|
Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)
|
bet | 9/20 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #132311 |
Bog'liq Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlatPsixologik yondashuv – Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo‘lmagan tushunchalar qo‘llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
1. Odam: Sut emizuvchilar sinfiga dahldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi.
Odatda shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo‘r berish, zo‘riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o‘zini qo‘lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo‘llari, usullari, operatsiyalari, ko‘nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari kabilarni) o‘zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (taqlid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta’lim, o‘qitish, o‘qish, o‘rganish, o‘rgatish, saboq olish, o‘zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo‘lgan ehtiyojni tug‘diradi.
Andragogik yondashuv - Bugungi kunda mutaxassis o‘zining 5-10 yil oldingi oliy ta’lim muassasasida olgan bilimlari bilan kasbiy-shaxsiy faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil eta olmasligi, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlay olmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida mutaxassislarning kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kasbiy va shaxsiy rivojlanish darajasini ta’minlash masalasining dolzarbligini belgilaydi. Ilmiy yo‘nalishlarida «ta’limning uzluksizligi va shaxs ehtiyojlariga yo‘nalganligi» tamoyilini ilgari suruvchi andragogika (adult education) ham katta yoshlilar ta’limining o‘ziga xosligi, nazariy va amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan sohasi sifatida rivojlanmoqda. Katta yoshlilarni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti jahon tajribasida bir necha bosqichlarni bosib o‘tgan. Xususan, XIX asrning 30- yillaridan boshlab Evropa va Amerikaning ko‘pgina davlatlarida bu davrda ishlab chiqarishning tez o ‘sishi, jamiyat va ijtimoiy hayotning rivojlanishi negizida kattalarni o‘qitishning dastlabki tajribalari to‘plana boshlangan.
XX asr boshlarida katta yoshlilarni o‘qitish muammosi olimlar tomonidan insonni o‘rganuvchi fanlar tizimiga kiritildi. Birinchi navbatda bu insonning turli yosh davrlaridagi psixik rivojlanishi jarayoni bilan bog‘landi. Ammo bu vaqtda inson hayotining hamma bosqichida ham ta’lim olishi mumkinligi haqidagi qarashlarni asoslash zarurati vujudga keldi. 1950-1960 yillarda bir qancha xorijiy mualliflarning ishlarida kattalarni o‘qitishning didaktik va metodik yondashuv muammolari ko‘rib chiqilgan. Jumladan, aksariyat xorijiy tadqiqotchilar kattalarni o‘qitishning pedagogik tamoyillar asosida talqin etib, kattalarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini kattalar pedagogikasi deb ataganlar. 1950-1960 yillarda olimlar M.Ogrizovich va B.Samolovchev, taniqli nemis professori F.Pyoggeler, shveysar nazariyachi olimi G.Xanselmana, polyak olimlari M.Semenski, L.Turoslarning ilmiy ishlarida «andragogika» iborasi paydo bo‘ldi.
Andragogiya (gr. ἀνήρ anér-katta odam, erkak, ἄγειν ágein -yetaklayman) ta’lim nazariyasining bir qismi bo‘lib, u kattalar o‘quv faoliyati sub’ekti tomonidan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning o‘ziga xos qonuniyatlarini, shuningdek, o‘qituvchi tomonidan ushbu faoliyatni professional boshqarish xususiyatlarini o chib beradi. "Andragogika" tushunchasi 1833 yilda nemis pedagogika tarixchisi Aleksandr Kapp (1799-1869) tomonidan fan sifatida amaliyotga kiritilgan.
Bu mualliflar andragogikaning pedagogikadan farqlarini aniqlashga harakat qildilar. Andragogikaning alohida fan sifatida shakllanishi va tiklanishi 1970 yilga to‘g‘ri kelib, aynan shu yili kattalar ta’limining amerikalik nazariyachi va amaliyotchi olimi M.Sh.Noulzning «Kattalar ta’limining zamonaviy amaliyoti. Andragogika yoki pedagogika» nomli fundamental ishi chop etiladi. Adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, dunyo olimlarining aksariyati andragogikani mustaqil fan va ilmiy yo‘nalish sifatida pedagogik fan tarmog‘i hamda ijtimoiy va gumanitar bilimlar sohasi sifatida talqin etadilar.
Andragogikaning an’anaviy pedagogikadan asosiy farqi ta’lim berish jarayonida ta’lim beruvchining (andragog – katta yoshli kishilar ta’limi bilan shug‘ullanuvchi shaxs) emas, balki ta’lim oluvchining faol pozitsiyada bo‘lishidir. Bunda ta’lim beruvchining asosiy faoliyati ta’lim oluvchiga o‘zida mavjud bilimlarni yangilash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga yordam berish hisoblanadi. Chunki yangi kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarni o‘zlashtirish asosida katta yoshlilarning axborotlashgan jamiyatga moslashishi va unda o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon etishi faollashadi.
|
| |