|
Xalqaro tajribalar hamda ularning kasbiy kometensiyalarni rivojlantirishga ta’siri
|
bet | 10/20 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #132311 |
Bog'liq Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlatXalqaro tajribalar hamda ularning kasbiy kometensiyalarni rivojlantirishga ta’siri. Jahon miqyosdagi ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablardan biri XXI-asr pedagogikasini yangi paradigmalar hamda raqamli ta’lim tranformatsiyasi asosida takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Chuqur kasbiy bilim, undan unumli foydalanish ko‘nikmalari, shaxsiy tashabbuskorlik, ijodkorlik, mustaqillik har doim pedagog faoliyatini alohida ajratib turgan bo‘lsa, XXI-asr pedagogi uzluksiz ta’lim olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini r ivojlantirish, o‘z-o‘zini takomillashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. Finlyandiyada Kattalar Ta’limi Tashkiloti (FAEA), Fransiyada “tajriba orqali olingan bilimlarni tasdiqlash” («Validation des Aquis de l’Expérience» (VAE) tushunchasining kiritilishi natijasida norasmiy va informal ta’limning me’yoriy-huquqiy bazasi yaratilgan. Germaniyada Weiterbildungspass (Uzluksiz ta’lim pasporti) va ernkultur Kompetenzentwicklung (Kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim madaniyati) joriy qilingan, Rossiyada “LifelongLearning” (hayot davomida o‘rganish) g‘oyasi malaka oshirish kurslari, qo‘shimcha va to‘ldiruvchi ta’lim dasturlariga tatbiq etilgan. Uzluksiz ta’lim nazariyasining konseptual holatlaridan farqli o‘laroq, kattalar ta’limi nazariyasi va amaliyoti asosida katta odam tabiatidan kelib chiqqan tamoyillar yotadi: katta yoshdagi odam ehtiyoj sezmaguncha o‘qimaydi, u faqat o‘z fikriga ko‘ra zarur bo‘lgan narsalarni o‘rganadi va ish jarayonida o‘qiydi. Boshqacha qilib aytganda yoshi katta odam ta’lim jarayonida, aniqrog‘i bu jarayonning barcha parametrlari: maqsadlar, mazmun va o‘qitishning tashkiliy shakllarini aniqlashda yetakchi rol o‘ynashga tayyor.
Kattalar ta’limi nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko‘pchilik tadqiqotlar M.Sh.Noulz tomonidan shakllantirilgan, malaka oshirish markazida andragogika bo‘lgan, kattalarni o‘qitishning olti tamoyili birligidan iborat bo‘lgan o‘qitishning andragogik modelini rivojlantiradilar.
Dunyo tajribalariga ko‘ra XXI-asrda ochiq va yopiq shakldagi qisqa muddatli kurslarni tashkil etish malaka oshirish va kasbiy rivojlanishda muhim omil xisoblanadi. Pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasini uzluksiz rivojlantirish, o‘zini-o‘zi muttasil takomillashtirish uchun shart-sharoit yaratishni taqoza etadi.
Ta’lim sohasidagi nufuzli Xalqaro ekspertlar[1] tomonidan ta’lim tarbiya jarayoniga ikki xil kompetensiyalarni uyg‘un joriy etish taklif etilmoqda. Bular: “Hard skills - (ingliz. “qattiq” malaka) kasbiy kompotensiyalar hamda “Soft skills” - (ingliz. “yumshoq”, “moslashuvchan” malaka) universal (umumiy) kompetensiyalar.
“Hard skills” - malaka darajasini aniqlash va o‘lchash mumkin bo‘lgan bilimlar majmui sifatida (matnni kompyuterda terish malakasi, avtomobilni boshqarish ko‘nikmasi, ingliz tilida gapirish, matematik bilim, kompyuter dasturlaridan foydalanish ko‘nikmasi), “soft skills” aniq va umumiy o‘lchov birligiga ega bo‘lmagan moslashuvchan, egiluvchan malakalar (kreativlik, jamoada ishlash ko‘nikmasi, hissiy barqarorlik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va hok) sifatida qayd etilmoqda.
“ Hard skills” - “qattiq” malakaga ega bo‘lish uchun muayyan kasb bo‘yicha aniq bilim zarur bo‘ladi va bu ko‘nikmalarning mavjudligi imtihon o‘tkazish orqali aniqlanadi.
“Soft skills” - “yumshoq” kompetensiyalar (ijodkorlik, muloqotga kirishishi layoqati, jamoada ishlash qobiliyati, qat’iyatlilik, tanqidiy fikrlash va hok.) esa ko‘p hollarda inson xarakteri va hayotiy tajribasiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli shaxsiy fazilat, xislat, qobiliyat sifatida ham talqin etiladi.
“Soft skills” tushunchasi tadqiqot predmeti (ob’ekti) sifatida ilmiy muomalaga kirishi ilk marta 1959-1972 yillarda AQSh armiyasi shaxsiy tarkibini tayyorlash jarayonidagi islohotlar bilan bog‘liq. Askarlarning shaxsiy va jangovor kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha tadqiqotlarga rahbarlik qilgan psixolog, ehtiyojlar nazariyasi muallifi, mavzular bo‘yicha apperseptiv testlarni baholashning yangi metodikasini ishlab chiqqan professor Devid Makkleland AQSh davlat departamenti ximatiga xodimlarni tanlash jarayonida ilk marta “yumshoq” (soft) kompetensiyalar va ularni baholash tushunchasini qo‘llaydi.
XXI asrga qadar ta’lim tizimida yoshlarga asosan “hard skills” – “qattiq” malaka darajasini berishga e’tibor qaratib kelindi. Ya’ni, muayyan kasbni puxta egallash, uning sir-asrorlarini to‘liq o‘zlashtirish – shaxsning yetuk mutaxassis ekanligini belgilovchi asosiy faktor sifatida qayd etilgan.
XXI asr pedagogikasi esa zamonaviy dunyoda bu xislatlarning yetarli emasligi, endilikda tafakkurni rivojlantirish, kreativ makon, muhit, kreativ shaxs, kreativ mahsulot yaratishga bo‘lgan ehtiyoj asosida ish tutish lozimligini uqtirmoqda.
Xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilayotgan tadqiqotlarda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi va kreativ kompetentliligini oshirish, professional ta’lim jarayonini loyihalashtirishda “yumshoq” kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minotini yaratish mexanizmlarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda o‘z aksini topmoqda.
Bir qator nufuzli tadqiqot markazlari o‘z hisobotlarida zamonaviy professional ta’lim mazmunini “yumshoq” kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirish va modernizatsiyalash, kompetensiyalarga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini yaratish, yoshlarda nostandart tafakkur tarzi va kreativlik xislatlarini shakllantirish zaruratini e’tirof etib, bu jarayonning pedagogik, metodologik va ilmiy-nazariy asoslarini taqdim etmoqda.
AQShning Garvard universitetida tashkil etilgan “Career Services” markazi tomonidan malakali mutaxassisning kasbiy kompetentliligini belgilovchi mezonlar sifatida nostandart tafakkur tarzi, Singapurning Nan’yan texnologiya universiteti Biznes maktabida kreativ qobiliyatlar muhim omillar qatorida sanab o‘tilgan.
Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim insonning o‘z shaxsiy manfaatlari uchun ham, jamiyat, davlat manfaatlari uchun olib boradigan faoliyatining asosiy sohalarida muvaffaqiyatini ta’minlovchi bilimlar va amaliy faoliyat usullarini kompleks ravishda o‘zlashtirishiga qaratilgan.
Tayanch kompetensiyalar – insonning jamiyatdagi hayotiy faoliyatidagi dolzarb va perspektiv ahamiyatga ega bo‘lgan turli sohalariga tegishli bo‘lgan masalalar, bilimlar, amaliy ma’lumotlar va faoliyat usullaridan iborat bo‘lib, ularni o‘zlashtirish bir tomondan insonning shaxsiy va ijtimoiy jihatdan muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlasa, boshqa tomondan, jamiyatning ma’lum bir sifatdagi inson resurslariga bo‘lgan talablarini qondirishga xizmat qiladi.
