangi metodikalarga 
    o‘rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam oladi; 
    mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qituvchilarning 
    tegishli ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun o‘quvlar tashkil qilib boradi; 
    ilg‘or metodikalarga ega o‘qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini 
    ommalashtirish, rag‘batlantirish bo‘yicha maktab pedagogik kengashiga taklif 
    kiritadi. 
    7. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada 
    yaxshilash, pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish 
    maqsadida yilning avgust oyida va har chorakda kamida bir marta fan 
    metodbirlashmalari yig‘ilishi o‘tkaziladi. 
    Yig‘ilishlarda o‘qituvchilarga fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan 
    ko‘rsatilgan metodik xizmatlar natijasida o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
    samaradorligi va sifati, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini maktab miqyosida 


    ommalashtirish, ularni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish, xalqaro tan olingan ta’lim 
    dasturlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan 
    sertifikatlar, fan o‘qituvchilarining dars taqsimotlari, mediasavodxonlik va onlayn 
    axborot bo‘yicha masalalar muhokama qilinadi va tegishli tavsiyalar beriladi. 
    Shuningdek, maktabning fan o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida 
    o‘rgangan yangiliklarini o‘quv jarayonida qo‘llashi va natijada o‘quvchilarning 
    o‘zlashtirish samaradorligining o‘sganligi, ta’lim sifatining oshishiga erishganliklari 
    metodbirlashma yig‘ilishlarida muhokama qilib boriladi. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan 
    o‘qituvchilarga ko‘rsatilgan metodik xizmat sifati, uning natijasi maktabning 
    pedagogik kengashida muhokama qilinadi hamda tegishli tavsiyalar beriladi. 
    8. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limidagi Pedagog kadrlar salohiyatini 
    oshirish va zamonaviy metodikalarni targ‘ib qilishni rivojlantirish sho‘basi 
    metodistlari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
    fan o‘qituvchilarining metodik yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlab, hududiy 
    xalq 
    ta’limi boshqarmalaridagi O‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni 
    shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi metodistlari va Pedagoglarni yangi 
    metodikalarga o‘rgatish 
    milliy 
    markazlaridagi Metodik 
    xizmat bo‘limi 
    metodistlaridan tegishli metodik yordam olib, umumta’lim maktabi o‘qituvchilariga 
    yetkazadi; 
    hududiy 
    xalq 
    ta’limi boshqarmalaridagi O‘quvchilarda zamonaviy 
    ko‘nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi metodistlari va 
    Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat 
    bo‘limi metodistlari tomonidan o‘tkaziladigan har xil seminar va treninglarni tashkil 
    etish choralarini ko‘radi; 
    oliy ta’lim va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o‘qituvchilarning dars 
    o‘qitish metodikasiga oid seminarlar, ko‘rgazmalar, uchrashuvlar, mobil metodik 
    yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy metodik ishlarda hamkorlik qiladi; 
    uzoq va olis hududdagi fan o‘qituvchilari bilan alohida reja asosida ishlash, 
    ularning metodik ehtiyojlarini aniqlash va qoplash bo‘yicha hududiy metodistlar 
    bilan hamkorlik qiladi; 
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlari 
    bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi; 
    Kollaboratsiya” (jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatini shakllantirish), 
    Kommunikativlik” (o‘qituvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish), 
    Kreativ fikrlash” (o‘z maqsadlarga erishish yo‘lida yangiliklarga qo‘l urish, 
    noodatiy qarorlar qabul qilish, ixtirochilik ko‘nikmalarini o‘rgatish), “Kritik 

    Download 1,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari

    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish