|
Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)
|
bet | 1/20 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #132311 |
Bog'liq Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat
MAVZU: PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YANGICHA YONDASHUV. (4 soat)
Reja:
1. Kasbiy kompetensiyalarning mazmun va mohiyati. Kasbiy kompetensiyalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini tashkil etishda innovatsion, akmeologik, aksiologik, kreativ, refleksiv, texnologik, kompetentli, psixologik, andragogik yondashuvlar.
3. Xalqaro tajribalar hamda ularning kasbiy kometensiyalarni rivojlantirishga ta’siri.
Tayanch tushunchalar: “Kompetentlik”, Kasbiy kompetentlik, Maxsus yoki kasbiy kompetentlik, innovatsion, akmeologik, aksiologik, kreativ, refleksiv, texnologik, kompetentli, psixologik, andragogik.
Kasbiy kompetensiyalarning mazmun va mohiyati. Kasbiy kompetensiyalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Oliy ta’lim tashkilotlari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida turli ixtisosliklar o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Respublikamimizda ta’limning moddiy texnik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida axborot-ta’lim muhitini yaratish, axborot resurslarini ishlab chiqish, ularni ta’lim jarayonida qo‘llash metodikalarini takomillashtirish, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu o‘rinda har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi.
“Kompetentlik” (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish hisoblanadi.
“Kompetentlik” pedagogik kategoriya sifatida ta’lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan (nostandart) holatlarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Shundan kelib chiqqan holda kasbiy kompetentlik kategoriyasiga quyidagicha izoh keltirilgan. Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishini ko‘zda tutadi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va hatti-harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, “kompetensiya” mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
|
| |