Xorijiy davlatlar va vatanimiz tadqiqotchilari tomonidan taklif etilayotgan tayanch, bazaviy, universal kompetensiyalar deb hisoblash mumkin bo‘lgan kompetensiyalarning turlicha tasniflarida kompetensiyalarning shunday barqaror guruhlari yetarli darajada aniqravshan belgilab berildiki, ularni egallamasdan turib, inson zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyat bilan, ziddiyatlarsiz, qaramaqarshiliklarsiz yashashi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
− ijtimoiyfuqarolik sohasidagi kompetensiyalar - sub’ektning ijtimoiy faolligini va fuqarolik ma’suliyatini, uning demokratik institutlar faoliyatida va uni yaxshilashda hamda jamiyatning siyosiy hayotida ishtirokini va hokazolarni ta’minlaydi;
− ijtimoiy munosabatlar sohasidagi kompetensiyalar - yozma va og‘zaki hamda tillararo (ya’ni bir necha tillarni bilishlik) muloqotni yaxshi bilishni, shaxslararo samarali va ziddiyatlarsiz o‘zaro munosabatlarni oqilona amalga oshirishni, o‘zgacha fikrlaydiganlarga nisbatan bag‘rikenglikni, boshqa madaniyat va diniy e’tiqodlarni to‘g‘ri qabul qilish va hurmat bilan qaray bilishni va hokazolarni ta’minlaydi;
− axborot sohasidagi kompetensiyalar - yangi axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini tushunish, ularni egallash va o‘z o‘rnida qo‘llay bilish, turli axborot manbalaridan foydalana bilish, yaxlit axborot muhitida ishlashga tayyorlik, axborotga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la olishni va hokazolarni ta’minlaydi;
− ijtimoiyindividual sohadagi kompetensiyalar – oilaviy qarindoshchilik va shaxsiy munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnata olish, o‘zining sog‘lig‘i va ma’naviyaxloqiy xislatlariga ongli va ma’suliyatli ravishda munosabatda bo‘lish, bo‘sh vaqtini o‘tkazish usullarini to‘g‘ri tanlay bilish va hokazolarni ta’minlaydi;
− kasbiymehnat sohasidagi kompetensiyalar - mehnat bozoridagi vaziyatlarni tahlil qila bilish, o‘zining kasbiy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olish, mehnat munosabatlaridagi qonunqoidalar va axloqiy me’yorlarni bilish, o‘z kasbiy faoliyatiga tegishli chuqur bilimlarga va keng dunyoqarashga ega bo‘lish, amaliy vazifalarni hal etishda o‘z bilim va tajribalarini epchillik bilan mohirona qo‘llay olish, kasbiyaxloqiy sifatlarga ega bo‘lish va hokazolarni ta’minlaydi;
− tizimli kompetensiyalar - kasbiy jihatdan ham, shaxsiy va ijtimoiy hayotida ham mustaqil ravishda o‘qisho‘rganishga, jismoniy va psixik jihatlardan o‘zo‘zini boshqara olish va o‘zo‘zini takomillashtira olish malakalarini egallashga qodirlik va hokazolarni ta’minlaydi.
Tayanch kompetensiyalarni belgilashda jamiyat ehtiyojlari yoki ijtimoiy buyurtma muhim asos va yo‘llanma bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, demokratik, fuqarolik jamiyatida ijtimoiy buyurtma davlat va jamiyat manfaatlariga ham, shaxsiy manfaatlarga ham birday mos bo‘lishi kerak. Ijtimoiy buyurtma asosida belgilangan tayanch kompetensiyalar o‘z navbatida ta’limning maqsadi va natijasi sifatidagi kompetentlikni tashkil etadigan tarkibiy qismlarni belgilab beradi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning yakdillik bilan ta’kidlashlaricha, kompetentlik – shaxsning murakkab, yaxlit bir butun, ko‘p omilli, ko‘pqirrali sifatidir. Kompetentlikning vujudga kelishi uchun quyidagi sifatlar poydevor, asos bo‘lib xizmat qiladi:
1) ma’lum fan sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalar;
2) mustaqil faoliyatdagi amaliy tajriba.
Biroq, bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslanganligi bilan, kompetentlik ularning o‘zidangina iborat emas. Kompetentlik shaxsning “bilim, ko‘nikma va malakalar” asosida shakllangan sifati bo‘lib, ularni muayyan vaziyatda, amaliy faoliyatda qo‘llay olishga qodirligidir. Kompetentlik muayyan sohaga oid faoliyatni o‘zlashtirib borish jarayonida vujudga keladi, shuning uchun ham ushbu faoliyat kompetentlikning ikkinchi muhim poydevori hisoblanadi.
Tegishli sohaga oid bilim va ko‘nikmalar va shu soha bo‘yicha amaliy faoliyat tajribasi bo‘lmasa kompetentlik bo‘lishi mumkin emas.
Kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
− har qanday muayyan vaziyatda, uning turli xil jihatlarini hisobga olgan holda bilimlarni o‘z o‘rnida va tezkorlik bilan to‘g‘ri qo‘llay bilish;
− qarorlarni qabul qila bilishga qodirlik va tayyorlik, shu bilan birga, mazkur vaziyat uchun eng maqbul qaror variantini tanlay olish;
− ijtimoiy harakatlarni tashkil etish va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga sola bilish;
− faoliyat doirasida boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarni aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda va maqsadga muvofiq, maqbul tarzda o‘rnata olish imkonini beradigan kommunikativ ko‘nikmalar;
− muayyan ma’naviy qadriyatlarga, dunyoqarashga, umummadaniy va axloqiy sifatlarga egalik, faoliyatga intilish hissining mavjudligi;
− o‘zining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga, faoliyatning yangi usullarini egallashga intilish.
B a’zi tadqiqotchilarning fikricha, kompetentlik tafakkurning ma’lum bir turlarini – izlanuvchanlik, tanqidiy fikrlash, refleksivlikni hamda muayyan qobiliyatlarni talab etadi.
