• “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin”.
  • Pedagogik texnika
  • Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




    Download 1,75 Mb.
    bet12/20
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #132311
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
    Bog'liq
    Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

    O‘qituvchi professionalizmi – bu tinglovchilar bilan hamkorlik va do‘stona munosabatlar jarayonida namoyon buladigan “ta’lim va tarbiya berish san’ati, pedagogik mahorat, pedagogik texnika va erkin ijod”dir.
    Yuqorida keltirilgan fikrlar shu kunda o‘qituvchidan mohirlik, ya’ni texnikani – pedagogik texnikaning asosiy komponentlarini bilish, uning usullarini egallash va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay olishni talab etadi.
    Pedagogik texnikaga A.S Makarenko quyidagicha ta’rif beradi: “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin”.
    Pedagogik texnikaning asosiy komponentlari: 1.O‘qituvchining o‘zini boshqara olishi. 2.Shaxs va jamoaga ta’sir eta olishi. 3. Pedagogik muloqotni o‘rnatish. 4. Diqqatni jalb etish usullari.
    Yakka shaxs va jamoaga ta’sir qilishning ikki usuli mavjud: “ishontirish usuli” va “yoqish usuli”. Ikkinchisi samaraliroqdir, negaki insonga yoqmay turib uni ishontirish qiyin.
    Pedagogik texnika – har bir ta’lim oluvchi va jamoaga ta’sir o‘tkazishda samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar, usullar majmuasi.
    Pedagogik texnikaning asosiy tarkibiy qismlari:
    • nutq malakasi va texnikasini o‘zlashtirish;
    • tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash, mimika va pantomimik xarakatlar, jestlardan o‘z o‘rnida foydalanish;
    • m a’noli va ochik chexrali nigox bilan karash;
    • hissiy-psixik va tasodifiy xolatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish;
    • turli vaziyatlarda o‘qiguvchi-pedagog va tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodny kayfiyatni boshkarish;
    • kulgi va tabassum-la samimiylikni e’tirof etish;
    • tinglovchilar, hamkasblar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘lish;
    • savodli va sof adabiy tilda so‘zlash; ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.
    Pedagogik mahoratni oshirishda o‘qituvchi shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsadga – barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda ta’lim jarayonini boshqarish mutaxassislik fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyani mukammal bilishni talab qiladi.
    Bugungi kunda davlatimiz ta’limi sohasi oldiga qo‘yayotgan vazifalarning bajarilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Shunday ekan, axloqning muhim jihatlaridan biri inson sha’ni, qadr-qimmatidir. Kishining qadr-qimmati, avvalo, umumiy ishga qo‘shayotgan hissasining salmog‘i va sifati bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda inson o‘z mehnatining salmog‘i va sifati bilan, aqliy va jismoniy mehnatining samarasi, ishbilarmonligi bilan qadrlanadi, halol mehnat kishining qadri, izzat-hurmatini oshiradi. O‘qituvchi, muallimning bajarayotgan ishi bugungi kunda jamiyatda ahamiyatlidir. Insonning qadr-qimmati uning mansabi, kasbi-koridan ko‘ra ham ko‘proq o‘z kasbini qanday bajarishi, uning odobi va xulq-atvoriga bog‘liqdir.
    Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi

    Download 1,75 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

    Download 1,75 Mb.