Kompetentlikning muayyan sohaga oid bo‘lishi uning o‘ziga xosligi va aniqligini belgilaydi. Shu nuqtai nazarga ko‘ra kompetentlik har xil turlarga ajratiladi – ijtimoiy va kasbiy, maxsus va individual, axborotga oid va kommunikativ, pedagogik va psixologik, ekologik va hokazo. Shu bilan birga, tadqiqot muammosi bo‘yicha ishlarning tahlili ko‘rsatishicha, kompetentlikning taklif etilayotgan tavsiflari va tipologiyasi kompetentlik yondoshuvi bilan bevosita aloqadorlikda o‘rganilmaydi.
A.A. Cheremisina kompetentlikni shaxsning yaxlit sifati deb qaraydi va kognitiv (bilim), motivatsion (moyillik) va faoliyat (tajriba)dan iborat, deb hisoblaydi. N.G. Vitkovskaya talabalarning axborotga oid kompetentliklarini o‘rganar ekan, unda to‘rtta asosiy komponentni ajratib ko‘rsatadi: ma’naviymotivatsion, kognitiv, texnologik va refleksiv.
I.V. Grishinaning fikricha, kompetentlik shaxsning murakkab va ko‘pqirrali ta’limi bo‘lib, funksional jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi komponentlardan iborat:
a) motivatsion (maqsad va vazifalarga mos keladigan motivlar majmui);
b) kognitiv (zarur bo‘lgan bilimlar majmui);
v) operatsion (vazifalarni amaliy hal etish ko‘nikmalari va malakalari majmui);
g) shaxsiy (muhim shaxsiy sifatlar majmui);
d) refleksiv (o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lish, uni baholash, “susaytirish”, yo‘l tutish usullarini tanlash).
L.G.Antropova kompetentlikning komponentlaridan biri bo‘lgan kommunikativlik quyidagilarni aks ettiradi, deb hisoblaydi:
- o‘qituvchining pedagogik muloqatning maqsadlari, mohiyati, tuzilmasi, vositalari, o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha axborotga egaligini (kommunikativ bilimlar);
- mazkur faoliyat texnologiyalarining o‘zlashtirganligini (kommuni-kativ ko‘nikma va malakalar);
- pedagogik muloqotning samarador bo‘lishi muhimligini o‘qituvchi tomonidan tasarruf etilishini, o‘z pedagogik faoliyatining kommunikativ jihatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga intilish kabi xislatlarni ta’minlaydigan mutaxassisning individualpsixologik sifatlarini (kommunikativlikka yo‘naltirilganlik);
- inson shaxsiga eng asosiy qadriyat deb qarashni (insonparvarlik), pedagogik muloqot jarayonida yuzaga keladigan kommunikativ vazifalarni noan’anviy yo‘llar bilan, ijodkorona hal eta olishni (kreativlik).
Shunday qilib, kompetentlikning mazmuni va qaysi fan sohasiga tegishliligidan qat’iy nazar, uning tuzilmasini quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
− kognitiv (fan sohasiga oid bilimlar majmui bo‘lib, ular asosida kompetentlik shakllantiriladi);
− faoliyatga oid (amaliy tajriba);
− operatsiontexnologik (vazifalarni amaliy hal etish ko‘nikmalari va malakalari majmui);
− shaxsiy (mazkur fan sohasidagi faoliyat uchun muhim bo‘lgan individualpsixologik sifatlar va qobiliyatlar majmui);
− ma’naviymotivatsion (faoliyatning maqsad va vazifalariga mos keladigan qadriyatlarga moyillik, motivlar majmui, dunyoqarash);
refleksiv (faoliyat va uning natijalarining mohiyatini tushunish, baholash, oldindan ko‘ra bilish, kreativlik).
Psixologik jihatdan kompetentlik – atrofdagi olamni tushunish mezoni va u bilan o‘zaro ta’sirining mutanosibligi sifatida belgilanadi yoki yanada batafsilroq ta’riflansa, faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisidir yoki insonning atrofmuhitga hamda o‘zo‘ziga ta’sir etish metodlarini egallaganligidir.
Yangi ijtimoiyta’limiy g‘oyalar nuqtainazaridan ushbu tushuncha yanada rivojlana bormoqda. Kompetentlikni rivojlantirish bosqichlaridan birinchisi – uning tarkibiy qismlari doirasini sub’ekt kasbiy faoliyati uchun muhim bo‘lgan kompetensiyalarning qo‘shimcha sohalarini kiritish hisobiga kengaytirish bilan bog‘liq.
[1] Михаэль Альбрехт - глава подразделения рекрутмента BMW Group. Хельмут Вагнер - декан факультета Studium Generale Мюнхенской высшей школы прикладных наук. Беттина Бартковяк - (Bettina Bartkowiak) - эксперт по вопросам рекрутинга и кадровой политики. Me Илья Биндюк - директор платформы Expert. Валерий Остринский, Светлана Толкачева программа Executive МВА Евразийская школа менеджмента (EMAS).
|
| |